Yandeksda amaliyot o’tash bilan bir qatorda maosh olish mumkin Yandeksda amaliyot o’tash bilan bir qatorda maosh olish mumkin
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Rossiya (turli shaharlardan biri) Ariza topshirish muhlati: 1-may 2017-yil Grant... Yandeksda amaliyot o’tash bilan bir qatorda maosh olish mumkin
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Rossiya (turli shaharlardan biri)

Ariza topshirish muhlati: 1-may 2017-yil

Grant turi: amaliyot dasturi

Umumiy ma’lumot:

Yandeks yozgi amaliyot uchun yangi guruhni ochadi.

Aslini olganda Yandeks yil bo`yi –noyabrda ham, yanvarda ham amaliyot taklif qiladi, ammo yozgi amaliyotning o`ziga xos xususiyatlari bor. Birinchidan, bu imkoniyat o`qishdan bo`sh vaqtida tajriba to`plashni istaganlar uchun ayni muddao. Ikkinchidan, yozda amaliyotchilarni qismlarga , aniqrog`I mutaxassisliklarga ajratib tanlab olishadi-bu- o`zi uchun eng qiziqarli amaliyot yo`nalishini tanlashga imkon beradi.

Amaliyotchilar bu muddat mobaynida Yandeksning bir qismiga aylanishadi, chunki kompaniya amaliyotchilarga haqiqiy vazifalar ustida ishlashga chorlaydi, o`quv dasturlari dastur ichiga kiritilmagan. Amaliyotni tugatish to`g`risidagi hujjat faqat mehnat daftarchsai uchun emas, balki Yandeksning millionlab foydalanuchilari uchun ham namoyon bo`ladi. Shunchaki Yandeksdagi amaliyotning yoqimli jihati shundaki, sen yaratgan narsadan sening qarindoshlaring, do`stlaring va avtobus bekatidagi notanish shaxs foydalanishi ham mumkin.

Amaliyot mobaynida sen o`zingni ishlab chiqaruvchi texnik mutaxassis, analitik yoki izlanuvchi sifatida sinab ko`rishing mumkin. Har qayerda qiziqarli vazifalar toppish mumkin: turli xil tajribalarni sinab ko`rish, farazlani tekshirish,  mavjud algoritmlarni yaxshilash va yangilarini o`ylab toppish shular jumlasidandir.

Amaliyotni Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Simferopol va Minsk shaharlarida o`tash mumkin. Yandeks ofisi yo`q shaharlarda yashovchilarga organizatorlar Moskvagacha bo`lgan yo`l haqqi va yashash uchun kerakli mablag` bilan ta`minlashadi.

Amaliyot 3 oy davom etadi, ish uchun haq to`lanadi. Bundan tashqari kompaniya boshqa bonuslarni ham taklif qiladi: bu bepul tushlikdan sportzalgachadir. Yana Yandeksdagi yozgi amaliyot- diplom uchun materiallar yig`ish uchun kata imkoniyat hamdir.

Qanday qilib amaliyotchi bo`lish mumkin:

Amaliyot uchun arizalar 24-martdan 1- maygacha davom etadi. Amaliyotchilar konkurs asosida tanlab olinadi va bir necha bosqichdan iborat. Yuqori matematik tayyorgarlik, algoritmlar bo`yicha bilim , dasturlash qobiliyati na nostandart vazifalarni yechish talab qilinadi.

Amaliyot to`liq ish kunidan iborat bo`lgani uchun nomzod 18 yoshga to`lgan bo`lishi kerak. Diplom, shahodatnoma  va mehnat daftarchasidagi yozuvlar ahamiyatga ega emas: Yandeks uchun eng muhimi bu- bilim.

Amaliyot dasturi bo’yicha batafsil ma’lumot: SHU YERDA

Asadova Makhtob va Ortikhodjayeva Azizakhon tayyorladi

Grantlar telegram kanaliga qo`shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo`lib, xabardor bo`ling! 

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.