×

Yangi Zelandiya: PhD/doktoranturada o’qish uchun 35 ta to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.03.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1651 marta

Yangi Zelandiyaa joylashgan Victoria University of Wellington PhD bosqichi/doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qiladi. Dastur maqsadi iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Nomzod universitetda mavjud bo’lgan istalgan sohani tanlashi mumkin.

Dasturga qabul qilinishi mo’ljallangan talabalar soni: 35 ta.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi/doktoranturada o'qishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli to’liq to’lab beriladi;
  • 23 ming 500 Yangi Zelandiya dollari (taxminan 17 ming 235 AQSh dollari) miqdorida yillik stipendiya bilan ta’minlanadi.

Talablar:

Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim. Tilga qo’yilgan talab quyidagicha bo’lib, u qat’iy hhisoblanadi va shu talabdan past bo’lishi mumkin emas:

  • TOEFL 90 points on the internet-based test with a minimum of 20 in writing, or
  • IELTS overall band of 6.5, no sub-score below 6, or
  • a minimum of two ratings of 5 and two ratings of 4 in the Victoria University English Proficiency Programme test, or
  • Pearson Test of English, with a score of 65 (with a communicative score of not less than 58).

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Onlayn ariza topshirishda quyidagi hujjatlar so’raladi:

  • Belgilangan shakldagi ariza. SHU YERDAN  yuklab oling.
  • Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat.
  • Diplom hamda diplom ilovalarining nusxalari, tarjima qilingan holda.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Victoria University of Wellington

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!