×

Yaponiya: Xotin-qizlarning tadqiqot olib borishi uchun 10 ming AQSh dollarigacha stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2319 marta

Yaponiyaning JAUW (Japanese Association of University Women) xalqaro tadqiqot qo’mitasi 2019-yilgi stipendiyali dastur uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi. Ushbu dasturning maqsadi – xotin-qizlarini tadqiqot olib borishda iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Yapniyada tadqiqot olib borish muddati 4 oydan 6 oygacha bo’ladi va stipendiyani qo’lga kiritganlar 2019-yilining oktabri va 2020-yilning marti oralig’ida Yaponiyaga borishi hamda tadqiqot o’tkaza olishi kerak.

  Qabul qilinadigan tadqiqotchilar soni: 2 ta.

Grant kimlar uchun?

45 yoshdan oshmagan xotin-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturni qo’lga kiritgan tadqiqotchilar 500 ming yoki 1 million yen (taxminan 4520 AQSh dollar yoki 9040 AQSh dollari) bilan ta’minlamadi. Bu summa tadqiqotchining Yapnoyaga kelish va ketishi hamda Yaponiyada hayot kechirishi uchun ketadigan xarajatlarni qoplash uchun yo’naltiriladi.

Talablar:

  • Yaponiya fuqarosi bo’lmasligi lozim.
  • 45 yoshdan oshmagan ayol kishi bo’lishi lozim (erkaklar topshira olmaydi).
  • Ariza topshirayotgan paytda Yaponiyada yashayotgan/o’qiyotgan bo’lmasligi lozim.
  • Dasturga ariza topshirishdan oldin nomzod tadqiqot olib bormoqchi bo’lgan universiteti/instituini aniqlab olgan bo’lishi lozm. Bunda nomzodning o’zi universitet/institute izlashi, mosini topgach, uchbu OTM bilan aloqa o’rnatishi lozim bo’ladi. Universitet/institute topishda JAUW nomzodga yordam ko’rsatmaydi.
  • Magistrlik yoki undan yuqoriy Ilmiy darajaga ega bo’lishi lozim.
  • Nomzod arizani belgilangan qoidalarga mos ravoshda topshirishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini tadqiqot olib borish darajasida bilishi lozim.

Dasturning boshlanishi:

2018-09-01

Dasturning tugashi:

2019-03-01

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu dasturga hujjatlar pochta orqali qog’oz shaklda topshiriladi. Kerakli hujjatlar quyidagilardan iborat:

  1. Ariza formasi 1-qism –  Application Form Part 1. Ushbu formada tadqiqotchiga oid savollar mavjud bo’lib, forma 5 nusxada chiqarilishi kerak.
  2. Ariza formasi 2-qism – Application Form Part 2. Ushbu formada tadqiqot mavzusi/sohasiga oid savollar bo’lib, u 5 nusxada chiqarilishi kerak.
  3. 3 tavsiyanoma. Tavsiyanomalar tavsiya beruvchilar tomonidan imzolanadi, konvertga solinib, konvert og’zi yopishtirib qo’yildi.
  4. Nomzodning Yaponiyadagi ilmiy rahbari yoki tadqiqotchi vakili tomonidan berilgan Yaponiyada tadqiqot olib borishga qabul qilinganligi haqidagi ma’lumotnoma (aletter of acceptance/confirmation/ invitation). Ushbu ma’lumotnoma uni beruvchi tomonidan qog’oz shaklida to’g’ridan-to’g’ri JAUW ga pochta orqali yuborilishi lozim. Nomzodga esa ma’lumotnomani beruvchi shxas tomonidan ma’lumotnomaning pdf shakli elektron tarzda yuborilishi kerak. Ushbu hujjat namunasini SHU YERDAN yuklab oling.
  5. Tibbiy ma’lumotnoma. Tibbiy ma’lumotnoma ingliz tilida bo’lishi va nomzodning ko’rsatilgan muddatda Yaponiyada tadqiqot olib borishi uchun sog’lom ekanligi haqidagi ma’lumotni o’z ichiga oladi.
  6. 3.5×4.5 o’lchamli surat. Bu surat Ariza formasi 1-qismning 1-sahifasiga yopishtiriladi.

Muhim: Barcha hujjatlar ingliz tilida, kompyuterda harf terish orqali yozilishi va keyin printerdan chiqarib olinishi kerak.

Tayyor hujjatlar to’plami quyidagi manzilga pochta orqali 2019-yilning 31-martiga qadar yetkazilishi lozim:

International Fellowship Committee
Japanese Association of University Women
11-6-101 Samoncho, Shinjuku-ku,
Tokyo 160-0017,
JAPAN

Eelektorn pochta orqali hujjatlar qabul qilinmaydi.

Kerakli hujjatlar va hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Japanese Association of University Women

Dastur g’oliblari 2019-yilning iyun oyi o’rtalarida e’lon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!