Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Bishkek shahridagi maktabi

0
61 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

 Qayerda: Bishkek, Qirg’iziston.

 Kim uchun: YXHT a’zosi bo’lgan davlatlarda yashovchi bakalavr darajasiga ega talabalar.

Ariza topshirish muhlati: 2017-yil 15-aprel

Taklif qilinayotgan dasturlar: 1. Siyosat va xavfsizlik(Markaziy Osiyoda) magistri

  1. Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish magistri

Grant miqdori: faqat to’liq va quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • ta’lim to’lovini bekor qilish
  • har oy 180 € stipendiya
  • turar joy uchun(Bishkekda yashovchilar bundan mustasno) 120 € yordam
  • Bishkek bo’ylab sayohat
  • tibbiy yordam(Qirg’iziston fuqarosi bo’lmaganlar uchun)
  • farzandlilar uchun  yordam:har bir bolaga 1 oyda 15 €
  • eng yaxshi talabalar uchun Yevropada stajirovka o’tash imkoniyati

Kim uchun: siyosat, xavfsizlik, xalqaro aloqalar, mojarolarni hal etish, xalqaro rivojlanish, iqtisodiyot va iqtisodiy boshqaruv sohalarida chuqur bilimga ega bo’lishni istovchi talabalar.

Bu yilgi dastur 2017-yilning 1-sentabridan boshlanadi.

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

*dasturga bog’liq yo’nalishda muvaffaqiyatli tamomlanganlikni bildiruvchi bakalavr diplomiga ega bo’lish

*ingliz tilini advanced (eng yuqori) darajasida bilish

*35 yoki undan kichik yoshda bo’lish

*Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg’oniston, O’zbekiston va Mongoliya davlatlaridan birining fuqarosi bo’lishi(YXHT ning boshqa a’zo davlatlari fuqarolari uchun o’rinlar cheklangan)

Hujjat topshirish uchun registratsiyadan o’tiladi va onlayn ariza to’ldiriladi:

Siyosat va xavfsizlik yo’nalishiga topshiruvchilar   osce.embark.com/apply/politicsand security orqali,

Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish fakultetiga topshiruvchilar  osce.embark.com/apply/governanceanddevelopment orqali ariza topshiradilar.

Agar sizni qiziqtiradigan qandaydir savollar bo’lsa, siyosat va xavfsizlik yo’nalishi uchun: MA-PS@osce-academy.net, Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish dasturi bo’yicha esa, MA-EGD@osce-academy.net manziliga yozing.

Batafsil ma’lumot: SHU YERDA

Grantlar haqida birinchi bo’lib xabardor bo’lish uchun telegramdagi kanalimizga a’zo bo’ling: https://telegram.me/grantlar