«Yilning eng yaxshi chet tili o’qituvchisi» ko’rik tanlovi boshlandi «Yilning eng yaxshi chet tili o’qituvchisi» ko’rik tanlovi boshlandi
Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 29-maydagi 183-sonli buyrug’i asosida «Yilning eng yaxshi chet tili o’qituvchisi» ko’rik tanlovi o’tkazilmoqda.  Ushbu tanlovada umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan ingliz... «Yilning eng yaxshi chet tili o’qituvchisi» ko’rik tanlovi boshlandi

Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 29-maydagi 183-sonli buyrug’i asosida «Yilning eng yaxshi chet tili o’qituvchisi» ko’rik tanlovi o’tkazilmoqda. 

Ushbu tanlovada umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan ingliz tili fani o’qituvchilari qatnashishi mumkin.

Tanlov uch bosqichda o’tkaziladi:

1-bosqich – shu yilning 5-15 iyun kunlari o’tkazilib, unda ishtirokchilar “What are the essential ingredients for effective teaching and effective learning?” (“Samarali o’qish va o’qitishning muhim tarkibiy qismlari nimalardan iborat?”) mavzusida esse bilan qatnashadi;

2-bosqich – joriy yilning 10 iyul sanasiga qadar bo’lib o’tadi. Unda birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o’tgan ishtirokchilarning dars ishlanmasi (Lesson planning) va videodarsi (videolesson) hududiy xalq ta’limi boshqaruv idoralari huzuridagi maxsus komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi. Ushbu bosqichda chet tili o’qituvchilarining dars bera olish mahorati (metodikasi) baholanadi.

3-bosqich – yakuniy respublika bosqichi joriy yilning 4-20 sentabr kunlari o’tkazilib, unda ishtirokchilar umumevropa kompetensiyalari CEFR talablari doirasida APTIS test sinovlarida ishtirok etadi.

Test-sinovlarida yuqori natija ko’rsatgan ishtirokchilar natijalari 1- va 2-bosqichdagi natijalar bilan birga umumlashtiriladi va ular orasidan g’oliblar tanlanadi.

Ko’rik-tanlov g’oliblari 2018 yilda davlat byudjeti mablag’lari hisobidan rivojlangan xorij davlatidagi nufuzli oliy o’quv yurtida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Ko’rik-tanlov shartlari, uning o’tkazilish jarayoni va natijalari to’g’risidagi axborotlar vazirlikning www.uzedu.uz rasmiy saytiga joylashtirib boriladi.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun bevosita tanlov mas’ullariga telefon qilisgingiz mumkin: 0(371)239-40-97.

Ko’rik-tanlov Nizomi va unda ishtirok etish shartlari bilan batafsil tanishish.

Manba: uzedu.uz

Grantlar telegram kanaliga qo’shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo’lib, xabardor bo’ling!

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.