×

 Yosh ijtimoiy tadbirkorlarga Berlinda o’qish va loyihasi uchun mukofot yutish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

09.10.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1526 marta

Dastur 10 oy davom etadi va boshlanishida ishtirokchilar 10 hafta (ikki yarim oy) Berlin shahrida o’zlarining ijtimoiy tadbirkorlik va biznes loyihalarini rivojlantirish ustida ishlashadi. Dasturning qolgan qismini ishtirokchilar o’z mamlakatlaridan turib davom ettiradi. Bu davrda ular dastur tashkilotchilari va mentorlar bilan aloqada bo’lib turadi. Dastur davomida “Do” maktabining mentorlari va ustozlari ishtirokchilarga loyihalarini rivojlantirish bo’yicha maslahat va ko’nikmalar beradi. Dastur so’ngida ishtirokchilar o’z loyihalari bilan dunyoning eng yetakchi savdo ko’rgazmasi kompaniyasi Messe Berlinning tanlovida qatnashadi.

Inkubatorlik davri: 2016-yil 11-yanvardan 20-martgacha

Loyihani amalga oshirish davri: 2016-yil 21-martdan 2017-yil 11-yanvargacha

Dasturga 20 ta ishtirokchi qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

21-31 YOSH ORALIG’IDAGI YOSH IJTIMOIY TADBIRKORLAR

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • O’qish xarajagi 1000 yevro; agar arizachi o’qish va Berlinda yashash hamda safar xarajatlarini o’zi ko’tara olmasa, ariza topshirish jarayonida moliyaviy yordam so’rab murojaat qilishi mumkin. Moliyaviy yordam arizachining shaxsiy moliyaviy ahvoliga qarab qisman yoki to’liq miqdorda xarajatlarni qoplashi mumkin.
  • To’liq moliyaviy yordam:
    • O’qish xarajati;
    • Safar xarajati;
    • Germaniyada yashash xarajati;
    • Ishtirokchi o’z mamlakatida loyihasini amalga oshirishi bilan bog’liq boshqa xarajatlar xarajatlarni qamrab oladi.
  • Dastur so’ngida inkubatorlik davrini muvaffaqiyatli tugatgan 3 ta ishtirokchiga loyihasini boshlash uchun 5000 yevrodan iborat boshlang’ich mablag’ beriladi.

Talablar:

Kim uchun:

  • 21-31 yosh oralig’ida bo’lganlar;
  • Yozuvchi, bloger, videograf, jurnalist, biznes tahlilchi, o’qituvchi, vebdizaynerlar va axborot texnologiyasiga aloqadorlar;
  • Ingliz tilida bemalol so’zlasha oluvchilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn tarzda to’ldiriladi. Buning uchun dastur saytida SHU YERDA ro’yxatdan o’tib, onlayn arizani to’ldirish lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!