Yosh innovatorlar va yetakchilar uchun BMT mukofoti

28
61 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Dunyo bo’ylab

Kim uchun: Yosh ijtimoiy tadbirkor va liderlar

Mukofot miqdori:  20 ming AQSh dollari

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 31-avgust

Umumiy ma’lumot:

BMTning Aholi punktlari bo’yicha dasturi hamda hamkor tashkilotlar Yoshlar Innovatsiya Mukofotlari nomli loyiha boshladi. Dastur ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni yechishga qaratilgan ixtiro, innovatsiya va loyihalari bilan yetakchilik ko’rsatayotgan yosh avlod vakillarini qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Unda 5 ta yo’nalish bo’yicha g’oliblar aniqlanadi:

  1. Yoshlar yetakchiligi;
  2. Ekologik toza ixtirolar va innovatsiya;
  3. Shahar ekologiyasi xavfsizligi;
  4. Yoshlar ijtimoiy tadbirkorligi;
  5. Ijtimoiy va madaniy innovatsiyalar.

Kim uchun:

Dastur shaharlarda yoshlarga ish o’rinlari yaratish, qashshoqlikni tugatish hamda ekologik tozalik va xavfsizlikka hissa qo’shish kabi tashabbuslarga katta e’tibor beradi. Mukofot uchun yaratuvchan, innovator hamda jitimoiy tadbirkorlar loyiq deb topiladi. Unda butun dunyodan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Mukoft miqdori:

Har bir yo’nalishdan ikkita g’olibning har biriga 20 ming AQSh dollari miqdorida mukofot puli beriladi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Arizani tashkilot (masalan, biznes kompaniyasi, nodavlat muassasa) nomidan yoki yakka shaxs sifatida to’ldirish mumkin. To’ldirish shartlari bilan SHU YERDA tanishib chiqishingiz mumkin. Arizani internet orqali  SHU YERDA topshirish mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

[info_box title=»» type=»success»]

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Yuqoridagi grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

Aloqa:

E-mail: axborot@grantlar.uz

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐

[/info_box]

28 Izohlar

  1. Assalomu aleykum
    Iltimos Yoshlar yetakchiligi sharti to’g’risida ko’proq ma’lumot bering

  2. yoshlar yetakshiligi deganimizda partiyalardagi va tadbirkorlik bilan shugullanishimizdagi yetakshiligimizni korsatsak boladimi? ana shu yonalish boyicha toliqroq malumot bering iltimos

  3. Ayjamal,

    Partiyalardagi va tadbirkorlik bilan shug’ullanishdagi yetakchilik tajribangiz bilan qatnashsangiz bo’ladi.

  4. Suhrob,

    O’qish joyingizda yoki darsdan tashqari to’garak va mashg’ulotlarda yoki loyihalarda bir necha kishidan iborat guruhga rahbarlik yoki yetakchilik qilgan bo’lsangiz, ular bilan turli loyihalarni amalga oshirgan bo’lsangiz, sizni yoshlar yetakchisi deb atash mumkin. BU juda keng qamrovli tushuncha. Yoshlar bilan aloqador va ularga yetakchilik qilish bilan bog’liq har qanday loyihadagi ishtirokingizni shunga bog’lash mumkin. Hujjat topshirganingizni shu ishlaringizni tushuntirib berishingiz kerak.

  5. salom. shu tanlovga yoshlar yetakchiligi boyicha qatnoshmoqchi edim. iltimos hujjat topshirishga qanaqa yordam berolasiz.

  6. Salom. Men tanlovga qatnashmoqshi edim hujjatlarni tayyorlashda qanday yordam berolasiz?

  7. Men ham yoshlar yetakchisi sifatida bir nechta tanlovlarda ishtiurok etganman. Bir nechta loyihalar ham amalga oshirganman. Rejalarim uda ko’p. Men yoshlar yetakchiligi yoki ekologik toza innovatsiyalar yo’nalishida ishtirok etsam bo’ladimi.

  8. Shuxrat,

    Rahmat ma’lumot uchun. Muddatni uzaytirishibdi, to’g’rilab qo’ydik.

  9. Группамда(институтда) старостаман, йошлар йетакчилигида катнашсам буладими?

  10. assalomu alaykum! manham partya a`zosiman partya yoshlari o`rtasida fisteval konsepsyasini tuzganman va shu tadbirni o`tkazishda bosh qosh bo`lganman. ushu «biz buyuk yurt farzandlarimiz» deb nomlangan festivalda olingan foto lavhalarni video rolik qilganman wuniham yuborsa bo`ladimi?

  11. biznes loyiha bilan ham ishtirok etsa bo`ladimi? qaysi yo`nalishga to`g`ri keadi?

  12. Islombek,

    Topshirib ko’rishingiz mumkin. Shu sohada yosh bir faol sifatida yaratgan yoki yaratishga uringan yangiliklaringizni ko’rsatib bera olishingiz kerak.

  13. Di,

    Har bir guruhda starosta bor. Ular orasida siz qanday ajralib turasiz? Agar shu yetakchilikda qanaqadir yangilik yoki o’zgarish qila olgan bo’lsangiz, topshirib ko’rishingiz mumkin.

  14. Assalomu alaykum Mentor siz bn qanday bog`lansam bo`ladi tel nomerizi pochtamga yuboring iltimos?!

  15. Shaxruza,

    Bu dasturda qatnashish niyatingiz bo’lsa, bizga bog’laning. Siz bila anketangizni tayyorlashda birga ishlashimiz mumkin.

  16. Jamshid,

    Loyihangizni yozib topshira olishingiz uchun ingliz tilini bilishingiz kerak.

  17. Qanday yangilik aniqlik kirita olasizmi, aynan lider bolish shartmi keyin agar guruh ochilgan bolsa u rasmiy bolishi shartmi??

  18. Дедлайн 31 июль деб ёзилганку. Нега 31 август деб ёзиб қўйибсиз?