Yosh jurnalistlar uchun Germaniyada yozgi maktab Yosh jurnalistlar uchun Germaniyada yozgi maktab
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Germaniya Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 20-aprel Kim uchun: 35 yoshgacha... Yosh jurnalistlar uchun Germaniyada yozgi maktab
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Germaniya

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 20-aprel

Kim uchun: 35 yoshgacha bo’lgan jurnalistlar

Grant miqdori: To’liq yoki yarmi qoplanadi

Qachon: 2015-yil 18-22-iyun

Umumiy ma’lumot:

«Youth Time» (Yoshlik vaqti) jurnali butun dunyodan yosh jurnalistlarning malakasini oshirish uchun yozgi maktabga taklif qiladi. Yozgi maktabning maqsadi yosh jurnalistlarga professional hayotlarida kerak bo’ladigan turli xil mahoratlarni o’rgatishdan iborat. Jurnalistlar maktabda qaror qabul qilish va murosa qilish kabi mahoratlarni o’rganadilar. Yozgi maktab Germaniyaning Gamburg shahrida 2015-yilning 18-22-iyun kunlari bo’lib o’tadi. Bu yilgi yozgi maktabning mavzusi “Inqiroz va Jamiyat: Boshqaruv muammolari”.

Kim uchun:

35 yoshgacha bo’lgan jurnalistlar. Ishtirokchilar ingliz tilida muloqot qila olishi kerak.

Grant miqdori:

Dastur arizachining yuborgan arizasiga qarab yozgi maktab bilan bog’liq xarajatlarni to’liq yoki qisman qoplashi mumkin. Moliyaviy yordam olish uchun arizada moliyaviy yordamga muhtojligingizni ta’kidlashingiz kerak.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn shaklda to’ldiriladi. Ariza shaklini SHU YERDAN olib to’ldirib, y.mazykina@youth-time.org yoki magazine@yout-time.org elektron manziliga yuborishingiz kerak.

Ariza to’ldirishning so’nggi muddati 2015-yil 20-aprel.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Yuqoridagi grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

 

Aloqa:

E-mail: info@grantlar.uz

 

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐

  • Bobur Mirzo

    04/15/2015 #1 Author

    Erkin jurnalistlar ham qatnashsa bo’ladimi?Dastur qaysi tilda olib boriladi,qatnashchilar soni cheklanmaganmi?Bunga ham insho so’raladimi,yoki ijodiy ishlarni ilova qilish kerakmi?

  • Mentor

    04/15/2015 #2 Author

    Bobur Mirzo,

    Erkin jurnalistlar ham qatnashishi mumkin, ammo ular qaysidir bir ommaviy axborot vositasi nomidan borishi kerak. Yoki o’z saytingiz, blogingiz bo’lsa ham, qatnashishingiz mumkin. Bu dastuga insho yozish so’ralmagan. Oz’ingiz, qayerda ishlashingiz va chop etmoqchi bo’lgan materiallaringiz haqida arizada yozishingiz kerak.

  • Adhamjon

    04/16/2015 #3 Author

    Litseyda 2 kursda oqiyatganlar qatnashsaham boladimi , ingliz tilini yahwi bilman

  • Mentor

    04/16/2015 #4 Author

    Adhamjon,

    Bu dastur professional jurnalistlar uchun.

  • Baxrom

    04/24/2015 #5 Author

    Salom alaykum! Afsus bu uqish haqidagi maqolani endi kurdim! Kech qolibman Men navoiy viloyatida gazetada foto muxbirman yana boshqa shunaqa uqishlar buladimi tajriba almashishni istayman!