Yosh jurnalistlar uchun YHXTning Bishkek Akademiyasi yozgi maktabi

8
62 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Qirg’iziston

Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 25-aprel

Kim uchun: 30 yoshdan oshmagan jurnalist va talabalar

Grant miqdori: 350 yevro miqdorida stipendiya

Qachon: 2016-yil 20-iyundan 26-avgustgacha

Umumiy ma’lumot:

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) Bishkekdagi Akademiyasi hamda Bonndagi «Nemis to’lqini»  Akademiyasi “Zamonaviy jurnalistika bo’yicha O’rta Osiyo yozgi maktabi”ni e’lon qiladi.

Yozgi maktab 2016-yilning 20-iyunidan 26-avgustiga qadar Bishkek shahrida bo’lib o’tadi. Unda yosh jurnalistlarga jurnalistika faoliyatining sifatini oshirish uchun bilim va ko’nikmalar beriladi. Mazkur yozgi maktab dasturi O’rta Osiyo mamlakatlarining yosh jurnalistlari uchun mo’ljallangan bo’lib, bosma, radio, tele va internet jurnalistikasini qamrab oladi. Dastur rus tilida olib boriladi.

Kim uchun:

Dastur qatnashchilari

  • O’rta Osiyo mamlakatlaridan birining fuqarosi bo’lishi;
  • Universitetda oxirgi kurslarda ta’lim olayotgan bo’lishi yoki o’qishni yaqinda tamomlagan bo’lishi;
  • OAV bilan ishlash tajribasiga ega bo’lishi;
  • 30 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.

Oliy ta’limga ega bo’lmagan, ammo jurnalistik faoliyat bilan shug’ullanuvchilarning ham arizalari qabul qilinadi.

Shuningdek, nomzodlar

  • Komputerda ishlashni bilishi;
  • Rus tilida bemalol so’zlasha olishi kerak.

Ariza to’ldirish tartibi:

Arizalar onlayn tarzda s.dzardanova@osce-academy.net manziliga jo’natilishi lozim. Xatga quyidagilar ilova qilinishi kerak.

  • Rezyume;
  • Ushbu yozgi maktabda qatnashishdan maqsadlaringiz ifodalangan qisqa insho;
  • Arizachining oxirgi ikki yil ichida yozgan 3 ta yozma ishi yoki maqolasi;
  • Qirg’iziston qishloq aholisi haqida yoki ularga mo’ljallangan jurnalistik materialga ikkita mavzu. Materialingizga asos bo’ladigan mavzu, voqea yoki hikoyalarni qisqacha ifodalab bering va ularda manbalardan qanday foydalanishingizni tushuntiring. Bu materialning nima uchun muhim ekaniga ham e’tibor qaratishingiz kerak.

Ariza topshirishning so’nggi muhlati 2016-yil 25-aprel. Dastur bo’yicha qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, s.dzardanova@osce-academy.net manziliga bog’laning.

Ma’lumot uchun to’liq manba: SHU YERDA 

8 Izohlar

  1. Muhammadjon,

    Tibbiyot yo’nalishi uchun grantlar chiqsa, saytimizga qo’yamiz.

  2. Adashmasam kereli grant topib hujjatlani togirlashga yordam beradigan xizmatlarila boridi. Shu haqida ma’lumot bersez iltimos