“Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovi “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: O’zbekiston Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 1-iyun Kim uchun: 18-30 yoshdagilar... “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: O’zbekiston

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 1-iyun

Kim uchun: 18-30 yoshdagilar

Mukofot miqdori: Imtiyozli kredit, seminar-trening va o’quv oromgohi

Umumiy ma’lumot:

“Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovi O‘zbekiston «Kamolot” YIH tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshchiligidagi bir qator yetakchi tijorat banklari «Mikrokreditbank”, «Agrobank”, «Qishloq qurilish bank” «Ipotekabank” «Asakabank”, «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki”, «Xalq banki”, «Milliy bank”, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Fermerlar Kengashi, Hunarmand uyushmasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Tanlov respublika bo’ylab uch bosqichda o’tkaziladi. Tanlov doirasida  mahorat darslari, texnika va texnologiyani ishlab chiqarishda joriy etish kabi mavzularda seminar-treninglar tashkil qilinadi.

Kim uchun:

18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan, tadbirkor yoki tadbirkorlik g’oyalariga ega yoshlar o’zlarining tadbirkorlikka oid g’oya va loyihalari bilan ishtirok etishi mumkin.

Mukofot miqdori:

G’olib deb topilganlarga o’z loyiha va g’oyalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar (kredit foizlari O’zbekiston “Kamolot” YIH tomonidan to’lanadi) beriladi, ular uchun maxsus tashkil etilgan seminar-treninglarda ishtirok etadi hamda yozgi o’quv oromgohida qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza berish uchun mahalliy tuman (shahar) Kamolot YIH bo’limlariga bog’laning. Qo’shimcha ma’lumot uchun +998 95 170 90 23 raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

  • Xolis

    04/03/2015 #1 Author

    xolislik masala

  • abdurazzoq

    04/16/2015 #2 Author

    fikrim ijobiy

  • Xolbek Inadullayev

    04/25/2015 #3 Author

    Tadbirkorlar o’zini sinash vaqti, yahshi g’oya.

  • Vaxobov Sabur

    05/26/2016 #4 Author

    Fikrim kim yosh tadbirkor kimning o’ziga xos tadbirkorlikga oid o’zining shaxsiy g’oyasi bor yoshlarno shu tanlovda qatnashishini taklif etaman. Bunday imkonoyatni qo’ldan boy bermaslikni taklif qilaman…

  • Javohir

    09/30/2016 #5 Author

    Assalomu Alekum mani Ismim Javohir Toshkent v. Bekobod tumanidanman manda tadbirkorlikka qiziqish anchadan beri bor edi. uni amalga oshirmoqchi man o’zimi g’oyalarimi amalda qo’llab ko’rsam degandim. Maqsadim shundan iboratki Booling va ternajorni zal ochmoqchi man hosh sila manga qanaqa maslahat berasla

  • Eldor

    10/03/2016 #6 Author

    Yaxwi goya bolibdi zor