«Yozgi ta’tilda ish va sayohat» (YoTIS) dasturi (Summer Work and Travel program)

0
566 marta o'qildi

Qayerda: Amerika Qo’shma Shtatlari

Ariza topshirish 15-martdan boshlanadi!

«Yozgi ta’tilda ish va sayohat» (YoTIS) dasturi xorijiy talabalarga kollej yoki universitetdagi yozgi ta’tillari davomida Qo‘shma Shtatlarda yashash va ishlash imkoniyatini beradi. Eng muhimi, mazkur almashuv dasturi ishtirokchilarga Amerika xalqi bilan o‘zaro aloqa qilish hamda Amerika madaniyati bilan tanishish imkoniyatini yaratadi.

YoTIS dasturi ishtirokchilari:

  • Faqat ingliz tilida so‘zlashadigan muhitda muvaffaqiyat qozonish uchun ingliz tilida yetarli darajada yaxshi so‘zlasha olishlari;
  • Qo‘shma Shtatlar hududidan tashqaridagi oliy o‘quv yurtida bakalavr yoki magistr darajasini olish uchun, yoki akkreditatsiya qilingan auditoriyali oliy ta’lim muassasasida boshqa kunduzgi o‘qish shaklida tahsil olishlari;
  • Oliy o‘quv muassasasidagi hech bo‘lmaganda bir semestrni yoki unga teng o‘quv muddatini muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lishlari;
  • Viza olish uchun suhbatdan o‘tishdan avval tegishli ishga joylashishlari. YoTIS dasturining istiqboldagi qatnashchilariga turli xil amerikalik homiylarning har qaysisi bilan bog‘lanish tavsiya qilinadi;
  • Suhbatdan o‘tishdan avval vakolatlarni taqsimlash va odam savdosi qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Uilyam Uilberfors Qonuni yozilgan risolani o‘qishlari va tushunib olishlari kerak. Risolaning bosma shaklini quyida (PDF 70 KB) yuklab olish mumkin. Yoki rus tilidagi onlayn shaklini o‘qish uchun mazkur (PDF 242 KB) havolani bosing; va
  • Dasturni to‘rt oy davomida yakunlab, yangi semestr boshlanishiga qadar qaytib kelish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozim. Muddatlar bo‘yicha talablar haqida qo‘shimcha ma’lumot uchun quyida berilgan jadvalga qarang.

«Yozgi ta’tilda ish va sayohat» dasturi to‘g‘risidagi eng aniq va batafsil ma’lumotni erkin ravishda almashuv dasturlari bo‘yicha davlat departamentining veb-saytidan olish mumkin. U yerda dastur talablari, ariza topshirish qoidalari, shuningdek o‘zingiz uchun muvaffaqiyatli tajribani orttirish yo‘llari haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

O‘zbekistonlik YoTIS ishtirokchilari 2017 yil 1 iyundan 2017 yil 1 oktyabrgacha imkoniyatga ega, mazkur muddat davomida ariza topshiruvchilar unda qatnashishlari mumkin.  Shu bilan birga, shuni e’tiborga olishni so‘raymizki, har bir alohida ishtirokchining dasturi sanasi uning universitetidagi ta’til sanasidan avval boshlanishi yoki keyin davom etishi mumkin emas, ushbu sanalar DS-2019 shakllarida aks ettirilishi lozim. YoTIS dasturida ishtirok etish uchun biron mashg‘ulotingizni o‘tkazib yubormasligingiz kerak.  Sizda to‘rt oy ichida «Yozgi ta’tilda ish va sayohat» dasturini tamomlab, yangi semestr boshlanishidan avval qaytib kelish imkoniyati bo‘lishi lozim.  Quyidagi jadvaldan foydalangan holda sanalar bo‘yicha talablarni tekshirib olishingiz mumkin.

YoTIS– 2017 dasturiga hujjat topshirish muddati:

YoTIS dasturi bo‘yicha viza olish uchun hujjatlar 2017 yil 15 mart kunidan boshlab qabul qilinadi.

Jismoniy shaxslar DS-160 so‘rovnomasini to‘ldirish va onlayn tarzda suhbatga yozilish orqali vizaga ariza topshirishning odatiy tartibida murojaat qilishlari mumkin.

“Yozgi ta’tilda ish va sayohat” dasturida ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  1. DS-160 so‘rovnomasining elektron shakli. Mazkur ariza quyidagi manzil bo‘yicha elektron shaklda to‘ldirilishi mumkin https://ceac.state.gov/genniv. Viza turi almashuv dasturi bo‘yicha, ya’ni ISQ dasturi uchun tanlanadi va sizning vizangiz turi J1 bo‘ladi.
  2. Xorijga chiqish uchun haqiqiy bo‘lgan pasport.
  3. So‘ngi 6 oy ichida olingan fotosurat (fotosurat rangli, 5sm x 5sm hajmda va oq fonda bo‘lishi kerak).
  4. Almashuv dasturi bo‘yicha viza olish uchun DS-2019 shakli. Mazkur shakl homiylik qiluvchi tashkilot tomonidan beriladi.
  5. Qo‘shma Shtatlarda sizga taklif etilayotgan ish haqida ma’lumot.
  6. SEVIS (Student and Exchange Visitor Information System – Talabalar va almashuv dasturlari qatnashchilari to‘g‘risidagi ma’lumot tizimi) to‘lovini tasdiqlovchi I-901 yoki I-797 shakli.
  7. Talabalik maqomini tasdiqlovchi hujjatlar, masalan talabalik guvohnomasi, reyting daftarchasi va h.k.

To‘lovlar va badallar:

Har bir ariza topshiruvchidan ariza topshirish uchun 160 AQSh dollari.

  • “Yozgi ta’tilda ish va sayohat” dasturida ishtirok etish uchun SEVIS to‘lovi 35 AQSh dollari miqdorida.

YoTIS dasturining istiqboldagi qatnashchilariga turli xil amerikalik homiylarning har qaysisi bilan bog‘lanish tavsiya qilinadi. YoTISning mahalliy agentlari xususiy kompaniyalar bo‘lib, ular haq evaziga xizmat ko‘rsatadilar va odatda malakali amerikalik homiy bilan bog‘langan bo‘ladilar. Ishtirokchilar O‘zbekistondagi turli xil YoTIS dasturi vakillari tomonidan taklif etiladigan to‘lov va xizmatlarni solishtirishlari lozim.

DIQQAT: Toshkentdagi AQSh elchixonasining Konsullik bo‘limi YoTISning istiqboldagi qatnashchilariga bizning “Yozgi ta’tilda ish va sayohat” dasturini boshqaruvchi O‘zbekistondagi hech bir muayyan agentlik yoki tashkilotni qo‘llab-quvvatlamasligimizni eslatib o‘tadi.

Arizalarni muvofiqlashtiruvchi korxonalar va tashkilotlar suhbatni rejalashtirish uchun Konsullik bo‘limi bilan kutilayotgan suhbat sanasidan kamida 1 hafta oldin bog‘lanishlari kerak.

Barchasi haqida batafsil ma’lumot: SHU YERDA

Grantlar telegram kanaliga qo`shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo`lib, xabardor bo`ling!