×

Koreya: Bakalavriat va magistratura uchun to’liq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.07.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

37298 marta

Koreya milliy san’at universiteti (Korea National University of Arts) bakalavriat va magistratura bosqichida o’qish uchun grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – san’atga qiziquvchi hamda iqtidorli yoshlarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant quyidagi sohalar bo’yicha beriladi:

  • School of Music;
  • School of Drama;
  • School of Film/TV/ Multimedia;
  • School of Dance;
  • School of Visual Arts;
  • School of Korean Traditional Arts.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturni qo’lga kiritganlar quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli to’liq qoplanadi;
  • O’qish boshlanganda Koreyaga borish va tugaganda Koreyadan vatanga qaytish uchun aviachiptalar bilan ta’minlanadi;
  • Oyiga 800 ming Koreya voni (taxminan 748 AQSh dollari) miqdorida stipendiya bilan ta’minlanadi;
  • Bepul 3 oylik koreys tilini o’rganish kursi tashkillashtiriladi (TOPIK 6 ga ega bo’lgan nomzodlar koreys tili kursidan ozod qilinishi mumkin);
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari qisman qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nozmod grant ajratilgan 142ta davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi lozim (O’zbekiston ushbu davlatlar ro’yxatida bor);
  • Nomzod 2019-yilning 28-fevraligacha litsey/kollejni (bakalavriatga topshirmoqchi bo’lganlar) yoki universitetning bakalavriat bosqichini (magistraturaga topshirmoqchi bo’lganalar) bitirgan bo’lishi va shu muddatgacha diplomga ega bo’lishi lozim;
  • Nomzod ruhiy va jismonan sog’lom bo’lishi lozim;
  • Xorijiy davlatga chiqishi taqiqlanmagan bo’lishi kerak;
  • Nomzod iqtidorli bo’lishi hamda fanlardan olgan baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod 3 ta tavsiyanoma olishi kerak. Agar tavsiyanoma biror vazirlikdan, hukumat tashkiloti boshlig’idan yoki oliy ta’lim muassasasi rektoridan olingan bo’lsa, nomzod uchun ancha yaxshi bo’ladi.
  • Nomzod 2018-yilning noyabrigacha Koreyaga kela olishi va 3 oylik til kursini boshlashi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  1. Belgilangan shakldagi ariza.
  2. Tarjimai hol (Self-Introduction).
  3. O’quv rejasi (Study Plan).
  4. Shaxsiy tibbiy ma’lumotnoma (Personal Medical Assessment).
  5. 3ta tavsiyanoma.
  6. Diplom yoki attestat nusxasi apostil qilingan holda.
  7. Baholar ro’yxati.
  8. Pasport nusxasi.
  9. Yoki ingliz yoki koreys tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS/TOEFL yoki TOPIK).
  10. Va portfolio (tayyorlangan ish namunalari, video, DVD disk va hk kiritiladi portfolioga).

Hujjatlarning barchasi ingliz yoki koreys tilida bo’lishi lozim. Hujjatlar qog’oz shaklida chiqarilib, 2018-yilning 31-iyuliga qadar pochta orqali yoki shaxsan quyidagi manzilga yetkazilishi kerak:

Attn. AMA Manager   (Tel: +82 2 746 9073)
Office of External Affairs, Korea National University of Arts
146-37, Hwarang-ro 32-gil, Seongbuk-gu, Seoul, Republic of Korea (ZIP: 02789)

Hujjatlar onlayn tarzda qabul qilinmaydi!

Ariza va boshqa hujjatlar shakllarini Word formatda SHU YERDAN yuklab oling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!