×

Monash University: Xalqaro talabalar uchun yillik 10 ming dollar stipendiya dasturi; joy – 31ta!


Grant

MUHLAT

15.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

3292 marta

Avstraliyada joylashgan Monash universiteti (Monash University) bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro nomzodlardan Monash International Merit Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash. Nomzodlar Monash universtetida mavjud istalgan yo’nalishlardan birini tanlashi mumkin. Ushbu dastur doirasida 31 nafar talabaga grant berilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo’lga kiritgan talaba quyidagi imtiyozlar bilan ta’minlanadi:

  • Yillik 10 ming Avstraliya dollari miqdoridagi stipendiya beriladi.
  • Boshlang’ich kurslardagi bakalavr darajasi talabalari o’zlarida liderlik mahoratini shakllantirishga yo’naltirilgan Monash Minds dasturiga taklif qilinadilar.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod xalqaro talaba bo’lishi kerak.
  • Nomzod Monash universitetining bakalavrlik, magistrlik yoki PhD dasturiga hujjat topshirishi va unga qabul qilinishi/qabul qilingan bo’lishi kerak.
  • Hozirda Monash universitetida tahsil olayotgan xalqaro talabalar ushbu grantga hujjat topshirishi uchun kamida 2 semestr o’qigan bo’lishi kerak.
  • Hozirda Monash universitetida Bachelor of Medicine, Bachelor of Surgery (Honours) kurslarida yoki Medical Science, Doctor of Medicine (MD) dasturlarida tahsil olayotganda kamida 3 semestr o’qigan bo’lishi kerak.
  • Monash International Scholarship for Excellence grantini qo’lga kiritganlar ushbu dasturga hujjat topshira olmaydi.
  • Hozirda Monash universitetida tahsil olayotgan nomzodlarning o’rtacha bahosi (GPA) 85%dan past bo’lmasligi kerak.
    Universitetga endi hujjat topshirayotgan/topshirgan nomzodlarga ushbu grant ajratilish ehtimoli yuqoriroq.
  • Grant keyingi yillari ham berilishda davom etishi uchun talabaning o’rtacha o’zlashtirishi kamida 70% bo’lishi kerak.
  • Grantni qo’lga kiritganlar kamida 3ta Marketing yoki Grant dasturlari bilan bog’liq mashg’ulotlarda qatnashishi kerak bo’ladi.

Nomzodlar akademik natijalari, grant uchun arizadagi izohi (scholarship application statement – 500 so’zdan oshmagan holda) va kelajakda Monash universiteti vakili bo’lish potensialiga qarab saralanadi.

Shuningdek, nomzozlar o’zi tanlagan bakalavriat/magistratura/PhD dasturining qabul talablariga va til talablariga mos bo’lishi kerak. Ko’pgina dasturlar minimum IELTS 6.5 talab qiladi. Tilga bo’lgan talab dasturga qarab farq qilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu grant dasturiga ariza topshirishdan oldin nomzod bakalavriat/magistratura/PhD dasturiga hujjat topshirishi va shartsiz qabul qilish taklifi (unconditional a full Monash course offer) ni qabul qilishi kerak. Shundan so’ng, grant uchun onlayn arizani to’ldirib, topshirish kerak bo’ladi. Ushbu grantga butun o’quv yili davomida arizalar qabul qilinadi. Arizalarni topshirish muddatlari quyida keltirilgan:

  • 2018-yil 15-oktabr (o’tib ketgan)
  • 2018-yil 15-noyabr (o’tib ketgan)
  • 2019-yil 15-yanvar – (o’tib ketgan)
  • 2019-yil 15-mart – bunda talaba 2019-yilning 2-semestrida o’qishni boshlashi kerak.
  • 2019-yil 15-aprel – bunda talaba 2019-yilning 2-semestrida o’qishni boshlashi kerak.
  • 2019-yil 15-may – bunda talaba 2019-yilning 2-semestrida o’qishni boshlashi kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!