×

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2022-yilgi ikkinchi stipendiya tanlovini eʼlon qildi; joy – 366 ta!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

6656 marta

CHOP ETILGAN

14.04.2022

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ilgʻor xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish uchun 2022-yilgi 2-stipendiya tanlovini eʼlon qildi.

Stipendiya tanlovi doirasida jami 366 ta oʻrin ajratilgan boʻlib, ulardan umumiy 306 tasi belgilangan yoʻnalishlar doirasida turli bosqichlarda oʻqish uchun quyidagicha taqsimalanadi:

  • Bakalavriat taʼlim dasturi uchun 51 ta;
  • Magistratura taʼlim dasturi uchun 145 ta;
  • Doktorantura taʼlom dasturi uchun 110 ta oʻrin.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmoniga asosan xotin-qizlarga xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha 50 oʻrin, magistratura taʼlim dasturlari boʻyicha 10 oʻrin, jami 60 ta qoʻshimcha oʻrin ajratiladi.

Jamgʻarma stipendiyasi nimalarni qoplaydi?

“El-yurt” jamgʻarmasi stipendiyasini qoʻlga kiritgan nomzodlarning xorijda tahsil olishi uchun quyidagi xarajatlari qoplab beriladi:

  • Oʻqish qiynati toʻlovi (tuition fee).
  • Vizalar olish xarajatlari.
  • Yiliga bir marta tahsil olinadigan davlatga borish va qaytish uchun trasnport xarajatlari.
  • Yashash, ovqatlanish va transport xarajatlari.
  • Zarur oʼquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish, shu jumladan darsliklar sotib olish, Stipendiat taʼlim olayotgan xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasa talablariga binoan ilmiy maqolalar chop ettirish, ilmiy maqolalarni koʼchirib (elektron tarzda yuklab) olish, maqolalar hamda ilmiy adabiyotlarning elektron bazasiga obuna boʼlish toʻlovlari.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari.
  • Taʼlim olish bilanbogʻliq boshqa xarajatlar.

Stipendiya qanday sohalarda oʻqish uchun beriladi?

Stipendiya ajratiladigan sohalar nihoyatda koʻp. Jumladan:

  • kosmik texnologiyalar, nanotexnologiyalar, IT va raqamlashtirish, sunʼiy intellekt sohalari;
  • atom va quyosh energetikasi hamda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning boshqa innovatsion yoʻnalishlari;
  • sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, telemeditsina, virusologiya, mikrobiologiya, immunologiya sohalari;
  • elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya sohasining ustuvor tarmoqlari;
  • mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik va mahsulotlarni standartlashtirish yoʻnalishlari; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, bogʻdorchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohaning muhim tarmoqlari va boshqa mutaxassisliklar.

Hujjat topshrish qachon?

Nomzodlarning hujjatlari 2022-yil 15-apreldan 15-mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi. Hujjatlar onlayn hujjat topshirish platformasida amalga oshiriladi.

MUHIM: Onlayn ariza topshirish platformasiga hujjatlarni 2022-yil 15-apreldan boshlab yuklash mumkin, ungacha yuklab boʻlmaydi.

Saralash bosqichlari 2022-yil 15-maydan – 15-iyunga qadar davom etadi.

Saralash tanloviga oid barcha maʼlumotlar “El-yurt umidi” jamgʻarmasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil eʼlon qilib boriladi.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq manbalar:

Ushbu stipendiya boʻyicha savollar yuzasidan telegram orqali @Eyuf_Admission_Bot botiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!