×

Buyuk Britaniya: xotin-qizlar uchun magistratura kurslariga qisman grantlar


Grant

MUHLAT

31.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

987 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Warwick universiteti muhandislik bo’yicha magistratura kurslari va shu kurslar uchun beriladigan WMG’s Women in Engineering Scholarship granti uchun arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar muhandislik bo’yicha magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan iqtidorli xotin-qizlar uchun ajratilgan. Grantlarni quyidagi kurslar uchun yutib olish mumkin:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlagan xotin-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabalarga eng kamida 10% grant ajratilib, o’qish to’lovini qoplash uchun o’tkaziladi.

Talablar:

  1. Nomzod maktab, kollej yoki litseyni tamomlagan yoki tamomlayotgan bo’lishi va baholari yuqori bo’lishi kerak.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL IBT 92 talab etiladi. Batafsil
  3. Grant yutib olish uchun nomzodning baholari juda yuqori bo’lishi va o’zida yetakchilik sifatlarini ko’rsatishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

WMG’s Women in Engineering Scholarship grantini yutib olish uchun alohida ariza talab etilmaydi. Magistratura kurslariga hujjat topshirgan barcha nomzodlar grant uchun ham nomzodlikka qo’yiladilar. Muhandislik magistratura kurslariga qabul qilingan talabalar ichidan eng iqtidorli va eng yuqori ko’rsatkichlarga egalariga grant belgilanadi.

Magistratura kurslariga 2020-yil 31-iyulga qadar bu yerda ariza topshirish mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • To’ldirilgan ariza va 60 funt sterling ariza to’lovi.
  • Shaxsiy bayonot (personal statement).
  • Baholar ko’rsatilgan hujjat. Agar nomzod hali bakalavr kursini tamomlamagan bo’lsa, oxirgi semestrdan boshqa semestrlarda olgan baholarini ko’rsatishi kerak. Nomzod talabalikka tavsiya etilgan taqdirda, hujjatlarning asl nusxalari talab etiladi.
  • Ingliz tili testi sertifikati (o’qishga kirgandan keyin topshirsa ham bo’ladi).

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!