×

Chulalongkorn universiteti: Taylandda magistratura va doktoranturada bepul o’qish va har oy 533 AQSh dollari stipendiya olish imkoniyati


Grant

MUHLAT

23.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tailand

O'QILGAN

3883 marta

Taylandda joylashgan Chulalongkorn universitetining magistratura va doktorantura kurslari uchun beriladigan to’liq grantlarini yutib olish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar yuqori baholarga ega, iqtidorli va shijoatli xorijlik talabalarga beriladi. Universitetda o’qitiladigan barcha magistratura va doktorantura kurslari haqida ma’lumotni bu yerda oling.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura, doktorantura va bir semestrlik kurslarda o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Barcha kurslar uchun beriladigan grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Aviachipta uchun 12000 baht (taxminan 400 AQSh dollari) mablag’. Aviachipta uchun mablag’ Taylandga borish va qaytish uchun alohida-aloida, ikki marta to’lab beriladi.
  • Talaba magistratura kursi uchun 2 yil va doktorantura kursi uchun 3 yil davomida, o’qish (kontrakt) to’lovlaridan butunlay ozod etiladi.
  • Nomzodga 4 yil davomida har oy 16000 baht (taxminan 533 AQSh dollari) stipendiya beriladi.

Talablar:

  • Nomzod Tayland fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod Chulalongkorn universitetidagi magistratura yoki doktorantura kursiga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini kamida IELTS 5.0 darajasida bilishi kerak. Boshqa ingliz tili test natijalari (masalan, TOEFL) ham qabul qilinadi.
  • Magistratura kurslari uchun bakalavr diplomiga ega bo’lishi, doktorantura kurslari uchun esa magistratura diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Doktorantura kursiga hujjat topshirayotgan nomzod 35 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.
  • Nomzodning oldingi kursda olgan baholari o’rtachasi bakalavr uchun 4 ballik tizimda kamida 2.75, magistratura va doktorantura kursi uchun esa kamida 3,35 bo’lishi va o’qish davomida tushib ketmasligi kerak.
  • Nomzod sog’lom bo’lishi zarur.
  • Grantni yutish uchun nomzod o’zi hujjat topshirgan kursning barcha qabul talablariga mos bo’lishi va baholari yuqori bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun avvaliga universitetdagi magistratura va doktorantura kurslaridan biriga hujjat topshiring.

Grantga ariza kursga ariza topshirilganda topshiriladi. Grant uchun arizani bu yerda yuklab olib, ko’rsatilgan sanadan avval topshiring. Arizani to’ldirish oldidan grant nizomi bilan tanishib chiqing.

Hujjat topshirgan nomzodlarning arizalari skrining jarayonidan o’tgandan keyin universitetning o’quv ishlari bo’limiga yuboriladi. O’quv ishlari bo’limiga hujjatlar 23-aprelgacha va 13-iyungacha jo’natilishi kerak. Skrining jarayoni ham ma’lum vaqt talab qilishini hisobga olib, universitetga arizani shu sanalardan ancha erta yuborish zarur. 

Murojaat uchun: Pornarin.T@Chula.ac.th.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!