×

Emile Boutmy Scholarships: Bakalavr kursini Fransiyada o’qish uchun toʻliq va qisman grantlar


Grant

MUHLAT

23.02.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

9546 marta

Fransiyaning Nansi shahridagi Sciences Po  Universiteti 2022-yili bakalavr kursida o’qishni boshlaydigan mahalliy va xorijlik talabalar uchun Emile Boutmy Scholarships  grant dasturini taklif etadi. Dastur ijtimoiy fanlarni o’qitish bo’yicha yuqori nufuzga ega bo’lgan Sciences Po universitetning bakalavr kurslariga birinchi marta hujjat topshirgan, yuqori potensialli, iqtidorli va umidli yoshlarni moliyaviy qo’llab quvvatlash nazarda tutilgan. Dastur 3 yillik bakalavr kursi davomida talabalarga moddiy ko’mak berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga erishgan yutuqlari va akademik ko’rsatkichlaridan kelib chiqib, quyida keltirilgan moqdordagi grantlardan biri berilishi mumkin:

  • Bakalavrlik kursi davomida yiliga 13 000 yevro (oʻqish pulidan chegirma sifatida taqdim etiladi).
  • Bakalavrlik kursi davomida yiliga 8800 yevro (oʻqish pulidan chegirma sifatida taqdim etiladi).
  • Bakalavrlik kursi davomida yiliga 6000 yevro (oʻqish pulidan chegirma sifatida taqdim etiladi).
  • Bakalavrlik kursi davomida yiliga 3600 yevro (oʻqish pulidan chegirma sifatida taqdim etiladi).

Universitetda yillik kontrakt summasi 2021-yil avgust oyi holatiga koʻra, 13 00 yevroni tashkil qiladi. Kontrakt summalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod Sciences Po oliygohi bakalavr kurslaridan biriga qabul qilingan bo’lishi / qabul qilinishi lozim.
  2. Nomzod universitetga birinchi marta hujjat topshirgan / topshirayotgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod o’zida favqulodda kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur.
  4. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  5. Nomzod univeritetga topshirgan arizasida mazkur grant dasturini asosiy tanlov sifatida ko’rsatishi kerak.
  6. Nomzod bir vaqtning o’zida boshqa stipendiya dasturlariga ariza topshirishi mumkin emas.
  7. Dasturga allaqachon oliygohda o’qiyotgan talabalar, PhD bosqichi talabalari yoki o’qishini shu universitetga ko’chirayotgan talabalar ariza topshira olmaydilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Emile Boutmy Scholarship dasturiga alohida hujjat topshirish talab qilinmaydi. Buning uchun nomzod Sciences Po universiteti bakalavr kurslari uchun to’ldirilgan arizada shu grant dasturida qatnashishini ko’rsatib o’tishi yetarli bo’ladi. Oliygohning 2022-yilgi kurslari uchun hujjatlar qabuli 2021-yil noyabrdan 2022-yil 23-fevralgacha qabul qilinadi.

Universitetga arizalar bu yerda topshiriladi. Elektron pochta orqali yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi.

Hujjat topshirish muddati tugagach, barcha nomzodlar dastur komissiyasi tomonidan saralash bosqichidan o’tkaziladi. Hujjat topshrish jarayoni haqida batafsil bu yerda tanishing.

Universitetga hujjat topshirish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

  • Ariza. (onlayn portal hali yopiq)
  • CV/Rezyume.
  • Yuqori sinif, akademik litsey yoki kollejning ohirgi 3 yillik baholari.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Passport nusxasi.
  • Diplom va baholar nusxasi (origanal nusxasi va ingliz/fransuz tiliga tarjimasi bilan).
  • Tilni bilish haqidagi sertifikat. (Universitetda ingliz va fransuz tillari asosiy hisoblanadi. Shu sababli nomzod bu tillarning kamida bittasini B2 darajasida bilishi kerak. Ingliz tili uchun IELTS 7.0 yoki TOEFL 100 talab etiladi.)

Barcha hujjatlar ingliz yoki fransuz tilida bo’lishi, tarjima qilingan hujjatlarning notarial tasdiqangan tarjimasi taqdim etilishi kerak. Yoʻnalishga qaraqb, hujjatlar tarkibi yuqoridagidn bir oz farq qilishi mumkin.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Sciences Po universiteti bilan bog’lanish uchun bu yerga bosing yoki telefon/faks orqali murojaat qiling.

Tel:  +33 (0)1 45 49 50 82.
Faks: +33 (0)1 42 22 31 26

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!