×

Ispaniya: Bakalavriat bosqichi talabalari uchun 2 oylik yozgi tadqiqot; bepul oziq-ovqat va aviachipta; oylik stipendiya – 400 yevro; joy – 8ta!


Grant

MUHLAT

08.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ispaniya

O'QILGAN

7256 marta

Ispaniyaning The Center for Genomic Regulation (CRG) markazi 2021-yilning iyun-iyul oylaridan sentyabrgacha boʻlib oʻtadigan 9th CRG Summer Internship Programme yozgi tadqiqot dasturida qatnashish uchun arizalar qabul qilishni boshladi. Ishtirokchilar yozgi maktabda qatnashish uchun biosciences and biomedical research, Life Sciences (e.g. Bioinformatics, Biomedicine, Biochemistry, Pharmacology, Chemistry) yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriat yoki magistraturada tahsil olayotgan bo‘lishi kerak.

Grant asosida yozgi tadqitot dasturiga 8 nafar qatnashchilar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Dasturda qatnashuvchilar haftasiga 40 soat, jami 320 soatlik tadqiqotlarda ishtirok etadilar.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatda kamida 2-kursni bitirgan talabalar va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu yozgi tadqiqot dasturida oʻqish uchun grantni qoʻlga kiritgan 8 nafar nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • 2 oy davomida oylik 400 yevro stipendiya bilan ta’minlanadi.
  • 2 oy davomida oziq-ovqat uchun voucher beriladi.
  • 1 martalik aviachipta uchun 800 yevrogacha pul ajratiladi.

Grant turar joy va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod bakalavriatning 2-kursini tamomlagan (kamida 4 semestr o‘qigan) yoki magistratura bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod biosciences and biomedical research, Life Sciences (e.g. Bioinformatics, Biomedicine, Biochemistry, Pharmacology, Chemistry) yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriat yoki magistraturada tahsil olayotgan bo‘lishi kerak. Laboratoriya ishlarida qatnashgan b`olishi lozim.
  • Nomzod avval bu grantda qatnashmagan bo‘lishi lozim.
  • Nomzod 2021-yilning yozida bakalavriatni tugatmayotgan bo‘lishi kerak, ya’ni, ayni vaqtda 4-kursni tugatayotgan bakalavriat talabalari bu grantga ariza bera olmaydi.
  • Nomzod ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi kerak.
  • Dunyoning istalgan davlati fuqarolari ariza topshirihi mumkin.
  • Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  • Shuningdek, nomzodlar universitet bilan amaliyot o‘tash bo‘yicha shartnoma imzolashi mumkin boʻladi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu yozgi maktabda qatnashish uchun nomzodlar onlayn tarzda ariza topshirishi kerak. Dedlayn – 2021-yil 8-mart.

Onlayn arizada nomzodning:

  1. Shaxsiga oid ma’lumotlar.
  2. Ta’limi tarixi (education) haqida ma’lumotlar, ya’ni reyting daftarchasidan ko‘chirma.
  3. Motivatsion xat.
  4. Tavsiya bera oladigan kamida 1ta tavsiyachining kontaktlari ko‘rsatilishi kerak.
  5. Nomzodlar ariza berishdan avval laboratoriya ishlari bo‘yicha rahbarlarni: shu yerdan tekshirinb, tanlashlari kerak.

Ma’lumot uchun: CRG-academic_office@crg.eu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!