×

IT Park tomonidan bepul IT kurslariga qabul boshlandi


Grant

MUHLAT

31.03.2026

QOLGAN VAQT

19 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1153 marta

O‘zbekistonda yoshlar uchun zamonaviy IT kasblarini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida IT Park Uzbekistan tomonidan yangi bepul oflayn IT ta’lim dasturi ishga tushirildi. Ushbu dastur orqali yoshlar qisqa vaqt ichida zamonaviy texnologiyalarni o‘rganib, xalqaro darajadagi mutaxassisga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Dastur O‘zbekistonning bir nechta hududlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:

  • Samarqand — Cloud Engineering
  • Namangan — 2D / 3D modellashtirish
  • Toshkent — Artificial Intelligence (AI) va Machine Learning (ML)
  • Farg‘ona — Game Development

Har bir yo‘nalish zamonaviy IT sohalariga yo‘naltirilgan bo‘lib, talab yuqori bo‘lgan kasblarni o‘rganish imkonini beradi.

Ta’lim dasturi American International University-Bangladesh xalqaro ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan. Dastur quyidagi tashkilotlar ko‘magida amalga oshirilmoqda:

  • O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
  • IT Park Uzbekistan
  • World Bank

Bu esa ta’lim sifatini yuqori darajada tashkil etilishiga xizmat qiladi.

Ushbu dastur ingliz tilida olib boriladi va aprel oyidan dekabr oyigacha davom etadi. Ta’lim ikki bosqichdan iborat bo‘lib, ishtirokchilar nazariy va amaliy bilimlarni birgalikda o‘zlashtiradilar.

Eng yaxshi natija ko‘rsatgan bitiruvchilarga IT va ITES kompaniyalarida ishga joylashishda yordam ko‘rsatiladi.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshli barcha Oʻzbekiston fuqarolari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida taʼlim olish mutlaqo bepuldir.  Bitiruvchilarga xalqaro sertifikat beriladi.

Ta’lim joylarining 50% qismi ayiol-qizlar uchun ajratilgan.

Talablar:

Ushbu kurslarga 18-30 yosh boʻlgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari ariza topshirishi mumkin. Shuningdek, nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi. Ishtirokchilar topshirilgan arizalar saralab olinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2026-yil 31-martgacha qabul qilinadi. Arizani onlayn tarzda BU YERDA topshirish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!