×

Janubiy Koreyada koreys tili kursida o’qish uchun grant: bepul o’qish, sug’urta, va 1000 dollargacha oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.08.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

16493 marta

Korea Foundation tomonidan tashkil qilingan KF Fellowship for Korean Language Training dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur koreyashunoslik va koreys tili talabalari va mutaxassislari uchun mo’ljallangan hamda ularga Janubiy Koreyada koreys tili kurslarida 6 oydan 12 oygacha o’qish imkonini beradi. Dasturga har yili taxminan 40 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Bunda ishtirokchi o’qishni 2022-yil mart yoki sentyabr oyidan boshlashi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Koreyashunoslik va koreys tili sohasi talabalari hamda mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlarga quyidagilar taqdim etiladi:

  • 3 yildan kam ish tajribasiga ega bo’lgan mutaxassislar, bakalavr va magistratura bosqichi talabalariga oyiga 1 000 000 von (taxminan 884 AQSh dollari) stipendiya.
  • 3 yil yoki undan ortiq ish tajribasiga ega mutaxassislarga va PhD bosqichi tadqiqotchilariga 1 200 000 von (taxminan 1060 AQSh dollari) oylik stipendiya.
  • Barcha ishtirokchilariga yo’l xarajatlari uchun bir martalik 300 000 von (taxminan 265 AQSh dollari) pul mablag’i.
  • Barcha ishtirokchilarning salomatligi sug’urta.

Talablar:

Dasturda qatnashish uchun umumiy talablarni quyida keltirib oʻtamiz.

1. Til. Dasturga ariza topshirmoqchi boʻlganlarning barchasi koreys tilida gapirish va tushunish boʻyicha bazaviy bilimga ega boʻlishi lozim.

2. Soha. Koreyashunoslik (gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar, sanʼat va madaniyat), koreys adabiyoti va tili sohalari boʻyicha oʻqiyotgan, hozirda Koreyaga aloqador sohada ishlayotganlar yoki tadqiqot olib borayotganlar mazkur dasturga topshirishi mumkin. Aynan shu sohalarda oʻqimaydigan bakalavriat kursi talabalari ham topshira oladi (buning shartlarini BU YERDA batafsil koʻrib oling).

3. Arizachilar. Quyidagilar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin:
a) Magistratura va PhD bosqichi talabalari;
b) Universitet professorlari, maʼruzachilari va tadqiqotchilari;
c) Koreyaga oid mashgʻulotlar / faoliyat bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar (muzeylardagi Koreya galereyasi kuratorlari, universitetda koreyashunoslik kutubxonalarining kutubxonachilari, asosan Koreyadagi hozirgi jarayonlarni yorituvchi jurnalistlar va h.k.);
d) Kamida 3-kursda oʻqiyotgan bakalavriat talabalari;
e) Sobiq diplomat amaliyotchilar.

MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy keltirilgan. Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing.

KF til kurslari dasturi kamida 6 oy davom etadi. Agar ishtirokchi a’lo baholarga o’qisa va yuqori natijalarga erishsa, o’quv kursiga yana 2 martagacha 3 oy qo’shib berilishi mumkin (shunda jami 12 oy boʻladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2021-yil 31-avgust kuni, Janubiy Koreya vaqti bilan 18:00 gacha qabul qilinadi. Dasturga arizangizni bu yerda topshirishingiz mumkin. Onlayn arizani toʻldirish uchun dastlab hisob ochish kerak boʻladi (Create member ID). Bunda Individual Member sifatida roʻyxatdan oʻtasiz.

Kerakli hujjatlar

Ariza topshirayotgan shaxsning talaba yoki mutaxassis ekaniga qarab, topshirishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati farq qiladi. Har bir nomzod kategoriyasi boʻyicha topshirilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.

Ariza uchun kerakli hujjatlar ingliz yoki koreys tilida bo’lishi yoki shu tillarga notarial tarjima qilinishi zarur. Faqatgina PDF shaklidagi hujjatlar qabul qilinadi.

Hujjat topshirish bosqichidan oʻtganlar bilan 2021-yilning noyabr oyida onlayn suhbat boʻlib oʻtadi. Bunda nomzodning koreys tilini bilish darajasi tekshiriladi.

Yakuniy natijalar 2021-yilning dekabr oyida eʼlon qilinadi (bu muddat bir oz oʻzgarishi mumkin). Dasturga qabul qilinganlar Korea Foundation tomonida belgilangan OTMda til kursida oʻqiydi.

MUHIM: Hujjat topshirishni boshlashdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlonni va koʻp beriladigan savollarga javoblarni (FAQ, sahifa oxirida berilgan) diqqqat bilan oʻqib chiqing.

Dastur to’g’risidagi savollar yuzasidan  fellow@kf.or.kr elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Ariza topshirish jarayoniga oid masalalar yuzasidan esa helpdesk@kf.or.kr manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!