×

NIGINTERN 2024: Yaponiyada talabalar uchun amaliyot dasturi; safar va turar joy xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

09.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

10182 marta

National Institute of Genetics (NIG), Department of Genetics, SOKENDAI tomonidan har yili tashkillashtiriladigan NIGINTERN amaliyot dasturi bakalavriat va magistratura talabalariga tadqiqot olib borish tajribasini taqdim etadi. Dastur ishtirokchilari nazoratchi bilan birga genetika hamda hayot haqidagi fanlar (life sciences) orasidan tegishli sohalar boʻyicha tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega boʻladi.

Dastur ilmiy tadqiqot haqidagi saboqlar, ilmiy muloqotlar va individual yetakchi tadqiqotchi bilan muhokama uchun laboratoriyaga tashriflardan iborat. Dastur yakunida amaliyotchilar NIGINTERN Reports simpoziumida oʻz tajribasi haqida taqdimot qiladi.

Shuningdek, amaliyotchilar aspirantura dasturlari maʼruzalari, jurnal klublari va taniqli tadqiqotchilar tomonidan olib boriladigan seminarlar kabi turli mashgʻulotlarda ham ishtirok etishlari mumkin. Yapon tili dasrlari ham taʼminalandi. Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlaganlarning barchasiga maxsus sertifikat topshiriladi.

Saralab olinganlar 2023-yil 13-iyundan 24-iyulgacha Yaponiyada amaliyot oʻtaydi.

2023-yilgi dastur uchun 740 ta ariza kelib tushgan va ulardan 9 nafar amaliyotchi tanlab olingan. Tanlab olinadigan amaliyotchilar soni har yili turlicha boʻladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura kurslari talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga saralab olingan amaliyotchilarga quyidagi iqtisodiy imtiyozlar taqdim etiladi:

  • Yaponiyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
  • NIG va Yaponiyadagi aeroport oʻrtasidagi masofani bosib oʻtish uchun ketgan transport xarajati qoplanadi.
  • NIG turar joy majmuasida yashash toʻlovi qoplanadi.
  • Dastur davomidagi sayohat sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi.

NIG yuqorida koʻrsatilganlar tashqari boshqa (oziq-ovqat, yashash va h.k.) xarajatlarni qopamaydi. Bunday xarajatlarni amaliyotchining oʻzi qoplashi lozim.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat furqarolari ushbu dasturga ariza topshira oladi.
  • Nomzod ariza topshirish vaqtida bakalavriat yoki magistrsturada oxirgi kursdan bitta oldingi kursda oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Yaʼni 4 yillik bakalavr kursining 3-kursida, 3 yillik bakalavr kursining 2-kursida, 2 yillik magistratura kursining 1-kursida, 6 yillik magistraturaning 5-kursida o’qiyotgan talabalar ariza topshirishlari mumkin.
  • Nomzod genetika yoki hayot haqidagi fanlarga qiziqishga ega boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Oʻz davlatidan boshqa davlatdagi universitetda tahsil olayotgan va yuqoridagi shartlarga mos talabalar ham ariza topshira oladi. Faqat oʻzi boshqa davlat fuqarosi boʻlib, ariza topshirish vaqtida Yaponiyada yashayotgan talabalar ushbu dasturga ariza topshira olmaydi.

Shuningdek, amaliyotchilar amaliyot davomida rioya qilishi kerak boʻlgan shartlar ham mavjud. Ushbu shartlar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn tarzda 2023-yil 27-noyabrdan 2024-yil 9-yanvargacha qabul qilinadi. Nomzod dastlab BU YERDAN tadqiqot amaliyot oʻtash uchun oʻzi qiziqqan soha va maʼqul koʻrgan laboratoriyasini tanlab olishi lozim.

Ariza topshirish uchun avval BU YERDA roʻyxatdan oʻtish lozim (Online Registration for NIGINTERN Application). Roʻyxatdan oʻtish havolasi 2023-yil 27-noyabrda faollashtiriladi.

Roʻyxatdan oʻtilgandan soʻng elektron pochta manzilingizga ariza raqamingiz va parolingizni oʻz ichiga olgan tasdiq xabari yuboriladi. Dastlabki roʻyxatdan oʻtish jarayonida 2 nafar tavsiya beruvchi shaxsning ism-familiyasi va ularning elektron pochta manzillarini kiritishingiz soʻraladi. Tavsiya beruvchilar bilan roʻyxatdan oʻtishdan oldin gaplashib, siz uchun tavsiyanoma berishini oldindan soʻrab qoʻying. Roʻyxatdan oʻtishingiz bilan tavsiya beruvchilarning elektron manziliga tavsiyanoma yozish soʻralgan xabar yuboriladi.

Roʻyxatdan oʻtganda email orqali yuborilgan paroldan foydalanib, ariza topshirish tizimiga kirasiz va onlayn arizani toʻldirasiz.

Onlayn arizani toʻldirish quyidagi hujjatlarni yuklash kerak:

  • Motivatsion inshosi (Motivation Letter/Self Advertisement). Insho ingliz tilida yozilishi va 500 soʻzdan oshmasligi kerak.
  • Ingliz tilidagi CV. CVda taʼlim tarixi yuqori sinfdan (maktabning 10-sinfidan yoki kollej/listeydan boshlanishi kerak. Hozirda nechanchi kursda oʻqiyotganingiz ham CVda koʻrsatilishi kerak.
  • Baholar. Nomzodlar bakalavriat yoki magistraturada hozirgacha olgan baholarini skanerlangan variantini topshirishi kerak. Baholar koʻrsatilgan hujjat ingliz tilida boʻlmasa, unga qoʻshib ingliz yoki yapon tilidagi tarjimasini ham topshirish kerak. Bunda baholar va ularning tarjimasi bitta PDF faylga birlashirilgan holda tizimga yuklanishi lozim.
  • Ikki nafar oʻqituvchingizdan tavsiyanoma (ularga tavsiyanomani tizimga yuklash uchun email boradi).

Barcha hujjatlar, jumladan, tavsiyanomalar ham faqatgina onlayn ariza topshirish tizimi orqali topshirilishi kerak. Email orqali yuborilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.

Qabul natijalari 2024-yil fevral oyi oxirrlarida eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon va ariza topshirish jarayoni haqidagi maʼlumotni toʻliq oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan nig-intern@nig.ac.jp elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!