×

OSCE Academy in Bishkek: Magistratura uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

6102 marta

Qirg’iziston poytaxti Bishkekda joylashgan OSCE (Organization for Security and Cooperation in Europe) akademiyasi quyidagi magistratura kurslariga arizalar qabul qilmoqda:

Ushbu kurslarga har yili jami 80 nafargacha talaba (barchasi grant asosida) qabul qilinadi.

Ushbu magistrlik kurslarida oʻqish 2024-yil 1-sentabrdan boshlanadi . Dasturga qabul qilinganlar 2024-yil 5-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadigan yozgi maktabda ishtirok etishlari kerak. Uchala magistrlik kurslarida oʻqish kunduzgi taʼlim shaklida boʻladi. Taʼlim ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Magistratura kurslariga qabul qiliinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Kontrakt pulida toʻliq ozod qilinadi.
  • Oyiga 450 yevro stipendiya beriladi (18 oy davomida).
  • Bishkekka borish va kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi (ekonom klass).
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  • Oʻzlashtirish darajasi eng yaxshi boʻlgan talabalar Yevropada moliyalashtiriladigan amaliyot imkoniyatlariga ega boʻladi.

Har bir magistralik dasturining qabul talablari bilan tegishli dastur sahifasida batafsil tanishishingiz mumkin:

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Taklif etilayotgan magistrlik kurslariga aloqador sohada oliy taʼlim darajasiga (4 yillik bakalavrlik darajasi yoki mutaxassislik diplomiga) ega boʻlishi yoki bakalavriatning oxirgi kursida tahsil olayotgan boʻlish kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilini kamida IELTS 6.5 darajada bilish talab etiladi. Agar til sertifikatingiz boʻlsa, ariza topshirish jarayonida uning nusxasini yuklaysiz. Agar til sertifikatingiz boʻlmasa, yuklamaysiz (til sertifikati yoʻqlar saralashning keyingi bosqichiga oʻtsa, ingliz tilida test topshiradi).
  • Nomzod Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston yoki Moʻgʻuliston yoxud OSCE tashkilotiga aʼzo boshqa biror davlat fuqarosi boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Magistratura kurslariga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 31-yanvar 21:59 gachaa qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Ariza topshirish uchun quyidagi havolalarga oʻting:

Ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar test topshirishi va suhbatdan oʻtishi kerak boʻladi. Faqatgina ariza topshirish bosqichidan muvaffaiyatlii oʻtganlarga test va interyu boʻyicha email orqali xabar qilinadi (ariza topshrish bosqichidan oʻta olmaganlarga xabar berilmaydi).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin qabul haqidagi rasmiy eʼlon bilan tanishib chiqing. 

Savollar yuzasidan ma-admission@osce-academy.net elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!