×

Scientific Internships: Bakalavriat va magistratura talabalari hamda bitiruvchilari uchun Avstriyada amaliyot; oylik haq – 1462 yevro!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

25633 marta

Avstriya fan va texnologiya instituti bakalavriat va magistratura talabalari, shuningdek, bakalavrlik yoki magistrlik diplomini qoʻlga kiritgan nomzodlarga Ilmiy amaliyot (Scientific Internships) dasturini taklif etadi. Qabul qilingan amaliyotchilar 1 yilgacha boʻlgan muddat davomida institutda tadqiqot olib borish va amaliyot oʻtash imkoniga ega boʻladi.

Nomzodlar institutdagi mavjud tadqiqot guruhlaridan birida amaliyot oʻtash uchun ariza topshirishi mumkin. Tadqiqot guruhlari bilan BU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura talabalari yoki bakalavrlik yoxud magistrlik diplomiga ega nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga kamida 1462 yevro ish haqi beriladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:

  • Rossiyadan boshqa istalgan davlat fuqarosi mazkur dasturga ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzod bakalavriat yoki magistratura talabasi boʻlishi yoxud bakalavlik yoki magistrlik diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod oʻqiyotgan / oʻqigan soha oʻzi topshirmoqchi boʻlgan tadqiqot guruhi (tadqiqot sohasi)ga mos boʻlishi lozim.
  • Nomzod oʻzi topshirayotgan tadqiqot guruhining tadqiqot mavzusiga kuchli qiziqish va ishtiyoq namoyish qilishi kerak.
  • Tegishli ish / amaliyot tajribasiga ega boʻlish qabul qilinishga ijobiy taʼsir qilishi mumkin.
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar har yili, yil boʻyi qabul qilinadi. Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi.

1-qadam. Dastlab mavjud tadqiqot guruhlaridan oʻzingiz eng qiziqqan tadqiqot mavzusi (sohasi)ni aniqlab olishingiz kerak.

2-qadam. Oʻzingiz qiziqqan tadqiqot sohasini tanlab olgach, bevosita tadqiqot guruhi yetakchisiga email yozasiz. Emailga quyidagilar boʻlishi lozim:

  • Oʻzingiz, taʼlim v tajribangiz haqida qisqacha maʼlumot va guruh bilan birga ishlashga boʻlgan motivatsiyangiz.
  • PDF shaklidagi CV. Unda taʼlim tarixingiz va tegishli tajribangiz koʻrsatilishi kerak.
  • Amaliyot oʻtashingiz mumkin boʻlgan sanalar (muddat).

Agar guruh yetakchisi sizni ilmiy amaliyotchi sifatida qabul qilishga qiziqsa, u siz bilan bogʻlanadi va keyingi qadamlar haqida maʼlumot beradi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!