×

ServiceScape Short Story Award 2021: yozuvchilar uchun tanlov; mukofot – 1 000 AQSh dollari


Grant

MUHLAT

30.11.2021

QOLGAN VAQT

274 kun

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

618 marta

Service Space tomonidan tashkil etilgan ServiceScape Short Story Award 2021 hikoyalar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda istalgan davlatdan bo’lgan hikoyanavislar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun istalgan janr va mavzudagi qisqa hikoya (short story) yozish zarur. Hikoya avvaliga Service Space blogida onlayn tarzda e’lon qilinishi kerak. Service Space blogida hikoyasi chop etilgan barcha yozuvchilar tanlovga ro’yxatdan o’tishlari mumkin. Service Space blogiga bu yerda qo’shilishingiz mumkin.

Yozuvchilar bu tanlovda ishtirok etish orqali o’quvchilari sonini oshirishlari va moddiy manfaatga ega bo’lishlari mumkin. Tanlovda o’tgan yillarda g’olib bo’lgan yozuvchilar bilan bu yerda tanishing.

Hikoya yozish uchun mavzu va g’oya izlayotganlar bu yerdagi 700 dan ziyod mavzular bilan tanishib chiqishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Yozuvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’olibiga 1 000 AQSh dollari pul mukofoti beriladi.

Talablar:

  • Nomzodning tanlovga topshirmoqchi bo’lgan hikoyasi avvaliga Service Space blogida chop etilishi kerak.
  • Hikoyaning hajmi 5000 so’zdan oshmasligi, tili ingliz tilida bo’lishi kerak. Istalgan janr va mavzudagi hikoyalar qabul qilinadi.
  • Bitta ishtirokchi faqat bitta yozma ish topshirishi mumkin.
  • G’olib dekabr oyida e’lon qilinadi. G’olibga imzolab, qayta jo’natishi uchun hujjatlar yuboriladi. Shu hujjatlarni 10 kun ichida qayta jo’natmasa, yutug’i bekor qilinishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2021-yil 30-noyabrgacha bu yerda topshirilishi mumkin. Hikoyangizni bu vaqtdan avval Service Space blogida onlayn chop ettirishingiz kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!