×

Jeneva akademiyasi: Huquqshunoslik sohasida magistratura uchun qisman va to’liq grantlar!


Grant

MUHLAT

01.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

2701 marta

Shvetsariyaning Jeneva akademiyasi magistratura bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun stipendiyali dastur e’lon qildi. Ushbu dasturning maqsadi – xalqaro talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.

O’qish sohasi: Ushbu dastur magistraturaning quyidagi yo’nalishlariga hujjat topshirayotganlarga mo’ljallangan:

Yuqoridagi 3 ta yo’nalishdan boshqa sohada o’qimoqchi bo’lganlar ushbu dasturda qatnasha olmaydi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Jeneva akademiyasi nomzodlarga bir qancha qisman qoplanadigan va to’liq grantlar taqdim etadi. Qisman grantni qo’lga kiritgan nomzodlar akademiyada o’qish uchun to’lanadigan kontrakt pulidan to’liq ozod etiladi. To’liq grantni qo’lga kiritganlar esa kontrakt pulidan ozod qilinadi va 10 oy davomida Jenevada yashash uchun oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.

Talablar:

LLM dasturi uchun: 

  • Nomzod huquq sohasida o’qigan va shu sohada baklavrlik diplomiga ega bo’lishi lozim.
  • Darsdan tashqari mashg’ulotlarga (yozgi maktablarga borgan, konferensiyalarga qatnashgan, turli yerlarda amaliyot o’tagan va hk) katta qiziqishga ega bo’lishi lozim.
  • Xalqaro ommaviy huquq yo’nalishida yaxshi baholarga ega bo’lishi lozim.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS yoki TOEFL sertifikati so’raladi.
  • Shuningdek, fransuz tilini bilish ham nomzodning tanlanishida ustunlik berishi mumkin (fransuz tili majburiy emas).

MTJ dasturi uchun: 

  • Nomzod huquq, xalqaro aloqalar, ijtimoiy fanlar, sotsiologiya, antropologiya yoki tarix yo’nalishida bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi lozim.
  • Huquq sohasiga qiziqishi yuqori bo’lishi lozim.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi lozim. IELTS yoki TOEFL so’raladi.
  • Fransuz tilini bilish nomzodning tanlanishida ustunlik beradi.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlar onlayn tarzda ariza topshiradilar. Onlayn ariza quyidagi ketma-ketlikda topshiriladi:

  1. Dastlab stipendiyasiz (1), to’liq stipendiyali (2) yoki to’liq bo’lmagan stipendiyali dasturga ariza topshirish tanlanadi.
  2. Onlayn ariza to’ldiriladi.
  3. So’ralgan hujjatlar yuklanadi.
  4. Ariza onlayn tarda yuboriladi.

Onlayn ariza topshirish Jeneva akademiyasi rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!