×

Shveytsariya: PhD uchun toʻliq grant – yiliga oʻrtacha 50 ming AQSH dollaridan oshiqroq maosh toʻlanadi!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

7305 marta

Shvetsariyaning Bazel shahrida joylashgan Friedrich Miescher Institute for Biomedical Research (FMI) instituti PhD va MD-PhD dasturlariga  arizalar qabul qilmoqda. Har ikkala dastur ham doktorantura bosqichi dasturlari hisoblanadi. Mazkur dasturlarga odatda har yili doktoranturada oʻqish istagida boʻlgan 15-25 nafar tadqiqotchilar qabul qilinadi.

Dasturlarga qabul yiliga 2 marta boʻlib oʻtadi va ularning biri mart oyida ochilib, may oyi boshlarida yakunlansa, ikkinchisi sentabrda ochilib, noyabr oyi boshlarida yakunlanadi. Hozirda may oyi qabuli davom etmoqda va ushbu qabul 2021-yilning 2-mayiga qadar davom etadi.

PhD va MD-PhD dasturlari quyidagi sohalarda oʻqish va tadqiqot olib borishni taklif etadi:

  • neurobiology
  • cell biology
  • developmental biology
  • biophysical chemistry
  • structural biology
  • systems biology
  • bioinformatics
  • infection biology

Har ikkala dasturga qabul qilinganlar Bazel universitetining doktorantura bosqichida tahsil oladi. Bazel universiteti esa dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biridir. Jumladan, 2021-yil mart oyi holatiga koʻra, THE reytingi boʻyicha mazkur universitetda dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 92-oʻrinni egallab turibdi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Mazkur dasturlardan biriga qabul qilingan tadqiqotchilarga Shveytsariya milliy ilm-fan fondi tomonidan belgilangan miqdorda ish haqi toʻlanadi. Unga koʻra, tadqiqotchilar yiliga oʻrtacha 50 ming CHF (taxminan 53 300 AQSH dollari) miqdorida haq oladi.

Shuningdek, suhbat bosqichiga oʻtgan nomzodlarning suhbat uchun Shveytsriya borish-kelish hamda u yerda qolish xarajatlari ham qoplab beriladi (bu yil COVID-19 sababli suhbat onlayn boʻladi).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Dasturda barcha davlatlar fuqarolari ariza berishi mumkin.
  2. Nomzod ingliz tilini tadqiqot olib borish va dissertatsiya yozish darajasida yaxshi bilishi kerak.
  3. Nomzod oʻzi tanlagan sohada yuqori natijalarga erishish imkoniyatiga ega umidli va iqtidorli shaxs va tadqiqotchi boʻlishi zarur.
  4. Nomzod dasturlardan birida oʻqish uchun kerakli diplomga ega boʻlishi kerak. Bunda:
    – PhD dasturi uchun nomzod PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi magistrlik diplomiga ega boʻlishi yoki uni Bazel universitetida oʻqishni boshlashidan oldin qoʻlga kiritishi kerak.
    – MD-PhD dasturi uchun nomzod PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi tibbiyot sohasidagi magistrlik diplomiga ega boʻlishi yoki uni Bazel universitetida oʻqishni boshlashidan oldin qoʻlga kiritishi kerak. Hamda bu diplom unga rasmiy klinik taʼlim olish imkonini ham berishi kerak. Shuningdek, nomzod laboratoriyada tadqiqot oʻtkazish tajribasiga ega boʻlishi hamda Bazel universiteti tomonidan tasdiqlanuvchi magistrlik dissertatsiyasini yozgan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Arizalar yiliga ikki marta qabul qilinadi. Birinchi qabul odatda may oyida, ikkinchi qabul esa noyabr oyuda yakunlanadi.

Onlayn arizani quyidagi havola orqali toʻldirishingiz mumkin:

Onlayn ariza formasida soʻralgan maʼlumotlar kiritilib, kerakli hujjatlar yuklanadi. Kerakli hujjatlar roʻyxatini onlayn ariza ustiga bosib, koʻrib olish mumkin.

Shuningdek, qabul uchun tavsiyanoma ham soʻraladi. Tavsiyanomaga qoʻyilgan talablar va uning shakli bilan BU YERDA tanishing.

Qabul jarayoni haqida BU YERDA tanishing va koʻp beriladigan savollarni BU YERDA oʻqishingiz mumkin.

Barcha maʼlumotlarni rasmiy saytdan oʻqib chiqqach ham savolingiz boʻlsa, quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

  • PhD dasturi boʻyicha savollar yuzasidan fmiphdprogram@fmi.ch elektron manzili orqali Elida Kellerga murojaat qiling.
  • MD-PhD dasturi boʻyicha savollar yuzasidan info.mdphd@fmi.ch elektron manzili orqali Marilyn Vaccaroga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!