×

Singapur: doktoranturada o’qish uchun to’liq grant, 2500 AQSh dollari oylik stipendiya hamda bepul aviachiptalar!


Grant

MUHLAT

01.12.2020

QOLGAN VAQT

152 kun

HUDUD

Singapur

O'QILGAN

399 marta

Singapurda doktorantura kurslarida o’qish uchun beriladigan eng nufuzli grant dasturlaridan biri – Singapur Fan, Texnologiya va Tadqiqot agentligi (A*STAR), Nanyang Texnologiya Universiteti (NTU), Singapur Milliy Universiteti (NUS) va Singapur Texnologiya va Dizayn Universiteti SUTD) hamkorligida tashkil etilgan Singapore International Graduate Award (SINGA) to’liq grant dasturiga hujjatlar qabul qilish boshlandi. Grantlar Singapurda joylashgan yuqorida sanab o’tilgan muassasalarda PhD kursida o’qish va tadqiqot qilish uchun beriladi. Dastur davomida tadqiqotchi talabalarga kuchli va o’z sohasi bilimdonlari bo’lgan mutaxassislar ilmiy rahbarlik qiladi. Grantlar hamkor hisoblangan 4 nafar universitetning har biridagi quyidagi sohalarga yaqin PhD kurslari uchun beriladi:

  • Biomedical Sciences; and
  • Physical Science and Engineering.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

SINGA grantini yutib olgan tadqiqotchi 4 yilgacha bo’lgan muddat mobaynida quyidagilarga ega bo’ladi:

  • Bepul o’qish;
  • 2000 AQSh dollari oylik stipendiya (Qualifying Examination imtihonidan o’tgach, 2500 AQSh dollariga oshiriladi);
  • Yo’l chiptasi uchun 1500 AQSh dollarigacha miqdorda bir martalik mablag’;
  • Singapurga ko’chib o’tgach, joylashish xarajatlari uchun sarflash uchun bir martalik 1000 AQSh dollari mablag’.

Singapurda yashash uchun bir talaba taxminan 1400-2000 AQSh dollari sarflaydi.

Talablar:

  • Nomzod bakalavr va magistratura kurslari diplomiga ega bo’lishi, o’zi tanlagan sohada tadqiqot tajribasiga ega bo’lishi va juda yuqori akademik ko’rsatkichlarga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini o’zi hujjat topshirgan ta’lim muassasasi talabiga mos ravishda bilishi kerak.
  • PhD kurslariga qabul uchun ushbu grantni taqdim etuvchi 4 oliy ta’lim muassasasi qabul talablari bir-biridan farq qiladi. O’zingizni qiziqtirgan universitet va kursni tanlagach, barcha qabul talablari bilan tanishib chiqish talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

2021-yil kuzgi kurslar uchun hujjatlar 2020-yil 1-dekabrga qadar qabul qilinadi.  Dasturga hujjat topshirishda qaysi ta’lim muassasasida va ilmiy rahbari bilan tadqiqot olib borish niyatida ekanligingizni ko’rsatishingiz kerak. Grantlarni 4 ta’lim va tadqiqot muassasalaridan birida o’qish uchun yutib olish mumkin.

A*STAR ilmiy rahbar va tadqiqot mavzulari

NTU ilmiy rahbar va tadqiqot mavzulari 

NUS ilmiy rahbar va tadqiqot mavzulari 

SUTD ilmiy rahbar va tadqiqot mavzulari

Hujjat topshirish tartibi quyidagicha bo’ladi:

  1. Kerakli universitet, tadqiqot mavzusi va ilmiy rahbarni tanlang.
  2. Kerakli hujjatlarni tayyorlang.
  • Pasport nusxasi;
  • Pasport o’lchamdagi fotosurat;
  • Bakalavr kursi diplomi va baholari;
  • IELTS, TOEFL, GMAT, GRE kabi test natijalari (tanlangan universitet talabidan kelib chiqqan holda);
  1. Bu yerda ariza topshiring. Ariza berish portalida “Singapore International Graduate Award (SINGA)” grant dasturini tanlang.

Dasturga oid savol-javoblar bilan bu yerda tanishing. Murojaat uchun singa_enquiries@hq.a-star.edu.sg elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!