×

To’liq grant beruvchi Amerika universitetlari


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

61423 marta

CHOP ETILGAN

11.05.2015

Xorijlik talaba uchun AQShda o’qishninhg eng qiyin jihatlaridan biri bu o’qish uchun pul topish. Bu yerda o’qish arzon emas. Buning ustiga, chet ellik talabalar AQShdagi mahalliy talabalarga qaraganda o’qish uchun ancha ko’p to’lashi talab etiladi. Ana shunday vaziyatda talabaning joniga oro kiruvchi, ehtimol, yagona chora “scholarship” topish hisoblanadi.

Quyida talabalarga, chet ellik yoki mahalliy bo’lishidan qat’i nazar, to’liq grant ajratuvchi ayrim universitetlar ro’yxatini bermoqchimiz. Grant olish uchun, avvalo, o’qishga qabul qilinishingiz kerak. Quyida keltirilayotgan olti universitet, to’liq grant berish bilan birga, Amerikaning kirish juda qiyin bo’lgan eng kuchli universitetlaridan hisoblanadi. Demak, o’qishga qabul qilinish uchun kuchli raqobatdan o’tishingiz kerak bo’ladi.

MIT, Massachusetts Institute of Technology in Massachusetts

Harvard University

Princeton University

Yale University

Williams College in Massachusetts

Middlebury College in Vermont

Albatta, o’qish uchun AQShda to’liq grant beruvchi oliygohlar faqat bulardangina iborat emas. Ko’plab universitetlarda turli yo’nalishlar va darajalar bo’yicha har yili ko’plab o’rinlar uchun to’liq grantlar taqdim etiladi. Ular haqida ham sekin-asta ma’lumot berib borish niyatimiz bor.

Yuqoridagi oliy o’quv yurtlari saytlariga kirganda, qabul (admission), moddiy yordam (financial aid) va xalqaro talabalar (international students) bo’limlariga kirib, o’qishga qabul va moddiy yordam olish yo’l-yo’riqlari haqida ma’lumot olishingizni tavsiya etamiz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!