×

Foydalanish shartnomasi

Foydalanish shartnomasi (ommaviy oferta)

 Toshkent sh. 2018-yil “05”mart

Ushbu shartnomabir tomondan “Legal Innovations Centre” MCHJ (Grantlar.uz nomi ostida faoliyat olib boradi) “(matnda keyingi o‘rinlarda – “Sayt” yoki “Sayt ma’muriyati” deb yuritiladi) va ikkinchi tomondan internet tarmog’ining foydalanuvchilari (har qanday yuridik va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar) (matnda keyingi o‘rinlarda – “Foydalanuvchi” deb yuritiladi) “https://grantlar” sayti orqali pulli xizmatlar ko’rsatish uchun shartnoma (matnda keyingi o‘rinlarda Shartnoma yoki oferta deb yuritiladi) tuzish haqidagi rasmiy taklifi (ommaviy ofertasi) hisoblanadi.

Sayt Internet tarmog’ida https://grantlar.uz manzili bo’yicha joylashgan bo’lib, u foydalanuvchilarga ma’lumotlar kontentini taqdim etishga mo’ljallangan.

1. Asosiy Tushunchalar

Sayt – Foydalanuvchiga kontentdan foydalanish imkoniyatini beruvchi, Internet tarmog’ida https://grantlar.uz manzili bo’yicha joylashgan manba.Sayt o‘zida axborot tizimidagi EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar yig‘indisini aks ettiradigan, bunday ma’lumotlarni Internet tarmog‘idagi https://grantlar.uz manzilida ochiq joylashtirilishini ta’minlaydigan Internet resursi – axborot vositachisi hisoblanadi.

Foydalanuvchi – Saytdan vauning funksiyalaridan foydalanishni boshlagan Saytga tashrif buyuruvchi har qanday jismoniy shaxs

Sayt ma’muriyati – “Legal innovations Centre” mas’uliyati cheklangan jamiyati, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Davlat Xizmatlari Markazi tomonidan ro’yxatga olingan. STIR: 304900618, yuridik manzil: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqbol ko’chasi, 15-uy;

Kontent – Sayt ma’muriyati tomonidan shakllantirilgan, tarjima qilingan va sayt orqali ommaviy e’lon qilinadigan har qanday matnli, grafikli, foto, video va audiovisual mahsulotlar.

Pulli kontent – foydalanuvchilar haq to’laganidan so’ng foydalanishi mumkin bo’lgan kontent turi.

Obuna – Foydalanuvchi tomonidan pulli kontentni ko’rish uchun amalga oshiriladigan harakat. Obuna Pulli kontent uchun haq to’langach taqdim etiladi.

Shaxsiy sahifa – Saytning Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini saqlash, o’zgartirish, o’chirish imkoniyatini taqdim etadigan bo’limi bo’lib, Foydalanuvchiga saytda ro’yxatdan o’tgandan so’ng taqdim etiladi.

 2. Aksеpt tartibi

2.1. Ushbu ommaviy Oferta aksepti Foydalanuvchini Saytda ro‘yxatga olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sayt iOS, Android platformalarida vahttps://grantlar.uz/manzili bo‘yicha ishlaydi.Oferta aksepti amalga oshirilgan paytdan boshlab Shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

2.2. Foydalanuvchi ushbu shartnomada keltirilgan shartlarga rozi bo‘lmasa, saytdan foydalanishni to’xtatishi lozim.

3. Shartnoma predmeti

3.1. Mazkur shartnomaga muvofiq, Foydalanuvchi Sayt tomonidan taqdim etiladigan kontentdan foydalanish vapulli kontent uchun haq to’lash majburiyatini oladi, Sayt ma’muriyati foydalanuvchiga Pulli kontentdan haq evaziga foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

3.2. Shartnomada to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan barcha holatlar bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va ish muomalasi odatlariga amal qiladilar.

3.3. Foydalanuvchi Saytda ro‘yxatdan o‘tgunga qadar Foydalanish shartnomasi bilan to‘liq tanishib chiqishi shart. Foydalanuvchining Saytda ro‘yxatdan o‘tishi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 364, 365,369 va 370-moddalariga muvofiq Foydalanish shartnomasiga to‘liq va so‘zsiz rioya qilishini anglatadi.

3.4. Mazkur Foydalanish shartnomasi ochiq va ommaga mo‘ljallangan hujjat hisoblanadi. Foydalanish bo‘yicha kelishuvning amaldagi tahriri Internet tarmog‘ida quyidagi manzilda joylashtiriladi: https://grantlar.uz/user-agreement/

4. Sayt maqomi

4.1. https://grantlar.uz (domen nomi) tarmoq manzili va undan foydalanish bilan bog‘liq barcha huquqlar Sayt ma’muriyatiga tegishli. Saytdan manfaatdor shaxslarning foydalanishiga yo‘l qo‘yilishi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari hamda Foydalanish shartnomasiga muvofiq belgilanadi.

4.2. Saytning alohida bo‘limlarida Foydalanuvchi va boshqa shaxslar tomonidan mustaqil joylashtirilgan (adabiy, musiqiy, audiovizual asarlar va fonogrammalar, grafika, dizayn va fotosurat mahsulotlari, EHM uchun dasturlardan tashqari) ma’lumotlar va intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish huquqi Foydalanuvchi yoki boshqa shaxslarga tegishli hisoblanadi.

4.3. Jismoniy va yuridik shaxslar mazkur Foydalanish shartnomasi bo’yicha yoki Sayt ish faoliyati bilan bog‘liq murojaat, taklif va shikoyatlari, shuningdek vakolatli davlat organlarining so‘rovnomalari mazkur shartnomaning 9-bandida ko‘rsatilgan “Legal Innovations Centre” MCHJning pochta manzili yoki info@grantlar.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

4.4. Mazkur Foydalanish shartnomasi har qanday holatda Foydalanuvchiga firma nomi, tovar belgisi, domen nomi va Sayt ma’muriyatining boshqa taniqli belgilaridan foydalanish huquqini bermaydi. Firma nomi, tovar belgisi, domen nomi va Sayt ma’muriyatining boshqa taniqli belgilaridan foydalanish huquqi Sayt ma’muriyatining yozma roziligi bilan taqdim etilishi mumkin.

4.5. Ma’muriyat tomonidan Sayt faoliyatini yuritish va uni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

5. Kontentdan foydalanishva to‘lov tartibi

5.1. Sayt kontentidan quyidagi yo’llar orqali foydalanish mumkin:

  • – saytga tashrif buyurish;
  • – Saytning iOS, Android platformalaridagi ilovalariga tashrif buyurish orqali.

5.2. Pulli kontentdan foydalanish uchun foydalanuvchilardan quyidagi harakatlarni amalga oshirish talab qilinadi:

5.2.1. Saytda ro’yxatdan o’tish va shaxsiy sahifasiga kirish;

5.2.2. https://grantlar.uz/tarif/ manzilida joylashgan obuna ta’riflaridan birini xarid qilish;

5.3. Foydalanuvchi o’zining shaxsiy sahifasida obuna muddati va to’lovlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishi mumkin.

5.4. Pulli kontent uchun to’lov saytda ko’rsatilgan to’lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

5.5. To’lov miqdori mazkur shartnomaning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.

5.6. Sayt istalgan vaqtda to’lov miqdorini foydalanuvchini ogohlantirmasdan o’zgartirish huquqiga ega.

5.7. Sayt ma’muriyati to’lov tizimlarida yuz beradigan texnik nosozliklar, buzilishlar, noto’g’ri ishlashi va boshqa holatlarda javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. To’lov Foydalanuvchi va To’lov tizimlari o’rtasidagi kelishuv asosida amalga oshiriladi.

5.8. Foydalanuvchi pulli kontentdan foydalanish uchun qo’shimcha xarajatlarni (masalan,mobil aloqa operatorlariga internet trafigi uchun to’lovlar) o’z hisobidan to’laydi, bunday to’lovlar uchun Sayt ma’muriyati hech qanday majburiyat olmaydi.

5.9. Pulli kontent Sayt ma’muriyati tomonidan mustaqil belgilanadi.

5.10. Foydalanuvchi kontentdan faqat notijoriy maqsadda foydalanish majburiyatini oladi. Agarda kontentning o’zida rusxat berilmagan bo’lsa, Kontentni ko’chirib olish, har qanday shaklda tarqatish ta’qiqlanadi.

6. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

6.1.  Tomonlar shartnomaga muvofiq quyidagi majburiyatlarni bajaradilar:

6.1.1. Saytma’muriyati:

  • – Pulli kontentni doimiy yangilab borish; (pulli kontentni yangilash davriyligi sayt tomonidan mustaqil begilanadi;
  • – https://grantlar.uz saytining uzluksiz ishlashini ta’minlash;

6.1.2. Foydalanuvchi:

  • Ushbu Foydalanish shartnomasi (ommaviy oferta) talablarini bajarish;
  • Ro’yxatdan o’tish jarayonida va shaxsiy hisob qaydnomasida aniq va to’g’ri ma’lumotlarni tadim etish;
  • Sayt xizmatlaridan foydalanish jarayonida(savol berishda, izoh qoldirishda va hokazo) qonunchilik va uchinchi shaxslarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan va reklama, erotik, pornografik hamda haqoratlash xarakteridagi so’zlardan foydalanmaslik;
  • Joylashtiriladigan(har qanday) axborot (material), izohlarda uchinchi shaxslarning mualliflik huquqlari, tovar belgilariga bo‘lgan huquqlari, intellektual mulkning boshqa huquqlarini buzmaslik;
  • Obuna uchun xizmat ko’rsatish haqini o’z vaqtida to’lash;
  • Saytdan g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanmaslik;
  • Har qanday shaklda sayt kontentini tarqatmaslik;

6.2. Foydalanuvchi Sayt ma’muriyati so‘roviga asosan ro‘yxatdan o‘tish paytida berilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart. Foydalanuvchi tomonidan Sayt ma’muriyatiga taqdim etilmagan yoki to‘liq taqdim etilmagan hollarda Sayt ma’muriyati Foydalanuvchining ro‘yxatdan o‘tganligini bekor qilishi yoki Foydalanuvchi istagan shakldagidan ko‘ra boshqa shaklda ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

6.3. Saytda boshqa foydalanuvchilarni adashtirishga yo‘naltirilgan harakatlar shuningdek, quyidagilarni amalga oshirish qat’iy taqiqlanadi:

  • o‘zini boshqa odam sifatida ko‘rsatish, xususan, boshqalarning ismlari yoki taxalluslar bilan bir necha marta a’zo bo‘lish orqali bir necha hisob qaydnomalarini yaratish;
  • yolg‘on ma’lumotlar asosida hisob qaydnomasi yaratish, axborotni buzib ko‘rsatish, o‘zi haqida yolg‘on axborotni joylashtirish va boshqalar;
  • anketa formalariga so‘ralmagan, lozim bo‘lmagan axborotlarni joylashtirish;
  • xabar kimga qaratilganini aniqlash imkonini bermaydigan darajada axborotni buzib izoh qoldirish;
  • Sayt xizmatlaridan foydalanish jarayonida(savol berishda, izoh qoldirishda va hokazo) qo’pol imlo xatolariga yo’l qo’yish;
  • Saytda o’zi shaxsan qabulida bo’lmagan yoki xizmatidan foydalanmagan mutaxassislar haqida izohlar qoldirishva baholash.

6.4. Saytda joylashtirilgan barcha obyektlar, shu jumladan dizayn elementlari, matn, grafik tasvirlar, illyustratsiya, video, skriptlar, dasturlar va boshqa obyektlar va ular majmuasi (keyingi o‘rinlarda — Kontent) Sayt ma’muriyati, Sayt foydalanuvchilari va boshqa huquq egalarimualliflik huquqi bo‘lib, bu obyektlarga bo‘lgan huquqlar himoya qilinadi.

6.5. Ushbu Qoidalarda belgilanganlardan tashqari hamda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hech qaysi Kontent muallif roziligini oldindan olmasdan turib ko‘chirilishi (qayta e’lon qilinishi), qayta ishlanishi, tarqatilishi, ko‘rsatilishi, chop qilinishi, yuklab olinishi, boshqaga o‘tkazilishi, sotilishi yoki boshqacha usul bilan butunlay yoki qisman egallanishi mumkin emas, muallif oshkora ruxsat bergan hollar bundan mustasno.

6.6. Foydalanuvchi o‘z shaxsiy Kontentidan tashqari boshqa saytlar Kontenti, ma’lumotlar bazasi va boshqa mualliflarga tegishli intellektual faoliyat natijalarini muallif roziligini olmasdan turib yuklashi yoki ularni Saytda e’lon qilishga haqli emas.

6.7. Ro’yxatdano’tish jarayonida taqdim etilgan, shuningdek Foydalanuvchi o‘z hisob qaydnomasida joylashtirgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashiga rozilik bildirgan hisoblanadi. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini u Sayt xizmatlaridan foydalana olishi hamda Saytning xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan tegishli ma’lumotlarni tahlil qila olishi uchun qayta ishlashi mumkin. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchi shaxsiga tegishli barcha ma’lumotlarni g‘ayriqonuniy ravishda olish, o‘zgartirish, oshkor qilish yoki yo‘q qilishni oldini olish bilan bog‘liq choralarni ko‘radi. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchilarning ma’lumotlari bilan ishlash uchun faqatgina Sayt funksiyalarini sozlash va Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun lozim bo‘lgan hollardagina ruxsat berishi mumkin. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek shaxsiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini amalga oshirish maqsadida (shu jumladan, Foydalanuvchining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan ogohlantirish yoki uni to‘xtatish maqsadida) foydalanishi mumkin. Foydalanuvchining ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda qonun hujjatlari bilan vakolatli bo’lgan davlat tashkilotlari talabiga muvofiq taqdim etilishi mumkin.

6.8. Foydalanuvchining Saytdan foydalanishida ushbu Qoidalarga rioya etishi shubhali hisoblansa Sayt ma’muriyati o‘z qarashidan kelib chiqib istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmagan holda Foydalanuvchini o‘chirishi, ta’qiqlashi yoki Foydalanuvchini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy tarzda o‘zgartirishga haqli.

7. Tomonlarning javobgarligi

7.1. Tomonlar ushbu Shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

7.2. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik natijasida unda yuzaga keladigan har qanday zararlar yoki boshqa salbiy oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi.

7.3. Foydalanuvchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini muhofaza qilinmagan bog‘lanishlardan foydalanadigan qurilmaga kirtishda yoki ular zarar keltiradigan dasturlar va ilovalar tahdidi ostida bo‘lgan holda ularning sozligi uchun to‘liq javobgar bo‘ladi.

7.4. Sayt Shartnoma shartlarini lozim darajada bajarmaganlik uchun, agar bunday bajarmaslik Foydalanuvchi tomonidan Shartnoma shartlarining bajarilmasligi oqibati bo‘lsa, javob bermaydi.

7.5. Sayt Foydalanuvchi ushbu shartnoma shartlari bilan, shuningdek Saytda Obunani faollashtirish vaqtida Ommaviy oferta bilan o‘z vaqtida tanishmagani tufayli Foydalanuvchida yuzaga kelgan har qanday zararlar uchun javob bermaydi.

7.6. Sayt Shartnoma shartlarini lozim darajada bajarmaganlik uchun, agar bunday bajarmaslik Sayt nazorati doirasidan tashqaridagi sabablar bilan belgilangan bo‘lsa, javob bermaydi. Sayt nazorat doirasi faqat saytning o‘z ishlash qobiliyati bilan cheklanadi va uchinchi shaxslarning aybi bilan yuz bergan nosozliklar yoki davlat idoralari yoki sud hokimiyati organlari tomonidan belgilangan taqiqlar va cheklashlar tufayli ishda yuz bergan uzilishlar uchun javobgarlikni o‘z ichiga olmaydi.

7.7. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan, agar bunday bajarmaslik Shartnoma tuzilgandan keyin Tomon oldindan ko‘ra bilishi ham, oqilona choralar bilan oldini olishi ham mumkin bo‘lmagan favqulodda hodisalar natijasida yuzaga kelgan yengilmas kuch holatlari (fors-major) oqibati bo‘lsa, ozod qilinadilar.

7.8. Foydalanuvchi mazkur shartnomaning 6.10. bandida va 7.1.2.bandining 6-qatorida ko’rsatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida jarima to’laydi.

8. Shartnomani bеkor qilish

8.1. Foydalanuvchi istalgan vaqtda Shartnomani bajarishdan Saytdagi hisob qaydnomasini o‘chirib tashlash yo‘li bilan bosh tortishga haqli.

8.2. Shartnoma hisob qaydnomani o‘chirib tashlanganidan keyin bekor qilingan hisoblanadi. Mazkur Shartnomaning bekor qilinishi, agar sayt doirasida obunauchun buyurtma berilganbo‘lsa, bunday xizmatlar bo‘yicha Shartnomalar bekor bo‘lganini anglatmaydi.

9. Nizolarni ko‘rib chiqish tartibi

9.1. Ushbu Shartnomadan kelib chiqqan har qanday nizo tinch yo‘l bilan yoki Foydalanuvchining yozma murojaatiga binoan e’tiroz bildirish tartibida ko‘rib chiqiladi. Murojaatni ko‘rib chiqish muddati va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar mazkur shartnoma va  O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

9.2. Yuzaga kelgan nizo e’tiroz bildirish tartibida hal etilmagan taqdirda, u javobgar joylashgan yerdagi tegishli sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilishi lozim.

10. Boshqa shartlar

10.1. Saytda joylashtirilgan har qanday sayt, mahsulot, xizmat, tijoriy yoki notijoriy xususiyatdagi har qanday ma’lumot Sayt ma’muriyati tomonidan ularni tavsiya qilish mazmunini anglatmaydi.

10.2. Sayt ma’muriyati kontentdagi ma’lumotlarning to’g’riligi uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi. Sayt tashqi manbalardan olingan ma’lumotlarni tarqatuvchi resurs bo’lib, Kontentdagi ma’lumotlarning to’g’riligi uchun Sayt ma’muriyati kafolat bermaydi.

10.3.  Uchinchi shaxslarning Saytlari va Kontentlari.

10.3.1. Saytda Internettarmog‘i (uchinchi shaxslarga tegishli saytlar)dagi boshqa saytlardagi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan qo‘riqlanadigan intellektual faoliyat natijalari hisoblanadigan maqolalar, fotosuratlar, illyustratsiyalar, grafik tasvirlar, ma’lumotlar, ilovalar, dasturlar va boshqa Kontentlarga havolalar mavjud (bo‘lishi mumkin).

10.3.2. Uchinchi shaxslarga tegishli ekanligi ko‘rsatilgan Kontentlar Sayt ma’muriyati tomonidan u yoki bu talablar (ishonchlilik, tugallik, xolislik)ga muvofiqligi tekshirilmaydi. Foydalanuvchiga ruxsat etilgan yoki u uchinchi shaxslardan Kontentidan olingan Saytda joylashtirilgan uchinchi shaxslarga tegishli har qanday ma’lumot, shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan bildirilgan yoki ularning Kontentida bildirilgan ifodalar, fikrlar yoki tasdiqlar uchun Sayt ma’muriyati javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

10.3.3. Saytda joylashtirilgan uchinchi shaxslarga tegishli ilovalar yoki faylni yuklab olish yoxud o‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnomalar Sayt ma’muriyatining ushbu ilova, fayl yoki dasturlarni qo‘llab-quvvatlashini anglatmaydi.

10.3.4. Saytda joylashtirilgan har qanday sayt, mahsulot, xizmat, tijoriy yoki notijoriy xususiyatdagi har qanday ma’lumot Sayt ma’muriyati tomonidan ularni tavsiya qilish mazmunini anglatmaydi.

10.4. Shartnomaning biror qismi bilan O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari o’rtasida ikki xil yondashuv bo’lganda,  amaldagi O’zbekiston Respublikasining normativ-hujjatlari ustuvor hisoblanadi.

10.5. Foydalanuvchi ushbu Oferta aksepti bilan Shartnomaning barcha shartlariga so‘zsiz rozi ekanligini tasdiqlaydi va uni bajarish majburiyatini oladi.

11. Sayt ma’muriyatining rekvizitlari

“Legal Innovations Centre” MCHJ

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqbol ko’chasi 15-uy

h/r: 20208000600773328001

“Asaka” ATBning Shayxontohur filiali

STIR: 3049006 Bank kodi: 00969

Telefon: +998998373777

Email: info@grantlar.uz

So‘nggi o‘zgartirilgan vaqti: 05.03.2018-yil


error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!