×

Loyiha haqida

Grantlar.uz:

– Grant dasturlari orqali talabalarga mashriqdan mag’ribgacha bepul ta’lim olish imkoniyatlarini yaratishda yordam beradi;

– Ilmiy konferensiyalar, tanlovlar, kurslar va hatto ish, amaliyot va volontyorlik o’rinlari haqida sizni xabardor qiladi;

– Xorijdan o’qish topish, hujjatlarni tayyorlash va topshirish, grantlar topish va ularga hujjat topshirish hamda tanlov bosqichlaridan muvaffaqiyatli o’tish sir-sinoatlari haqida xorijda ta’lim olgan mutaxassislar maslahatini chop etadi.

– Ma’lumotlarning barchasi, manba ko’rsatilgan holda, sof o’zbek tilida yoziladi. Ularni xorijda o’z bilimi va kuchi bilan hamda grant asosida o’qigan o’zbekistonlik mutaxassislar tayyorlaydi.

Maqsadimiz:

– Tirishqoq va iqtidorli, ammo moliyaviy imkoniyati cheklangan yoshlarimizning xorijda bepul yoki grant asosida ta’lim olishiga ko’maklashish.

– Shu orqali vatandoshlarimizning yuqori sifatli bilim olib, malakali mutaxassislar bo’lib yetishishiga hamda kelajakda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo’shishiga erishish.

Hamkorlar uchun:

Hamkorlik yoki reklama bo’yicha takliflaringiz bo’lsa, bizga quyidagi forma orqali bog’laning.


    error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!