2017- yil uchun Monash Xalqaro Grantlar dasturi

0
694 marta o'qildi

Qayerda: Monash Universiteti (Avstraliya)

Ariza topshirish muddati: 15-May 2017-yil

Kim uchun: Barcha davlat fuqarolari

Umumiy ma’lumot

Monash universiteti 2017-yil grantlar dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilmoqda. Bu yil uchun jami 31 ta grant ajratilishi belgilangan. Dastur barcha mamlakatlardagi talabalar uchun mo’ljallangan va Monash universiteti uchun muhim strategik ahamiyatga ega mamlakatlarga afzallik beriladi.

Grant shartlari

Ishtirokchilar quyida keltirilgan talablarga asosan tanlanadi:

  • O’qishdagi muvaffaqiyatlarga ko’ra.
  • Joriy talabalarning o’rtacha reyting ballari kamida 85 bo’lishi lozim
  • Talabalar, shuningdek, grant bo’yicha maqsadlari ko’rsatilgan ariza (500 so’z) va Monash universitetining elchisi bo’la olish imkoniyatiga ko’ra saralanadi.
  • Afzallik boshlang’ich kurs talabalariga beriladi.
  • Har semesterda o’rtacha ko’rsatkichlar bo’yicha boshqalardan (70% yoki undan yuqori) ajralib turish lozim.
  • Talaba kamida uchta marketing va/yoki grantlarni e’tirof etivchi dasturlarda qatnashishi lozim. Bu dasturlar o’z ichiga marketing va biznes munosabatlarni o’rnatish va mustahkamlash kabilarni oladi.

 Grant afzalliklari

  • O’qish bilan to’liq bandlik (48 credit) va ilmiy daraja uchun zarur bo’lgan minimum ballarni to’plagunga qadar yiliga 10,000 AQSh dollari.
  • Boshlang’ich kurslardagi bakalavr darajasi talabalari liderlik o’zlarida liderlik hususiyatlarini rivojlantirishni ko’zda tutadigan Monash Minds dasturiga taklif qilinadilar
  • Grant egalari Monash universitetini reklama va e’tirof etish bo’yicha material va/yoki dasturlarida ishtirok etishlari so’ralishi mumkin.

Kim uchun

  • Xalqaro talaba
  • Monash universitetidagi boshlang’ich kurs talabalari yoki kamida 2 ta semesterni tamomlagan talabalar.
  • Monash universitetining Avstraliyadagi talabalar shaharchasida to’liq vaqt bo’yicha bakalavr yoki magistratr unvonini olish uchun tehsil olayotgan talabalar, yoki

Izoh: quyidagi talabalar ushbu grantga ariza topshira olmaydilar:

  • Avstraliya taqvimi bo’yicha 12 sinfda o’qiyotgan talabalar (bu talabalar yuqori natijalar uchun taqdim etiladigan Monash Xalqaro Grantlariga ariza topshirishlari mumkin).

*Tibbiyotva Jarrohlik yo’nalishlari bo’yicha bakalavr darajasi yoki Tibbiyot Ilmi va Tibbiyot doktori yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalar kamida uchta semesterni tamomlagan bo’lishlari lozim.

 Ariza topshiriz tartibi

  • Uchbu grant uchun alohida ariza topshirish shart (sanalar quyida keltirilgan).
  • Uchbu grant dasturiga xujjat topshirishdan avval, Monash universitetida o’qitiladigan kurslarning biriga qabul qilingan bo’lish lozim.
  • Hozirda Monash universitetida tehsil olayotgan talabalar faqat 1 va 3 bosqichlardagina ariza topshirishlari mumkin (2 semestr natijalari e’lon qilingandan so’ng)
  • Arizalar bilan birga qo’shimcha xujjatlar topshirish kerak emas – ular e’tiborga olinmaydi

Batafsil ma’lumot: SHU YERDA

Bahromov Iskandar tomonidan tayyorlandi