×

FLEX: Maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun AQSHda 1 yil davomida oʻqish imkoniyati; oʻqish davomida barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

28.09.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

139252 marta

Amerikada bir yil yashab, o‘qish imkoniyatini beradigan 2024-25-yilgi FLEX Future Leaders Exchange – Kelajak Liderlari Almashinuvi dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur davomida ishtirokchilar amerikalik mezbon oilalarda yashaydilar.

Ishtirokchilar dastur orqali yetakchilik koʻnikmalariga ega boʻladi, AQSH haqida koʻproq oʻrganadi va amerikaliklarga oʻz vatani haqida maʼlumot beradi.

1992-yilda dastur ushbu dastur loyihasi AQSh kongressi tomonidan ishlab chiqilgan va loyihani moliyalashtirish ma’qullangan. Loyiha AQShning sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi davlatlar bilan aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan edi. Keyinchalik esa boshqa mamlakatlar ham ushbu ro‘yxatga qo‘shildi.

FLEX dasturi to‘liq AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladi. Dasturning tashkiliy masalalari esa AQSh Hukumat departamentining Ta’lim va madaniy aloqalar byurosi tomonidan amalga oshiriladi. Tanlov g‘oliblariga Amerikada bir yil bepul o‘qish uchun stipendiya va volontyorlik asosida tanlangan mezbon oilada yashash imkoniyati beriladi. Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad amerikaliklar va boshqa millat vakillari o‘rtasida do‘stona aloqlarni o‘rnatishdir.

Imtihonlarni Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari o‘tkazadi. Mazkur tashkilot g‘oliblarni aniqlaydi va ular uchun seminarlar tashkil etib kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Shuningdek, ular ishtirokchilarni Amerikaga jo‘natish ishlarini ham tashkillashtirishadi.

Amerika Kengashlari 40 yildan ortiq vaqt mobaynida AQSh, Yevropa, Yevroosiyo, Osiyo va Afrika davlatlarida o‘n minglab o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlab kelyapti. Shuningdek, mazkur tashkilot FLEX dasturidan tashqari universitet talabalari va aspirantlar, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun ham boshqa bir qator dasturlarni joriy qilgan bo‘lib, ularni muvvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.

Grant kimlar uchun?

Ayni paytda maktabning 9, 10-sinfi yoki litsey, kollejning 1-kursida o‘qiyotgan o‘quvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

FLEX dasturi g‘oliblariga quyidagilar taqdim etiladi:

  • Doimiy yashash joyidan to AQShdagi belgilangan uygacha borish va vataniga qaytib kelish xarajati qoplanadi.
  • Oylik stipendiya. Ushbu stipendiyani o‘quvchi shaxsiy xarajatlari hamda AQShda yashagan davrida ijtimoiy mashgʻulotlarda ishtirok etish uchun sarflaydi.
  • Oldindan yaxshilab tekshirib, tanlangan mezbon oilada bir yil mobaynida bepul yashaladi.
  • Amerikadagi oʻrta maktabga roʻyxatga olinadi va 1 yil davomida oʻqiladi.
  • Dastur oldidan tayyorlov mashgʻulotlari oʻtkaziladi va ishtirokchilar ularda qatnashadi.
  • AQShda tashkil etiladigan mahalliy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati boʻladi.
  • Tibbiy sug‘urta. Mazkur sug‘urta AQShga kelgunga qadar bo‘lgan kasalliklarni davolashni qoplamaydi. Shuningdek, stomatologik yordam ham ushbu sug‘urta tarkibiga kirmaydi.

Talablar:

FLEX dasturida ishtirok etish barcha uchun ochiq va bepul. Ishtirokchilar dastur talablariga javob bera olsa va tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tsa, shuning oʻzi kifoya. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar ham ushbu tanlovda ishtirok etishlari mumkin. Har yili butun dunyodan 20 ga yaqin imkoniyati cheklangan ishtirokchi ushbu tanlovda g‘olib bo‘lib, FLEX dasturida qatnashadi. Ular ham boshqalar bilan teng tanlovdan o‘tadilar. Har bir ishtirokchi bir yilda bir marta ariza topshirishi mumkin.

Ushbu tanlovga ariza topshiruvchi oʻzbekistonlik nomzodlar quyidagi shartlarga mos kelishi kerak:

  1. Nomzod 2007-yil 15-iyul va 2009-yilning 15-iyul sanalari oralig‘ida tug‘ilgan bo‘lishi kerak.
  2. Oʻzbekistonlik nomzodlar dasturga ariza topshirish vaqtida oʻz vatanida maktabning 9, 10-sinfi yoki kollej/litseyning 1-kursida o‘qiyotgan bo‘lishi lozim.
  3. Yaxshi yoki a’lo baholarga ega boʻlish kerak.
  4. Ingliz tilini yaxshi bilish va ariza topshirish jarayonida ingliz tili mahoratini namoyon eta olish lozim.
  5. AQSH vizasi talablariga javob berishi kerak.
  6. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi hamda xorijga chiqish pasportini olish imkoniga ega boʻlishi kerak.
  7. Oxirgi 5 yil ichida AQSHda jami 90 kundan ortiq davr mobaynida boʻlganlar bu dasturga ariza topshira olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga qabul jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi:

  • 1-bosqich: onlayn hujjat topshirish. Dasturga 2023-yil 28-sentabrgacha hujjat topshirish mumkin. Bunda shu yerdan rasmiy saytga o‘tib, anketani to‘ldirish kerak bo‘ladi. Anketada nomzod shaxsiy maʼlumotlarni kiritishdan tashqari bir nechta insho yozishi ham kerak. Anketani toʻldirish uchun dastlab hisob yaratish (Create an account) kerak. Avvaldan hisobi boʻlganlar yangidan hisob yaratmaydi, oldingi hisobi orqali anketani toʻldiradi.
  • 2-bosqich: ingliz tili testi. Onlayn hujjat topshirilganda soʻng, nomzodlar ingliz tili testiga taklif etiladi. Ingliz tili testi onlayn yoki oflayn boʻlishi mumkin (keyinroq aniqlashtiriladi).
  • 3-bosqich: suhbat, insholar, anketa va yana bir ingliz tili testi. Bunda nomzod suhbatdan oʻtishi, yana bir necha insho yozishi, navbatdagi anketani toʻldirishi va boshqa bir ingliz tili testidan oʻtishi kerak. Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganlar dasturda ishtirok etish huquqii qoʻlga kiritgan hisoblanadi. Dasturga qabul qilinganlar bilan American Councils (Amerika Kengashlari)ning mahalliy ofisi bogʻlanib, bu haqida xabar berishadi.

2024-2025-yilgi FLEX dasturi haqidagi broshyura bilan BU YERDA tanishing.

FLEX dasturi gʻliblari bilan suhbatlarni quyida oʻqing:

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Amerika Kengashlarining O‘zbekistondagi idorasiga murojaat qilishingiz mumkin:

12 Sh.Rustaveli ko‘chasi Grand Biznes
Markazi 307 xona 100070, Toshkent,
O‘zbekiston

Elektron manzil: flex.uz@americancouncils.
Email orqali ingliz, oʻzbek yoki rus tilida murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!