×

57-TOPIK imtihoni sanasi e’lon qilindi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

6642 marta

CHOP ETILGAN

20.12.2017

Koreya Respublikasining Toshkentdagi ta’lim markazi 57-Koreys tili darajasini aniqlash uchun xalqaro imtihoni 2018 yilning 15 aprelida o‘tkazilishini e’lon qildi.

Koreys tilidan bilim darajasini aniqlashga mo‘ljallangan ushbu test Koreya Respublikasida o‘qish uchun va grant olish uchun ariza berish imkoniyatini taqdim etadi.

Hujjatlar:

Toshkentda: 2018 yil 3-7 yanvar kunlari onlayn shaklda ro‘yxatga olinadi. Bunda TOPIK Ⅰ 850, TOPIK Ⅱ uchun 850 kishi qabul qilinadi. 10-19 yanvar kunlari imtihon raqamlari taqdim etiladi.

Samarqandda: 3-7 yanvar – onlayn registratsiya, 10-19 yanvar – imtihon raqamini olish. Testlar Samarqand davlat chet tillar institutida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar soni: TOPIK Ⅰ 200 ta, TOPIK Ⅱ 200 ta.

Urganchda: 3-7 yanvar – onlayn registratsiya, 22-26 yanvar – imtihon raqamini olish. Testlar Urganch davlat universitetida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar soni: TOPIK Ⅰ 150 ta, TOPIK Ⅱ 150 ta.

Farg‘onada: 3-7 yanvar – onlayn registratsiya, 22-26 yanvar – imtihon raqamini olish. Testlar Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar soni: TOPIK Ⅰ 350 ta, TOPIK Ⅱ 350 ta.

Imtihon raqami Koreya ta’lim markazida beriladi.
Internet-registratsiyadan so‘ng imtihon raqamini olib, to‘lov amalga oshiriladi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tmasdan imtihon raqamini olish imkoniyati mavjud emas.

Unutmang! Imtihon topshiruvchining soni chegaralangan. 7 yanvardan oldin bo‘lsa ham maksimal raqamdan so‘ng, internet ro‘yxatdan o‘tish to‘xtatiladi. Biroq maksimal raqam yig‘ilgandan keyin ham noto‘g‘ri to‘ldirilgan so‘rovnomalar uchun 3-7 yanvar kunlari ro‘yxatga olish amalga oshiriladi.

TOPIK bo‘yicha batafsil ma’lumotlar Koreya Respublikasi Ta’lim markaz veb-saytida.

Ma’lumot uchun: 291 81-83 (82) (ichki raqam119) Ta’lim markazi veb-sayti: http://www.tashkec.uz

Manba: arirang.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!