×

AQShda bir yil amaliyot o’tash uchun Osiyo-Tinch okeani yetakchilik dasturi!


Grant

MUHLAT

01.03.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1225 marta

“Osiyo-Tinch okeani yetakchilik dasturi”ning 2015-o’quv yili uchun qabul boshlandi. Bu dastur dunyoning turli burchagidan kelgan professional mutaxassislarga AQShda bir yil davomida (buning kamida yarmi Gavayida o’tadi) yuqori darajada malaka oshirish va tajriba orttirish imkonini beradi.

Kimlar topshirishi mumkin:

Yetakchilik, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida tinchlik va barqarorlik o’rnatilishiga qaratilgan ish va dasturlarga qiziquvchi har qanday odam, jinsi, fuqaroligi va yoshidan qat’i nazar, ushbu dasturda ishtirok etishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi:

Dasturda qatnashish uchun ishtirokchilarga quyidagi talablar qo’yiladi:

  • Ishtirokchilar kamida bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak;
  • TOEFL yoki IELTS ingliz tili testlarini topshirgan bo’lishi kerak. Bakalavrlik darajasini o’qish tili ingliz tili bo’lgan universitetdan olganlar bu shartdan ozod qilinadi.

Yetakchilik mahorati va shu yo’nalishda, xususan, tinchlikni saqlash va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo’yicha ish tajribasiga ega bo’lganlar va shu yo’nalishlarga qiziqshi yuqori bo’lganlar afzal ko’riladi, ammo qatnashish uchun bular talab qilinmaydi.

Moddiy yordamga ehtiyoji bo’lganlar uchun qo’shimcha grant beriladi. Grantlar haqida ma’lumot SHU YERDA. Grant olish istagida bo’lganlar alohida anketa (SHU YERDA) to’ldirib topshirishlari kerak. Grant uchun hujjatlarni belgilangan muhlatdan ertaroq topshirish so’raladi. Hujjatlarni topshirish muhlati: 1-mart.

Hujjatlar quyidagi manzilga yuborilishi kerak:

Award Services/APLP
East-West Center, JAB 2066
1601 East-West Road
Honolulu, Hawai‘i 96848-1601
U.S.A.

Topshirish uchun lozim bo’lgan hujjatlar ro’yxati, anketa va ularni yuborish tartibi haqidagi to’liq ma’lumot: SHU YERDA

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!