×

DAAD Magistratura (MA) stipendiyalari (2 yil)


Grant

MUHLAT

02.11.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3140 marta

DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst – Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati) har yili Germaniyaning OTMlarida magistratura uchun stipendiya dasturlarini e’lon qilib boradi. Bu yil ham navbatdagi stipendiyalar e’lon qilmoqda. Har yili DAAD grantlarini yutib olish va Germaniyaning OTMlarida o’qish uchun dunyo bo’ylab minglab nomzodlar ariza topshiradilar. Ular orasidan eng kuchlilargina saralanib olinadi. Odatda, nomzodlar DAAD (magistratura) grantini yutib olishgacha bir nechta bosqichdan o’tishadi.

1-bosqich. Online (www.portal.daad.de ) orqali ariza to’ldiriladi va barcha kerakli xujjatlar tayyorlanib (2017-yil 2-noyabrgacha) Germaniya elchixonasiga topshiriladi.

2-bosqich. DAAD nomzodlarning arizalarini ko’rib chiqadi va xujjatlari to’liq bo’lmagan, o’z darajasini yetarlicha motivatsiya qilolmagan yoki kerakli til bilish darajasini ko’rsatolmagan nomzodlarga dekabr oyi oxiriga qadar rad javoblari beriladi. Qolgan (ma’qul ko’rilgan) nomzodlar keyingi bosqich – SUHBATga o’tkaziladi.

3-bosqich. (yanvar-fevral oylari) SUHBAT – bu bosqichda nomzodlar o’zlari topshirgan mutaxassisligi bo’yicha suhbatdan (aniqrog’i, “elakdan”) o’tkaziladi. Bu jarayonga albatta topshirgan sohangiz bo’yicha juda yaxshi tayyorgarlik ko’rishingiz kerak. Aks holda, barcha harakatlaringiz va intilishlaringiz puchga chiqib, “yiqilib” ketishingiz mumkin.

4-bosqich. Ana shundan so’ng, ma’qul topilgan nomzodlar tanlanib olinadi va ularga mart-aprel oylarida DAAD granti yutganligi to’g’risida taklifnoma (Stipendienurkunde) keladi. Shundan so’ng grant sohibi o’ziga mos keladigan universitet qidirib topadi va o’z xujjatlarini jo’natadi (odatda, 15-iyulgacha). Eng oxirida, grant sohibi o’qish bo’yicha VISA oladi va o’qishini boshlash uchun sentabr-oktabr oylarida Germaniyaga jo’nab ketadi.

Ariza berish shartlari:

  • Oldin bitirganlar va eng kamida oxirgi kurs bitiruvchilari ariza berishlari mumkin, agar bitiruvchi o’qish boshlanishidan oldin diplomini taqdim qila olsa;
  • Ariza berish vaqtida ariza beruvchi bitirganiga 6 yildan oshmagan bo’lishi;
  • Ariza berish vaqtida ariza beruvchi 15 oydan ortiq bo’lmasligi kerak;
  • Arizachilar (Germaniya universitetidan) rasman rozilik xatini olishlari va bu stipendiya dasturi boshlanishiga (DAADga) taqdim qilinishi kerak. Agar mezbon universitet sizga o’qishingiz uchun rozilik bersa, shundan so’ng sizga DAAD stipendiyasi taqdim etiladi;
  • Kechikkan yoki to’liq bo’lmagan arizalar ko’rib chiqilmaydi.

Til bilish darajasi:

  • Ingliz tili talab etiladigan yo’nalishlar uchun: ariza berish vaqtida (kamida) TOEFL 550. Agar arizachida til bilish sertifikati bo’lmasa va uning arizasi saralanib olingan bo’lsa, u yanvar-fevral oyida bo’lib o’tadigan suhbat(Intervyu)gacha sertifikat olishi kerak;
  • Nemis tili talab etiladigan yo’nalishlar uchun: alo darajadagi nemis tili bilish darajasi (ariza berish vaqtida kamida B1);
  • Germanistika uchun onDaF C1, TestDaF TDN5 yoki DSH.

Esda tuting:

  • Germaniya universitetlarning ariza topshirish muhlatlariga e’tibor bering (DAAD stipendiyalari dasturi doirasigi o’qishlar odatda qishki semestrda boshlanadi);
  • Tanlangan yo’nalishlarda ariza topshirish uchuhn qo’shimcha talablar ham qo’yilishi mumkin (masalan, yuqori TOEFL darajasi, qo’shimcha sertifikatlar (GRE, GMAT));
  • Arizachi xohishiga qarab 3tagacha yo’nalishni belgilashi (tanlashi) mumkin;
  • O’qish puli yiliga 1.000 € gacha bo’lishi kerak, aks holda arizachi to’lov pulini o’zi to’lashi kerak bo’ladi;
  • Tanlovdan o’tishda eng asosiy mezon-o’qishda olgan ball(baho)lari, Germaniyada oldindan rejalashtirayotgan o’qishi uchun ilmiy va ishonarli motivativatsiya;
  • DAAD Germaniyadan tashqari biror davlatda qisqa vaqt o’qishni ham tashkillashtiradi (maksimal 1 semestrgacha)
  • Sertifikatlar, diplom (attestat)lar va tasdiqlangan holdagi tarjimalar skaner qilinib, DAAD-Portalga yuklanishi kerak.

Qanday qilib mos keladigan universitetni topaman?

Grant kimlar uchun?

BARCHA (DIQQAT! SAN’AT VA ARXITEKTURA QURILISHI SOHASIDAGI ARIZA BERUVCHILAR UCHUN DAAD TOMONIDAN MAXSUS STIPENDIYA DASTURLARI TAQDIM ETILADI)

Batafsil ma'lumot uchun link

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!