Ta’lim puli (tuition fee) butunlay tekin bo’lgan Berea kolleji Ta’lim puli (tuition fee) butunlay tekin bo’lgan Berea kolleji
Qayerda: AQSh, Kentukky shtati Kimlar qabul qilinadi: Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar Ariza topshirish sanasi: Har yili kuz oyi o’rtalarida boshlanib, oxirlarida tugaydi Umumiy ma’lumot:... Ta’lim puli (tuition fee) butunlay tekin bo’lgan Berea kolleji

Qayerda: AQSh, Kentukky shtati

Kimlar qabul qilinadi: Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar

Ariza topshirish sanasi: Har yili kuz oyi o’rtalarida boshlanib, oxirlarida tugaydi

Umumiy ma’lumot:

AQSh ning Kentukky shtatida joylashgan Berea kolleji bakalavrga qabul qilingan talabalarni 100% grant asosida o’qitadi. Ya’ni talaba ta’lim puli (tuition fee) to’lamaydi.

Kollejda san’at va fan sohasida ko’plab yo’nalish (fakultet) mavjud bo’lib, kandidatlar ushbu fakultetlar orasidan o’ziga mosini tanlab, hujjatlarini topshirishi mumkin.

Hozirda, ushbu kollejda AQShlik talabalar bilan bir qatorda, dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan kelgan yoshlar ta’lim oladilar.

Xorijiy talabalarga nechta kvota ajratilgan: Berea kolleji har yili kamida 25 ta xorijiy talabani o’qishga qabul qiladi.

Qabul qilisnish shartlari:

  1. Ingliz tilini bilish darajasi. Kanditat ingliz tilini yaxshi tushuna olishi va o’z fikrini ingliz tilida bayon eta olishi lozim. Kandidat TOEFL (eng kami 520) yoki IELTS (6.0) sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
  2. Kandidat bakalavr yoki unga muqobil darajani olmagan bo’lishi lozim.
  3. Kandidatning iqtisodiy holati. Ta’lim puli qimmatroq bo’lgan ta’lim muassasalarida o’qishga iqtisodiy qurbi yetmaydigan kandidatlar ushbu kollejga qabul qilinadi. Kandidat hujjat topshirishidan oldin o’zining iqtisodiy holati qabul qilinish kriteriyasiga qanchalik mos kelishini bilish uchun onlayn hisoblagichda test topshirib ko’rishi mumkin. Biroq ushbu hisoblagich chiqargan natija nisbiy bo’lib, kandidat kollejning qabul komissiyasi tomonidan ma’qul deb topilgan taqdirda, kollejga qabul qilinadi.
  4. Kandidat oila qurmagan bo’lishi, shuningdek, kandidatning qaramog’ida hech kim bo’lmasligi kerak.
  5. O’rta maxsus ta’lim muassasasida fanlardan va yakuniy imtihonlardan olingan baholari iloji boricha yuqori bo’lishi kerak.

Iqtisodiy ta’minoti:

  1. Kollejga qabul qilingan xorijiy talabaning ta’lim puli butun o’qish muddati davomida 100% qoplab beriladi.
  2. Xorijiy talaba birinchi yili tekin turar joy va oziq-ovqat xarajatlari bilan ham ta’minlanadi. Biroq ikkinchi yildan boshlab bu ta’minotdan ba’zilari (oziq-ovqat xarajatlari) to’xtatiladi va shu sababli, talaba keying yillarda o’z xarajati uchun yiligi o’rtacha 1000 AQSh dollari sarflashiga to’g’ri kelishi mumkin.
  3. Xorijiy talabalar, albatta, haq to’lanadigan ish bilan ta’minlanadi. Ishlarni tashkillashtirish bilan kollej ma’muriyati shug’ullanadi. Shuni ta’kidlash joizki, har bir talaba haftasiga kamida 10 soat kollej tomonidan tashkillashtirilgan ishlarda ishlashi lozim. Odatda talabalar haftasiga 15-20 soatdan ishlashadi va bir akademik yilda o’rtacha 2000 AQSh dollari ishlab topadi. Yozgi ta’til davomida ham talaba kollejda qolishi va ishlashi mumkin. Yozgi ta’tilda talabalar haftasiga 40 soatgacha ishlay oladilar.

Topshiriladigan hujjatlar ro’yxati:

  1. Berea kollejiga qabul qilinish va grantni qo’lga kiritish haqidagi xalqaro ariza.
  2. Shaxsiy insho va insho muqovasi (imzolangan holda).
  3. IELTS, TOEFL, SAT yoki ACT sertifikatlaridan birining nusxasi.
  4. O’rta ta’lim muassasasida fanlardan olingan baholar ro’yxati. Bunda barcha falarning va yakuniy imtihonlarning baholari ko’rsatilishi kerak (Ingliz tilida).
  5. Iqtisodiy holati haqida kandidatning shaxsiy izohi.
  6. Berea kollejining Xalqaro iqtisodiy ahvol so’rovnomasi (to’ldirilgan va imzolangan holda). Ushbu so’rovnomani MANA BU YERDA to’ldirishning mumkin.
  7. Iqtisodiy ahvol jihatidan tavsiyanoma. Bu hujjat kandidat ta’lim muassasasining boshqaruvchisi, ish beruvchi yoki shu kabi kandidatning iqtisodiy ahvoli bilan tanish bo’lgan shaxs tomonidan yoziladi.
  8. Kandidatning kollejga qabul qilinishi haqida ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalar ingliz tilida yozilgan, har biri muallif tomonidan imzolangan va alohida-alohida konvertga solingan bo’lishi lozim.

Yuqorida sanab o’tilgan hujjatlarning barchasi konvertga joylanib, Berea kollejiga yuborilishi lozim. Hujjatlar hujjat topshirish muddati tugamasidan oldin kollejga yetib kelishi kerak. Kechikkan hujjatlar qabul qilinmaydi.

Qabul natijalari keying yilning mart oyida e’lon qilinadi.

Kollejga qabul qilingan talaba 50 AQSh dollari miqdoriga ro’yxatga olish puli to’laydi. Shuningdek, o’zining hisobida saqlanadigan 2200 AQSh dollari miqdorida to’lovni ham amalga oshiradi. Ushbu to’lov 4 yillik o’qish davrida turli zaruriy holatlarda (kasal bo’lib qolsa va hk) talabaning o’ziga ishlatish uchun kollej depozitida saqlanadi.

Batafsil SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Grantlar telegram kanaliga qo’shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo’lib, xabardor bo’ling!

No comments so far.

Be first to leave comment below.