×

Finlandiya: Tampere universitetining to’liq va qisman qoplanadigan grant dasturlari.


Grant

MUHLAT

17.01.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Finlandiya

O'QILGAN

1894 marta

Finlandiyaning Tampere universiteti xorijiy talabalar uchun to’liq va qisman qoplanadigan grantlarni taqdim etadi. Ushbu dasturning maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

MAGISTRLIK BOSQICHIDA O'QISHNI XOHLOVCHILAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur 2 xil moddiy imkoniyat taqdim etadi:

1) ikki yillik magistrlik kontrakt puli to’liq qoplab beriladi;

2) ikki yillik magistrlik kontrakt puli 50 foizi qoplab beriladi.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lmagan davlat fuqarosi bo'lishi lozim.

Talablar:

  • Nomzod Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lmagan davlat fuqarosi bo’lishi lozim.
  • Bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi lozim.
  • Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi lozim. Ular quyidagilar bo’lishi mumkin:
    1. TOEFL, Test of English as a Foreign Language; 90/Internet-based, 575/paper-based Note: scores from “TOEFL ITP/institutional testing programme” are not accepted.
    2. IELTS (Academic), International English Language Testing System; 6.5 with no individual score below 5.5.
    3. PTE (Academic), Pearson’s Test of Academic English; 62.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Kerakli bo’lgan hujjatlar magistrlik yo’nalishiga qarab farq qilishi mumkin. Shu sababli nomzodning o’zi universitet saytining magistratura bo’limiga kirib, kerakli sohani tanlab, uning talablari bilan tanishib chiqishi lozim. Magistratura bo’limi SHU YERDA

Har bir ariza CV va motivatsiya xatini o’z ichiga olgan. Kerakli hujjatlar bilan SHU YERDA  batafsil tanishing.

Eslatma: Ushbu grant dasturi magistratura bo’limidagi yo’nalishlarning dastlabki 13 tasi uchun amal qiladi.

O’qish sohasi: Nomzod universitetda mavjud bo’lgan istalgan magistrlik sohalaridan birini tanlashi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!