×

Germaniya: Huquqshunoslar uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

01.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2023 marta

Germaniyaning The Hertie School of Governance oliy ta’lim muassasasi bakalavr bosqichini bitirgan huquqshunoslarga Master of International Affairs va Master of Public Policy yo’nalishi bo’yicha magistrlik boshqichida o’qish uchun grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dasturning maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.

Grant berilishi rejalashtirilgan talabalar soni: 2 ta.

Grant kimlar uchun?

MAGISTRLIK BOSQICHIDA O'QISHNI XOHLOVCHI HUQUQSHUNOSLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturni qo’lga kiritgan talabalarga 32 ming 500 yevro miqdoridagi kontrakt pulli to’liq to’lab beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. Ariza topshirish portalida  akkaunt yarating va so’ralgan ma’lumotlarni birma-bir kiritib, onlayn arizani to’ldiring.
  2. CV ni yuklang. CV da ta’lim olgan muassasalaringiz, ish tajribangiz, volontyorlik tajribangiz va shu kabilar ko’rsatilishi kerka. CV ga rasm joylashtirmang.
  3. Motivatsiya xati – 500-900 so’z bo’lishi kerak. Bu ham online yuklanadi.
  4. Bakalavrdagi baholar yuklanishi kerak. Agar baholar ingliz tilida bo’lmasa, ingliz tiliga tarjima qilinib, notariusdan tasdiqlanib, yuklanishi kerak.
  5. Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat yuklanishi kerak (IELTS).

Batafsil SHU YERDA

Grant e'lon qilgan tashkilot:

The Hertie School of Governance

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!