×

Iqtisodiyot va moliya bo’yicha Norvegiyada doktorantura o’qish imkoniyati


Grant

MUHLAT

31.08.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Norvegiya

O'QILGAN

2228 marta

Norvegiyaning Agder universiteti biznes va huquq fakultetidagi Iqtisodiyot va Moliya bo’limi ilmiy tadqiqot uchun  doktorantura dasturiga arizalarni qabul qiladi. Doktorantura 3 yil davom etadi. Nomzodning akademik va boshqa yutuqlariga qarab, ba’zan ularga 4 yillik dastur taklif qilinadi hamda Biznes va huquq fakultetida 25 foiz ishlash imkoniyati ham berilishi mumkin. Universitet Norvegiyaning Kristiansand shahrida joylashgan.

Doktorantura quyidagi  yo’nalishlardan birida olib boriladi:

  • Moliyaviy buxgalteriya;
  • Yuqori mikroekonomika;
  • Moliya.

Nomzodlarning ilmiy tadqiqot mavzulari Biznes va huquq fakultetidagi professorlar ilmiy qiziqishlariga mos bo’lishi lozim. Arizachilar arizalarida o’zlarining ilmiy tadqiqot mavzulari fakultetdagi biror professorning mavzusiga mos kelishini aytib o’tishlari lozim.

Grant kimlar uchun?

MAGISTRATURANI TAMOMLAGANLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Doktorantura talabalariga ilmiy tadqiqot uchun yiliga 47,757 yevro miqdorida maosh beriladi.

Talablar:

Kim uchun:

Arizachilar magistratura diplomiga ega bo’lishi va iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya yoki shunga o’xshash biznes sohasida magistratura ilmiy ishini yozgan bo’lishi lozim.

Mazkur dastur xalqaro talabalar uchun ochiq.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Arizachilar ariza va rezyumeni onlayn SHU YERDA ro’yxatdan o’tib, topshirishlari lozim. Quyidagi hujjatlar ham onlayn arizaga yuklanishi lozim:

  • Dasturda qatnashishdan maqsadlari ifodalangan qisqa insho. Unda kutilayotgan ilmiy ish rahbari kim bo’lishi, o’qituvchilik yoki akademiyadagi tajribasi hamda Skandinaviya tillarini qanchalik bilishi haqida ma’lumot berishi lozim (Bu tillarni bilish shart emas);
  • Diplom va baholar varaqasining tarjimasi hamda tavsiyanomalar;
  • Magistraturada yozilgan tezisning 1-2 betlik qisqacha bayoni;
  • Xalqaro jurnallar chop etilgan 3 tagacha bo’lgan ilmiy maqolalarining nuxsasi;
  • Ilmiy tadqiqot loyihasining tavsifi.

Mazkur hujjatlar asosida arizachilar ko’rib chiqilib, ro’yxati qisqartirilgan arizachilardan GMAT, TOEFL kabi test natijalarini ham topshirish so’raladi.

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 31-avgust

Ariza topshirishdan oldin mazkur dasturga qiziqqanlar doktorantura dasturi direktori Roy Merslandga roy.mersland@uia.no emaili orqali bog’lanishlari va ilmiy ishlari mavzusini maslahatlashishlari qattiq tavsiya qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!