×

Kembrij universitetida magistratura va doktorantura uchun Geyts granti!


Grant

MUHLAT

02.12.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1815 marta

Geyts Kambrij granti xalqaro talabalar uchun taklif qilinadigan eng yaxshi grant dasturlaridan biri hisoblanadi.  Mazkur grant dasturi xalqaro talabalarga Kembrij universitetida magistratura yoki doktorantura darajasida o’qish uchun beriladi. Dasturga har yili 95 ta xalqaro talaba qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

BARCHA YO'NALISHLARDA MAGISTRATURA YOKI DOKTORANTURA UCHUN O’QIMOQCHI BO’LGAN CHET ELLIKLAR

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • O’qish xarajatlari;
  • Oylik stipendiya;
  • Safar xarajatlari;
  • Viza va unga bog’liq xarajatlar dastur tomonidan qoplanadi.

Bundan tashqari, talabalar quyidagi moliyaviy yordam turlarini olish uchun ham ariza to’ldirishlari mumkin:

  • Konferensiya va kurslarda ishtirok etish uchun moliyaviy yordam;
  • Oilasini qo’llab-quvvatlash uchun moliyaviy yordam;
  • Ilmiy izlanish bilan bog’liq safarlar uchun;
  • Onalik yoki otalik uchun yordam.

Talablar:

Nomzod:

  • Chet ellik;
  • Magistratura uchun baklavr va doktorantura uchun magistrtura darajasiga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Arizachi Kembrij universitetiga o’zi tanlab olgan yo’nalish bo’yicha ariza topshirayotganda mazkur grantga ham ariza topshirishi lozim.

Arizachilar SHU YERDA anketa to’ldirib, unga quyidagilar qo’shib topshirilishi kerak:

  • Grant arizasi;
  • Diplomning baholar varaqasi;
  • 2 ta akademik tavsiyanoma;
  • 1 ta shaxsiy (pesonal) tavsiyanoma;
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi test natijasi (Yo’nalishlar bo’yicha talablar farqli bo’lishi mumkin);
  • Ilmiy tadqiqot taklifi (Agar tanlagan yo’nalishida talab qilinsa);
  • GRE/GMAT testi natijalari (Agar tanlagan yo’nalishida talab qilinsa).

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!