Kluge stipendiyasi Kluge stipendiyasi
Qayerda: AQSh Kim uchun: Doktor (Ph.D) lar yoki boshqa muqobil darajadagi tadqiqotchilar uchun Hujjat topshirish muddati: 2017-yilning 6-dekabrigacha Umumiy mazmuni: Kongress Kutubxonasining John W. Kluge... Kluge stipendiyasi

Qayerda: AQSh

Kim uchun: Doktor (Ph.D) lar yoki boshqa muqobil darajadagi tadqiqotchilar uchun

Hujjat topshirish muddati: 2017-yilning 6-dekabrigacha

Umumiy mazmuni:

Kongress Kutubxonasining John W. Kluge markazi Kutubxona resurslaridan foydalanib digital (raqamli texnologiyadagi) inqilobning jamiyat, madananiyat va xalqaro aloqalarga ta’sirini o’rganish maqsadida Digital tadqiqotlar yuzasidan Kluge stipendiyasini e’lon qiladi.

Kutubxonaning John W. Kluge markazi butunjahon olimlarini digital inqilob odamlarning fikr yuritish tarzi, jamiyatning ishlash tarziga va xalqaro munosabatlarga qanday ta’sir ko’rsatishini chuqur va har tomonlama anglab yetish yo’lida olib boriladigan tadqiqot takliflarini taqdim etishga chaqiradi.

Tadqiqot davomiyligi va iqtisodiy ta’minoti:

  • Tadqiqot 11 oygacha davom etishi mumkin. Tadqiqot olib borish joyi va turar joyning cheklanganligi sababli tadqiqot muddati kandidat so’ragan muddatdan kamroq qilib belgilanishi mumkin.
  • Tadqiqotchi Kongress Kutubxonasi tomonidan to’lanadigan 4200 AQSh dollari miqdoridagi oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.

Dunyoning har qanday mamlakatidan barcha sohalardagi tadqiqotchilar va olimlar ushbu dasturda qatnashishi mumkin. Ph.D (doktorlik) yoki unga muqobil yoxud undan yuqori darajaga ega kandidatlarga ko’proq e’tibor qaratiladi.

Qabul qilinadigan stipendiantlar soni: 3 ta.

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  • Ingliz tilida to’ldirilgan ariza.
  • Tarjimai hol (CV). Ko’pi bilan 2 bet.
  • Taklif etilayotgan tadqiqotning to’liq proyekti. Proyekt 1) doktorlik dissertatsiyasidan bir paragraf; 2) taklif etilayotgan tadqiqot haqida qisqacha izoh (maksimum 3 bet); 3) nega aynan Kongress Kutubxonasi ushbu tadqiqotni olib borish uchun eng mos yer deb bilishingiz haqidagi izoh; 4) dissertatsiya uchun va tadqiqot taklifini ishlab chiqish uchun foydalanilgan ilmiy ishlar ro’yxatini o’z ichiga olishi kerak.
  • Taklif etilayotgan tadqiqotning tugallangan proyektini o’qib chiqqan 3 nafar olim (kishi) ning tavsiyanomalari.

Hujjatlar Kluge markazining onlayn ariza topshirish tizimi orqali 2017-yilning 6-dekabriga qadar topshirilishi lozim.

Stipendiya g’oliblari 2018-yilning yoz oylarida e’lon qilinadi.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Kongress Kutuxonasining John W. Kluge markaziKongress Kutubxonasining John W. Kluge markazi

Grantlar telegram kanaliga qo’shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo’lib, xabardor bo’ling!

 

 

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.