Koreys tili bo‘yicha 54-xalqaro TOPIK imtihoni Koreys tili bo‘yicha 54-xalqaro TOPIK imtihoni
Qayerda: O‘zbekiston Kim uchun: Barcha O‘zbekiston fuqarolari uchun Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2017-yilning 7-iyulidan 2017-yilning 27-iyuligacha Umumiy mazmun: Koreya Respublikasining Toshkentdagi Ta’lim markazi 2017-yil 22-oktabr... Koreys tili bo‘yicha 54-xalqaro TOPIK imtihoni

Qayerda: O‘zbekiston

Kim uchun: Barcha O‘zbekiston fuqarolari uchun

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2017-yilning 7-iyulidan 2017-yilning 27-iyuligacha

Umumiy mazmun:

Koreya Respublikasining Toshkentdagi Ta’lim markazi 2017-yil 22-oktabr kuni koreys tili bo‘yicha 54-xalqaro TOPIK imtihoni o‘tkazishini e’lon qildi. Mazkur test sinovlari barcha xohlovchilar uchun koreys tili bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida tashkil etiladi. Test sinovlari natijalari Koreya Respublikasida ta’lim olish uchun grantlarga hujjat topshirish imkoniyatini beradi.

Imtihon darajasi va o‘tkazish vaqti:

TOPIK I 9:40~11:20 (100 min), 1, 2-daraja – Eshitish, tushunish, xulosa chiqarish va maishiy suhbatda murakkab bo‘lmagan iboralarni tushunish qobiliyati.

TOPIK II 12:50~14:40 1-tur (110 min), 15:10~16:20 2-tur (70 min), 3, 4, 5, 6- daraja – Tushunish hamda iqtisodiy, ijtimoiy leksikadan foydalangan holda xulosalar chiqarish qobiliyati. Taqriz, qo‘llanma, ma’lumotnomalar, gazeta maqolalarini o‘qish, tushunish va yozish qobiliyati.

Hujjatlarni topshirish muddatlari, joylari va hududlari:

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish muddatlari: Toshkent – 2017-yil 7-iyuldan 17-iyulgacha. TOPIK I 850 kishi, TOPIK II850 kishi. Imtihon raqamini olish muddatlari: Koreya Respublikasi Ta’lim markazida 26-iyuldan 4-avgustgacha soat 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 12:00 dan 13:30 gacha).

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish muddatlari: Samarqand – 2017-yil 7-iyuldan 17-iyulgacha. TOPIK I 180 kishi, TOPIK II 180 kishi. Imtihon raqamini olish muddatlari: Samarqand chet tillar institutida 26-iyuldan 4-avgustgacha soat 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 12:00 dan 13:30 gacha).

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish muddatlari: Urganch – 2017-yil 7-iyuldan 17-iyulgacha. TOPIK I 130 kishi, TOPIK II 130 kishi. Imtihon raqamini olish muddatlari: Urganch davlat universitetida 19-iyuldan 25-iyulgacha 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 12:00 dan 13:30 gacha).

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish muddatlari: Farg‘ona – 2017-yil 7-iyuldan 17-iyulgacha. TOPIK I 330 kishi, TOPIK II 330 kishi. Imtihon raqamini olish muddatlari: Farg‘ona davlat universitetida 19-iyuldan 25-iyulgacha 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 12:00 dan 13:30 gacha).

Imtihon raqamini olish joyi – Koreya Respublikasi huzuridagi Ta’lim markazi, Toshkent.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng to‘lovni amalga oshirish va imtihon raqamini olish shart.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tmasdan turib imtihon raqamini olib bo‘lmaydi.

O‘rinlar soni cheklangan, eng ko‘p talabgor to‘planishi bilan hattoki 17-iyul kelmagan bo‘lsa ham onlayn ro‘yxatga olish to‘xtatiladi.

TOPIK uchun ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha qo‘llanma:

1. Koreya Respublikasi Ta’lim markazi saytiga (http://tashkec.uz/) kirish va “Registratsiya na TOPIK” bo‘limini tanlash.

2. Barcha bandlarni pasport ma’lumotlari bo‘yicha to‘ldirib chiqish.

“Izobrajeniye” bo‘limiga rasmni yuklash va saqlash tugmasini bosish (foto hajmi – 3×4 sm, so‘nggi uch oyda tushirilgan bo‘lishi kerak)

3. Ma’lumotlar saqlanganidan so‘ng ekranda to‘ldirilgan anketa va kvitansiya paydo bo‘ladi. Ularni tekshirib ko‘rib, chop etish kerak. Xato aniqlangan taqdirda “Redaktirovat” tugmasini bosib, tahrirlash lozim.

4. Imtihon raqamini o‘z vaqtida olish uchun mazkur anketa, kvitansiya va pasport kserokopiya nusxasini Koreya Respublikasining Toshkentdagi Ta’lim markaziga taqdim etish lozim. Bu yerda mas’ul shaxs individual imtihon raqamini taqdim etadi.

Imtihon pulli asosda o‘tkaziladi.

Diqqat!!! 6-darajani olgan O‘zbekiston fuqarolariga stipendiya berish rejalashtirilmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni (+99871) 291-81-83(82) (ichki raqam:119) raqami orqali olish mumkin.

Koreya Respublikasining Toshkentdagi Ta’lim markazi rasmiy sayti: http://tashkec.uz/

Manba: Arirang.uz

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.