Magistratura va doktoranturada o’qish uchun Koreya davlati grantlari

251
1 880 marta o'qildi

Qayerda: Janubiy Koreya

Ariza topshirish muhlati: Koreya Elchixonasiga bo’glaning

Kim uchun: Xalqaro talabalar

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Umumiy ma’lumot:

Koreya Respublikasi  xalqaro talabalarni Koreya universitetlarida o’qishga taklif qiladi. Grantlar magistratura va doktorantura uchun beriladi. O’qish ham ingliz tilida, ham koreys tilida taklif qilinadi. Qaysi tilda o’qishni o’zingiz tanlashingiz mumkin. Koreys tilini yaxshi bilsangiz, koreys tilida o’qishingiz mumkin.

Kim uchun:

Grant uchun da’vogarlar quyidagi shartlarga javob berishi kerak:

  • Arizachilar sog’lom hamda ruhiy kasalliklardan xoli bo’lishi;
  • 2017-yil 1-sentabrga qadar 40 yoshdan oshmagan bo’lishi;
  • 2017-yilning 31-avgustiga qadar bakalavr yoki magistrlik diplomiga ega bo’lishi;
  • 4 balli GPA baholash shkalasi bo’yicha kamida 2.64 ball, 4.3 balli shkala bo’yicha esa 2.80 va 4.5 ballik shkala bo’yicha esa 2.91 ballga ega bo’lishi yoxud jami baholari 80%dan yuqori bo’lishi lozim. Agar baholarni foizga ko’chirish qiyin bo’lsa, mazkur universitetdan bu haqda ma’lumotnoma taqdim qilinishi kerak.

Grant miqdori:

Dastur o’qish bilan bog’liq barcha xarajatlarni to’liq qoplaydi. Jumladan:

  • Ishtirokchi davlatidan Koreyaga samolyot xarajatlari;
  • Oyiga 900 ming Koreya voni miqdorida stipendiya;
  • Gumanitar fanlarda ilmiy ish qilayotganlarga tadqiqot uchun har semestr qo’shimcha 210 ming von, tabiiy fanlar hamda mexanika fanlari uchun esa har semestr 240 ming von moddiy yordam;
  • Ko’chib kelish va joylashish uchun dastur boshlanishida beriladigan 200 ming von moddiy yordam;
  • Tekin koreys tili kurslari – bir yil uchun;
  • O’qish xarajatlari;
  • Dissertatsiyani chop qilish xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta;

Ariza topshirish tartibi:

Arizalar 2017-yilning martigacha Koreya elchixonasiga topshirilishi kerak. Aniq ma’lumot uchun Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi elchixonasiga bog’laning.

Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi manzili:

Toshkent shahri Afrosiyob ko’chasi, 7-uy

Tel.: 998-71-252-3151~3

Fax: 998-71-140-0248 / 998-71-252-7173

Email : uzkoremb@mofa.go.kr

 

Arizachilarni saralash jarayoni uch bosqichdan iborat bo’ladi:

  1. Arizachilar elchixona tomonidan tanlab olinadi;
  2. Birinchi bosqichdan o’tgan arizachilar Koreya Davlati Grant Dasturi Saralash Komissiyasi tomonidan saralab olinadi;
  3. Ikkinchi bosqichdan o’tgan arizachilarni qabul qiladigan universitetlar tanlab oladi.

Ariza to’ldirish bo’yicha yo’l-yo’riqlar SHU YERDA.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA va SHU YERDA

251 Izohlar

  1. ushbu grand loyihasi boyicha ariza topshirmoqchiman, biroq bir savolim bor. IELTS bolishi shartmi?

  2. Olim,

    Bu haqda grant shartlarida aniq aytilmagan, lekin anketada TOEFL yoki IELTS ballarini kiritish so’ralgan. Bu haqda aniq ma’lumotni Koreya elchixonasiga bog’lanib olishingizni maslahat beramiz.

  3. Grantlarga xujjat topshirish masalasida. Umuman olganda biror grant yoki stipendiyaga xujjat asl nusxasi bulishi shartmi? Men bakalavrda byudjetda uqidim xozir diplom asl nusxasi institutda. Diplom 3 yildan keyin olaman 3 yilda esa uje 30 dan oshaman.

  4. Hujjat topshirishda, odatda, tarjima qilingan va notarius tasdig’idan o’tgan nusxalari so’raladi. Qabul qilinganingizda, asl nusxasini ko’rsatishingizni so’rashlari mumkin.

  5. GPA baholash tizimlaridan biri bo’lib, unda eng yuqori ball 4 ga teng. Masalan, A, B, C, D baholash tizimidagi A GPAdagi 4 ga to’g’ri keladi.

  6. Талабаларга жуда катта ердам. Шу биланб бирга бакалаврларга хам грантларни чоп этиб боринг.Менинг фикримча бакалаврликка эхтиеж нисбатан куп.Чарчаманглар.Савобли иш. Хизматингиз бир кун келиб юртимиз равнакига чексиз манфаат келтиради. Канийди бундай имкониятлар 20 йил олдин булганида эди….

  7. Salom, kechirasiz bir savolim bor edi. Shartlarning birida «4 balli GPA baholash shkalasi bo’yicha kamida 2.64 ball, 4.3 balli shkala bo’yicha esa 2.80 va 4.5 ballik shkala bo’yicha esa 2.91 ballga ega bo’lishi yoxud jami baholari 80%dan yuqori bo’lishi lozim» deyilgan ekan. Baholarning hammasi a’lo bo’lishi shartmi? Bir-ikki ta uch va to’rtlik baholari bor talabalar ham ushbu grantda qatnasha oladilarmi?

  8. Student, baholarning hammasi a’lo bo’lishi shart emas. Bizning O’zbekistondagi baholarni GPA baholash shkalasiga o’girish bir muncha qiyin. Men O’zbekistonda o’qigan universitetda baholar kitobchasi- zachyotkamiz 100 ballik shkala bilan o’lchanardi. Masalan, bir kursni beshga yopish uchun kamida 96.6 ball olish kerak edi. Taxminan 74 balldan pasi 4 baho edi. Xuddi shu narsalar diplomning baholar kitobchasida ham barcha fanlarning jami sifatida yoziladi, ya’ni taxminan 96 foizdan oshsa imtiyozli diplom. 100 ballik yoki foizlik baholash va sizning so’nggi diplomdagi bahoingiz diplomning baholash kitobchasida ko’rsatilgan. Yuqoridagi dastur shartida «jami baholari 80% dan yuqori bo’lishi lozim» deyilgan. Demak, diplomdagi yakuniy bahoingiz 80%dan oshsa, dasturga ariza topshirishingiz mumkin.

  9. Ulug’bek,

    Yuqorida «Ariza to’ldirish bo’yicha yo’l-yo’riqlar» degan hujjatning 7-betida bu haqda yozilgan. Ya’ni, Koreya universitetlarida o’qiganlar mazkur dasturda ishtirok eta olmaydi. Ammo ba’zi bir istisno hollar mavjud, masalan almashinuv dasturidan borganlar (D-2 viza egalari). Boshqa mustasno hollar uchun mazkur hujjatni to’liq o’qib chiqishni tavsiya qilamiz.

  10. grantga ariza bergandan keyin universitetlarga ariza topshirish arizachini bo’ynidami yoki buni elchixonani o’zi bo’yniga oladimi?

  11. Hurmatli Adminstrator! Man magistraturada Koreada shu yil oqimoqchiman. Shuning uchun manga bu yilgi qabul muddatlari va talab qilinadigan xujjatlar haqida malumot beroalsizmi?

  12. Albatta, topshiring. Grant yutishda faqat diplomdagi baholarga qaralmaydi, boshqa muvaffaqiyatlaringiz va o’ziga xos jihatlaringiz ham inobatga olinadi.

  13. Hasanjon,

    Yuqoridagi maqola bilan yaxshi tanishib chiqdingizmi? Sizda aynan qanday savollar bor?

  14. salom men ham chet elda uqimoqchiman, malumotim oliy. lekin menda ingliz tilini bilishim haqida hech qanday hujjatim yuq. men ham grantlarda qatnasha olamanmi?

  15. Prince,

    Chet elda istalgan davlatda o’qish uchun chet tilini yaxshi bilishingizni isbotlovchi hujjat talab qilishadi. Ingliz tilidan, odatda, TOEFL yoki IELTS imtihonlarini topshirgan bo’lishingiz kerak. Agar ingliz tilini yaxshi bilsangiz, shu imtihonlardan birini topshirib hujjat olishingizni tavsiya qilamiz.

  16. Shaxnoza,

    Grant shartlariga ko’ra, hujjatlar Koreya elchixonasiga topshirilishi kerak.

  17. 4 balli sistemada doctorantura uchun 2.6 ball so’ralayotganligi juda xayratli. Kanadada PhD o’qish uchun 4 balli sistemada 3.3 – 3.7 ball talab qilinadi. Bu sifat/saviyaning pastligiga ishora emasmikan.

  18. Salom, avvalambor bunday imkoniyat yaratilganidan juda ham xursandman. Men ingliz tili yo’nalishida o’qiman, IELTS 3 yil oldin topshirganman, muddati tugab bo’lgan. baribir birorta ingliz tilini bilishimizni tasdiqlovchi hujjat shartmi?

  19. Guli,

    Hujjat topshirish shartlarida TOEFL yoki IELTS imtihonlarini topshirgan bo’lishi shart, degan joyini ko’rmadik, lekin anketda TOEFL yoki IELTS natijalarini ko’rsatish kerak bo’lgan joylar bor va ingliz yoki koreys tilini biladiganlarga tanlov payti afzallik berilishi ko’rsatilgan.
    Bu haqda elchixonaga bog’lanib aniq ma’lumot olishingiz mumkin. Bu narsa, grant dasturida qatnashayotgan universitetlarning talablariga ham bog’liq bo’ladi.

  20. Хурматли Mentor!
    укишни битиргандан сунг шу давлатда ишлаб колиш имконияти буладими ?

  21. Assalomu alaykum, hurmatli staff, men 2002 yil O’ZDJTU ning ingliz tili tarjimonlik fakultetini tamomlaganman (BA ), 97%, dasturda qatnashsam boladimi, 3 farzandim bor, grant yutib olsam, ularni ham olib ketish imkoni bormi? Javob uchun oldindan rahmat, doim sog’ bolinglar!

  22. Dilnoza,

    Albatta, topshirsangiz bo’ladi. Eplay olsangiz, farzandlaringizni ham olib ketishingiz mumkin. Ammo ular uchun qo’shimcha mablag’ berilmaydi.

  23. Hurmatli Mentor!
    Menga Ariza toshirish hususida va umumiy qabul kvotasi haqida to’liqroq ma’lumot bersangiz.Ya’ni Barcha shartlari meni qanoatlantiradi va ularga to’liq mos kelaman.Institutni o’zim tanlab topshirish uchun ham Elchixonaga apply qilishim kerakmi yoki to’g’ridan to’gri universitetga hujjatlarni jo’natsam bo’ladimi? Oldindan rahmat!

  24. Otabek,

    Hujjatlar Koreya elchixonasiga topshirilishi kerak. Hujjat topshirish tartibi haqida havolada berilgan manzildan to’liq ma’lumot olishingiz mumkin. Individual yordam kerak bo’lsa, http://www.grantlar.uz/xizmatlar sahifasi orqali bizga murojaat qiling.

  25. agar magistratura o’qishni yutib olsak qaysi universititetda o’qishni o’zimiz tanlaymizmi . yuqoridagilar faqat davlat universititetlari uchun amal qiladimi yoki xususiy universititetlar uchun hammi

  26. Og’iloy,

    RTo’yxatda berilgan universitetlardan uchtasini tanlashingiz kerak. Tepada ariza to’ldirish bo’yicha yo’l-yo’riqlar ko’rsatilgan dokument ilova qilingan. O’sha ma’lumotnomada batafsil ma’lumot bor bu haqda.

  27. (GPA baholash shkalasi bo’yicha kamida 2.64 ball, 4.3 balli shkala bo’yicha esa 2.80 va 4.5 ballik shkala bo’yicha esa 2.91 ballga ega bo’lishi yoxud jami baholari 80%dan yuqori bo’lishi lozim. Agar baholarni foizga ko’chirish qiyin bo’lsa, mazkur universitetdan bu haqda ma’lumotnoma taqdim qilinishi kerak) манашунга тушунмадим. Бу нима маънони беради?

  28. Dear Mentor!
    Salom, uzr men ham bir savol bilan murojat qilmoqchi edim. Hozirda magistratura 2 bosqichini tugallash arafasidaman. men ham qatnashishim mumkinmi. chunki baholarni ilovasi kursatilishi kk bo’lsa ? Iltimos aniqlik kiriting men qanday yul tutishim zarur. Javobingiz uchun oldindan raxmat.

  29. solom men avalambor minodorchiligimni bildirmoqchiman ushu sayt mualiflariga. Men bakalavrni (75) ball sistemada bitirdim hozirda 2 kurs magistrantiman hozir bu grantga topshirsam boladimi. Englis tilimni hozirda rivojlantiryapman IELTS hali topshirmadim

  30. Dilafruz,
    siz ham dasturda ishtirok etishingiz mumkin. Magistraturani hali tugatmagan bo’lsangiz, unda hozirgacha bo’lgan semestrlar uchun baholar kitobchasidan nusxa topshirishingiz kerak bo’ladi.

  31. Davron,
    bakalavr diplomingizdagi 75 balli sistema dastur nazarda tutgan 100 foizlik sistemadan farq qilishi mumkin. Shuning uchun dasturga hujjat topshirishni tavsiya qilamiz.

  32. Farrux Ahmedov,
    agar baholarni dastur nazarda tutgan sistemaga o’girishning iloji bo’lmasa yoki o’girishda muammo yoki tushunmovchiliklar kelib chiqadigan bo’lsa, siz o’qiyotgan universitet o’zlarining baholash tizimi haqida ma’lumot berishi so’raladi.

  33. Nega grant uchun elektron application skachat bovotiyu lekin ichida hichnima yoq,agar iloji bosa iltimos arizani pochtamga yuvorolismi?keyin manimch ielts wart bosa kere 6.5 baldan kam bomagan.

  34. Man hozi graduaterman ,soxam ingliz tili filologi,kengi yil topwirsam boladimi imkoniyat beriladimi?ielts topwirmagaman xali,oqimoqchiman.

  35. Sarvinoz,

    Keyingi yil makzur dasturga hujjat topshirsangiz bo’ladi. Bu dastur har yili arizalarni qabul qiladi.

  36. salom! Mani qiziqtirayotgan savolim shuki! 1 savolim. Man tavsiyanomani 2 yil oldin institutdan olganman. Shu tavsiyanoma bilan ishtirok etsam bo’ladimi.? Yoki koreyani o’zini tavsiyanomasini professorga olib borishim kerakmi?
    2 savolim. Ijtimoiy sohani tugatganman tabiy fanlar yoki kompyuter texnologiyalar sohasini tanlasam bo’ladimi? Bunda cheklovlar bo’miydimi?
    Javobingiz uchun oldindan rahmat!!

  37. Dante,

    1) Tavsiyanomani arizada berilgan formaga yozish kerak.
    2) Ijtimoiy fanlar va tabiiy yoki kompyuter texnologiyalari sohalari bir-biridan tubdan farq qiladi. Magisratura yoki doktoranturaga, asosan, ular ilmiy tadqiqot sohasi bo’lgani bois, bu sohalarda bakalavrlik darajasida yoki ish paytida yaxshi tajribaga ega bo’lmasangiz, topshira olmaysiz.

  38. Sarvinoz,

    Bizda anketa ochyapti. Saqlab olganingizda «Microsoft Word» formatida ochilishi kerak.

  39. Salom admin sog’liqlaringiz va albattda ishlaringiz yaxshimi? Doimo sog’bo’ling.Sizlarga quyidagi savolga aniqlik kiritib bersangiz, yurtimizda bakalavrni tamomlab,hozirda Koreya respublikasida ishlayotgan O’zbekiston fuqarosi ushbu grantlardan biriga topshirsa bo’ladimi va qanday shartlar asosida!!! Oldindan kattakon raxmat. Sizlarga OMAD!!!

  40. Bekzod,

    Agar Koreyada universitetda o’qiyotgan bo’lsangiz, u grantga topshira olmaysiz. Faqat ishlayotgan bo’lsangiz, universitet orqali topshirishingiz mumkin.

  41. Mentor, bu grantning anketalarini qayerdan yuklab olsak boladi? oldindan rahmat

  42. Orient90,

    Yuqorida anketa va topshirish tartibi yozilgan hujjat manziliga havola berilgan.

  43. salom hujjat topshirganda hujjatni elektron shakilda elchixonaga elektron manzilga yuboramizmi yoki pochta orqali qag’oz shakilda yuboramizmi iltimos aytib yuborsangiz

  44. Dawran,

    Pochta orqali yoki elchixonaga borib topshirish kerak. Yuborishdan oldin elchixonaga bog’lanib aniq so’rab olishingizni maslahat beramiz.

  45. Assalomualeykom hurmatli administrator. Sizga savolim bor edi. Man hozirda magistratura birinchi bosqich talabasiman. Ba’zi bir sabablarga kora ikkinchi kursda tatil olmoqchiman shu vaqt mobaynida Koreada magistraturani o’qishim mumkinmi? Va hujjatlarni taqdim qilishda 1 kurs natijalarimni ham taqdim qilishim kerakmi? Ielts sertifikatim 2012 yilda tugagan. Qayta sertifikat olishim kerakmi? Bakalavr bosqichdni qizil diplomga bitrganman. Javobingiz uchun oldindan rahmat

  46. Ulug’bek, va alaykum assalom.

    Magistraturaga topshirishda 1-kurs natijalarini ko’rsatmasangiz ham bo’ladi. «IELTS» muddati tugagan bo’lsa, qayta topshirishingiz kerak.

  47. GPA boholash qanaqa baholash. Man Toshkent Moliya institutini a’lo bahoga tugatganman. Qizil diplom. GPA baholash diplomimdagi baholar asosida baholanadimi yoki man noto’g’ri tushindimmi?

  48. Sirojiddin,

    Olgan baholaringizni GPAga o’tkazishingiz mumkin. Foizlarga qarab GPA shkalasiga o’zgartirish mumkin.

  49. salom aleykum, men bakalavr diplomiga egaman , 3 yillik staj ham bor, oilamni yani yurmush urtogimni oilb ketsam buladimi

  50. Shohruh,

    Olib ketsangiz bo’ladi, ammo, odatda, oila a’zolari uchun qo’shimcha stipendiya berilmaydi.

  51. Salom, bu imkoniyatdan kech xabar topganimdan afsusdaman, bu yerda oxirgi muhlat 31-mart belgilangan ekan, Savol: endilikda ham biron-bir shu va shunga o’xshash grantlar bormi? Agar bo’lsa aytsalaringiz yaxshi bo’lardi. Javob uchun oldimdan rahmat.

  52. Assalom alaykum. Men hozir bakalvrda 3- kursman. Magistraturaga kelgusi yil Koreyaga topshsam bo’ladimi, mutaxassisligim o’zbek tili va adabiyoti. Koreys tilini yaxshi bilsa ingliz tilini bilish shartmasmi. Keyin koreys tilini bilganlik haqida xujjat so’ralmaydimi? Javob uchun oldindan raxmat. Savol tug’ilib qolsa yana murojat qilaman.

  53. Chinora,

    Koreys tilida o’qimoqchi bo’lsangiz, albatta, shu tilni bilishingizni tasdiqlovchi hujjat ko’rsatishingiz kerak.

  54. Xujjatlar qabul qilingandan keyin imtihon bo’ladimi . Qaysi fanlardan qanday tartibda imtihon bo’ladi?

  55. Ham Topik imtihonidan ham IELTS imtihonidan yuqori ball olgan bo’lsangiz. Buni ikkalasini ham inobatga oladimi ?

  56. Chinora,

    Hujjat topshirishdan boshqa maxsus imtihon o’tkazilmaydi. Suhbat bo’lishi mumkin. Bu ham universitetda bog’liq.

  57. Koreys tilini bilganlik to’g’risida o’quv markaz sertifikati yetarli bo’ladimi?

  58. Chinora,

    Koreys tilini bilishni tasdiqlovchi qanday rasmiy imtihonlar borligidan xabarim yo’q. Har qanday o’quv markazining sertifikatini qabul qilishmasa kerak.

  59. Masalan keyingi yil ham qabul 31-martgacha bo’lsa, bakalavr diplomini hali olmagan bo’laman, biron ilojini qilish mumkinmi?

  60. Chinora,

    Bakalavr diplomini qo’lga kiritmagan bo’lsangiz ham, ammo muvaffaqiyatli tamomlab, daraja olgan bo’lsangiz, topshira olasiz. Diplom ilovasini bitirganingizni tasdiqlovchi hujjat sifatida topshirasiz.

    Yoki shu yili bitirayotganingizni ko’rsatib bera olishingiz kerak.

    Ilmiy maqolalaringizni rezyumega kiritishingiz mumkin. Albatta, foydasi bo’ladi.

  61. Farhod,

    Agar koreys tilida o’qimoqchi bo’lsangiz, bu imtihon inobatga olinishi mumkin. Lekin bizga bu haqda aniq ma’lumot yo’q.

  62. Assalomu aleykum.
    Koreyaning KOICA universiteti haqida tòliqroq ma’lumot bera olasizmi? Yoki ma’lumot qayerdan topishim mumkun?

  63. Salom. IELTS minimum Nechi ballni tashkil qilishi kerak. Yoki Universitetlariga qarab talab qilinadimi. Keyin faqat Ingliz tili sertifikati va bakalavr balini o’zi yetarli bo’ladimi o’qishga qabul qilinish uchun yoki yana qanaqadir imtihonlar o’tkazildimi ? Javobingiz uchun raxmat!

  64. Koreyadagi IT yo’nalishidagi universitetlar uchun ham amal qiladimi bu grant!

  65. Davron,

    IT bo’yicha ham topshirsangiz bo’ladi. Yo’nalishlarga cheklov qo’yilmagan. Ingliz tili testlari bo’yicha minimum ball aytilmagan. Talab universitetlarga qarab har xil bo’lishi mumkin. Hujjatlaringiz qabul qilingach, boshqa imtihon bo’lmaydi. Ayrim yo’nalishlar uchun maxsus imtihon yoki boshqa shartlar talab qilinishi mumkin. HUjjatlaringiz qabul qilingach, suhbat ham olinishi mumkin.

  66. Men keyingi yili 4kurs bolaman 31 martgacha diplom yoq boladi lekin siz diplom boliwi Kerak debsiz shy haqida aniqroq va batafsil ma’lumot bersangiz!

  67. Husanboy,

    Yozilganidek, hujjat topshiriladigan yili 31-avgustgacha bakalavr darajasiga ega bo’lishingiz kerak.

  68. Moddiy tomondan olib qaralganda Janubiy Koreyada o’qish arzonmi yoki AQSHda? Qaysi biri har tomonlama qulay?

  69. Rayxon,

    Janubiy Koreyada o’qish arzonroq tushishi mumkin. ALbatta, bu qayerda yashashingizga ham bog’liq. O’qish sifati bo’yicha AQSh afzalroq. Lekin bu ham qaysi universitetda o’qishingizga bog’liq. Qulaylik nisbiy tushuncha. Umumiy qilib aniq aytib bo’lmaydi. Har bir talabaning sharoiti va imkoniyatiga qarab har xil bo’lishi mumkin.

  70. Assalomu alaykum! Man hozirda O’zMU da 1 – kurs talabasiman. O’qishimni Koreya davlatida davom ettirishni xohlayman. Buning iloji bormi?

  71. asalomualeykum,menmedicina yunalishi buyicha magistraturaga kirmokchiman menda imkonbormi koreyada grant asosida ukish imkoniyatibormi

  72. Og’iloy,
    O’qishni ko’chirish (perevod) qiyin masala. Bu Janubiy Koreyada qanday amalga oshiriladi, bizda to’liq ma’lumot yo’q. AMmo G’arb universitetlarini olib qaraydidan bo’lsak, odatda, bu yerda o’qishni bitirish uchun necha yil o’qishga emas, necha kredit olishga e’tibor beriladi. Daraja olish uchun minimum kredit soatlarini olgan bo’lsangiz, o’qishni ertaroq tugatishingiz ham mumkin. O’qishni perevod qilishda, avvalgi o’qish joyida olgan kurslaringizni yangi o’qishda qabul qilishsa, siz kamroq kurs olib o’qishni ertaroq bitirishingiz mumkin bo’ladi.

  73. Nodira,

    Universitetlar sizning meditsina bo’yicha bakalavr darajangizni tan olsa va boshqa talablariga javob bersa, topshira olasiz. Bu dasturda yo’nalishlar bo’yicha aniq cheklov qo’yilmagan.

  74. Salom, man bakalavrni 79% balli sistemada bitirishim extimoli bor. Ushbu grand dasturida qatnasha olamanmi IELTS 6.0 balim bor.

  75. Grandda yutish ehtimoli qancha, agar IELTS va bakalavr diplomi yaxshi bo’lsa? Haqiqat bormi yoki soqqa qistiriladimi? ))

  76. Ikrom,

    IELTS va diplom baholaringiz yaxshi bo’lsa va taviyanoma hamda insholar yaxshi yozilgan, yutish imkoniyatingiz yuqori bo’ladi.

  77. Kores tilini bilishni tasdiqlovchi imtihonlar haqida yoki bergan sertifikati qabul qilinadigan o’quv markazlar haqida malumot bering iltimos

  78. Chinora,

    Toshkentda koreys tilini o’qitadigan yoki til sertifikatini beradigan markazlar haqida bilmaymiz.

  79. Assalom aleykum. Savolim bor edi. Korea davlatidagi magistratura grantlari 2015-2016 yil uchun yana qachon e’lon qilinadi.

  80. Salom men koreya davlatida uqiwga qiziqaman lekin bakalavrdgi baholarim faqat 4 men ham uqiwim mumkinmi

  81. Komil,

    IELTSsiz ham topshirishingiz mumkin. Bu grantga IELTS yoki TOEFL bo’lishi shart emas, lekin bo’lsa yaxshi. Lekin hujjatlaringiz qabul qilingandan keyin ayrim universitetlar IELTS topshirishingizni talab qilishi mumkin.

  82. Nigora,

    Kelasi yil uchun qabul 2016-yilning boshida e’lon qilinishi kerak.

  83. Afruza,

    Umumiy foiz yaxshi bo’lsa, zarari yo’q. Umuman, grant berishda faqat bahoga emas, balki yozgan inshoingizga, CVga, berilgan tavsiyanomalarga ham alohida e’tibor beriladi.

  84. Dilrabo,

    Dasturda qatnashayotgan universitetlar taqdim etuvchi barcha sohalar bor.

  85. salom Mentor men insitutga hali kirmagaman ma’lumotim o’rta lekin towkent shahridagi koreys tili o’quv markazida oqiman 1va2 kursni bitrganligim torsda sertfikatim bor men ham ushbu granda qatnashsam boladimi yoki kamida bakalavr tugatgan bolishi kerakmi? javob uchun oldindan raxmat!

  86. Xusniddin,

    Bakalavr darajasi uchun Koreya hukumatining shunga o’xshash boshqa dasturi bor. Unga topshirsangiz bo’ladi.

  87. Demak tushinishim boyicha menda bakalavr darajasi bolmasa ham granda qatnashsam boladi faqat magistratura emas bakalavr darajasiga topwirsam bo’ladi shundaymi

  88. Mentor raxmat agar wunday grandlardan topib bersangiz sizdan minador bolardim

  89. Салом грантда катнашиш еши чегараланганми неча ешгача катнашса булади?

  90. Salom, men universitetni o’rtacha 80 ball bilan tugatganman. Ushbu grantda qatnashsam qolgan raqobatchilar bilan kurasha olamanmi?

  91. Salom, Men bakalavrni o’rtacha 80 ball bilan bitirganman. Ushbu grantda qatnashsam raqabatchilar bilan kurasha olamanmi?

  92. Nodir,
    Faqat baholarga qaralmaydi. Albatta, ular muhim, lekin baholaringiz pastroq bo’lgani bilan, boshqa jihatlaringiz, masalan, yaxshi ish tajribangiz, ish yoki boshqa sohalarda erishgan muvaffaqiyatlaringiz, yaxshi IELTS natijangiz, yozgan insholaringiz – bularning hammasi grant yutishingizda hisobga olinadi.

  93. Nodir,

    Faqat baholarga qaralmaydi. Albatta, ular muhim, lekin baholaringiz pastroq bo’lgani bilan, boshqa jihatlaringiz, masalan, yaxshi ish tajribangiz, ish yoki boshqa sohalarda erishgan muvaffaqiyatlaringiz, yaxshi IELTS natijangiz, yozgan insholaringiz – bularning hammasi grant yutishingizda hisobga olinadi.

  94. Koreys tilini qancalik darajada biliw kerak (aynan necanci darajani bilishi kk kamida) hujjat topwirish uchun

  95. Savol
    1) Agarda grant yutilib uqiwga borib tugatilgandan keyin iwlab buladimi u yerda??
    2) Yangi qonun ciqibdi cet elda iwlasa UZB fuqaroligi yuqotilarmuw wu tugrimi? bu haqida tuliqroq ma’lumot berila iltimos

  96. Mentor
    Men institutni 2-kursni tamomladim. Koreys tilidan kurs olyabman. Ballimni hisoblasam (reytingda.(GPA ga tugri keladimi yumi bilmiman) ) 70.6% ciqdi, Institutni tugatgunimca 80% dan oshadimi. Agar owmay qolsa ili 80 dan ham past bulsa hujjat topwira olamanmi?

    Uqiwga hujjat topwiriw un Koreys tilini aynan qancalik darajada biliw kk (necanci darajani kamida)?

    Uqiwga kirgandan kn uqib ciqib uwa yerda ham iwlab buladimi? Agar iwlab bulsa yangi qonun bunga yul quymaydi wu savollarimga javob yozsangiz
    Mana yangi qonun http://daryo.uz/2015/08/11/ozbekiston-respublikasi-fuqaroligini-yoqotishning-yangi-asosi-kiritildi/
    Oldindan kattakon rahmat

  97. Fedya,
    Bu dasturda qatnashish uchun koreys tilini bilish shart emas. Qabul qilishsa, o’zlari bir yil o’rgatishadi, keyin asosiy o’qishni boshlaysiz. Baholaringizni 80 foizdan oshirishga harakat qiling, shartida shunday bo’lishi kerak, deyilgan.
    Siz tilga olgan qonun chet elda ishlashni taqiqlash haqida emas.

  98. Mentor katta rahmat

    Masalan men koreys tilini bilmasam ham hujjat topwiriwim mumkinmi? Agar mumkin bulsa mendan qaynday imtihon olinadi??? Masalan men ham koreys tilini ham ingliz tilini bilmasam.
    Iltimos wu baho haqida yanayam ociqroq gapirsangiz 80%dan owiriwga harakat qilaman lekin 77, 78 bulib qolsaci?
    Wu imtihonni kontrakti ham bor deb ewitgandim 5500$ ili 6000$ ga wu rostmi?

    Admin necanci darajani biliw kk wuni ham yozing iltimos

    Javolaringiz uchun oldindan rahmat

  99. Dasturga qabulqilishlari uchun faqat hujjat topwirish kk xolosmi unaqada?

  100. Mentor agar iloji bulsa e mailizzi yozib yuborsangiz uwa yerda bafurja gaplawardik.

  101. Mentor
    Masalan men koreys tilini urganib jeton olib imtihonlardan utib Koreaga iwlawga borib wartnomada kursatilgan muddatgaca 3 yilmi 5 yilmi iwlab uwa yerdan wu uqiwga topwiriwim mumkinmi??? Unda wartlari qanaqa buladi?

  102. Iltimos agar iloji bulsa uzizzi emailizzi yozing ili menga dr tawlen fedya9410@mail.ru

    Mentor
    agar men koreys tilini urganib mehnat birjasi tomonidan Koreaga ketsam iwlaw ucun. Wartnoma asosida iwimni tugayotgan vaqtida men wu uqiwga hujjat topwirib uwa yerda qolib uqiwim mumkinmi UZb ga kelmasdan???

  103. Mentor yana bir savol bir jiyani ingliz tilini juda kucli biladi 9-sinfni bitirdi 8-sinfda 2-urinni 9-sinfda was viloyatda 1-urinni oldi. Endi u kollejni cet elda uqiy oladimi. Undan IELTS hujjatini suriydimi??? ili bakalavr qayerlarga topwirsa buladi wular haqida tuwuntirib uting iltimos

  104. Salom Mentor man litseyi bitirganman bu yil instga kiromadim ln kareya elchihonasiga qarashli elektrapartdagi kareyskiy sentrda oqiman 2ta kursi bitrganligim torisida sertfikatim bor manam wu granda qatnawsam boladm, kareyski sentrda oqivotganim va sertifikatlarim hisobga olinadmi? javob uchun oldindan raxmat!

  105. Salom Mentor. Bilasizmi man hozrgi vaqtda ingiliz tiling buyicha unversitetda 2 bosqich talabasiman. Uqiwimnin qolganini Jan. Korea DA davom ettirsam buladimi

  106. Xusniddin,

    Bakalavr bo’yicha shunaqa grant bor. O’shanga qatnasha olasiz.

  107. Shu o’quv programmasini tugatgandan keyin a) Koreyaga qanchadir muddat ishlab berish b) O’z yurtiga qaytib qanchadir muddat ishlab berish yoki shunga o’xshash boshqa shartlari bormi?

  108. Sobit,

    Bunday shartlaridan bexabarmiz. Saytidan ham aniq ma’lumot topishning iloji bo’lmadi.

  109. Koreyada bakalavrlikka topshirmoqchiman.Qanday topshiriladi,tilshunoslik unversituti bormi. Iltimos shular xaqida malumot bering. Oldindan raxmat.

  110. Maqsudali,

    Bu dasturga qabul 2016-yil boshida boshlanadi. Aniq shartlari haqida o’shanda bilamiz. Odatda, hujjatlar Toshkentdagi Koreya elchixonasi orqali topshiriladi.

  111. Salom! Men magistratura bo’yicha topshirmoqchiman ammo inglis tilidan ko’ra kares tilini yaxshi bilaman insitutdagi balim 80℅dan oshadi 2016-yil bitiraman men magistraturasiga kirish uchun imtixon qay tartibda oboriladi

  112. Qadirdonim Mentor! Yana bir savolim shundan iboratkiy men inglis tilini bilishim xaqida xech qanday xujatim yo’q ammo institutning inglis tili bo’yicha imtixon testida 2-bloqqa ko’ra 65bal toplaganman institutga kirish oldidan shu ham dalil sfatida o’tadimi hozirda kores tilini ham bilaman kores tilidan imtixon qiladimi? Kores tilim hozirdayaxshiroqi

  113. Mantor oldindan javobiz uchun raxmat bu! Kelgusi yil oldidan tayorgarlik deb tushonishiz uchun bu har yili bo’larkan-u? Iltimis sizdan bu institutni magistratura yo’nalishiga kirish uchun menga qanday tushuncha bera olasiz savollarimdan kelib chiqqan holatimga ko’ra xali kelasi yil qabulgacha ancha bor-ku! Ma’lumotlariz uchun raxmat

  114. Men Rossiya universitetida o’qiyman men ham magistraturani koreyada o’qish uchun xujjat topshirsam bo’ladimi. Energetika yo’nalishida .

  115. assalom aleykum koreyada bakalavrda oqish uchun koreys tili shartmi IELTS bilan oqisa bolmaydimi javobingizni kutaman rahmat

  116. Saydamin,

    Ingliz tilini yaxshi bilsangiz va yetarli darajada IELTS balliga ega bo’lsangiz, ingliz tilida o’qitiladigan universitetlarga topshirishingiz mumkin.

  117. bU GRANT 2016 yil da ham bo’ladimi ? meni diplomimda 76% baholrim lekin 4 yil stajim va 7 balim bor grant yutishim mumkinmi

  118. Assalomalekum okala koreys topigini uzbekistonda qatta topshirsa bo’ladi registratsa qanaqa bo’ladi ma’lumot bervorila iltimos.

  119. MEN Namangan muhandislik tehnologiya institutini bitirdim KOREYAGA magistiraturaga topshirmoqchiman batafsil malumot bersangiz.ismim FOZILJON

  120. Salom men hozir kollej studentiman universitetni seulda oqimoqchiman mendan qanday talablar talab qilinadi?ieltsga tayyorlanyapman oktabrda yoki noyabrda topshiraman.oldindan raxmat

  121. Salom. Men Toshkent Davlat Texnika Universitetining Geologiya va Konchilik ishi yo’nalishini tugatganman. Ushbu yo’nalishda Koreyada o’qishni davom ettira olamanmi?

  122. Salom Mentor.Foydali malumotlar taqdim etayotganizdan sayt azolari nomidan minnatdorlik bildirib qolaman .Ushbu dastur haqida kechroq malumotga ega buldim.Bilishimcha har yili topshirsa buladi.Koreada 4 yil ishlab kelganman va ogzaki suzlashuvda yahshiman iqtisodiyot yunalishida bakalavr diplomiga egaman.staj va yosh ham tugri keladi shu kungi sana bilan hujjat topshirishga harakat qilsam buladimi?

  123. Salom. Agar grant yutib ololmasak narxlari qulayroq kontrakt bn o’qish uchun malumotlarni qayerdan olsak bo’ladi? Koreyada bo’lishi kerak. Men topolmayapman.

  124. Salom men Toshkent Davlat Agrar Universiteti, O’rmon xo’jaligi va dorivor o’simliklar fakultetida tahsil olaman, Janubiy Koreya Respiblikasida magistraturada tahsil olish istagim bor, menga o’zimga yaqin sohada tahsil olish uchun universitetlari bormi va shular haqida batafsil ma’lumotlar bersangiz, oldindan rahmat

  125. Yana bir iltimos, shu sohaga yaqinroq qaysi davlatda tahsil olsam bo’ladi va shular haqida ham batafsil ma’lumotlar bersangiz, oldindan rahmat!

  126. Assalom aleykum, men Toshkent Davlat Agrar Universitetida o`qiyman, soham O`rmon xo`jaligi, Koreyada o`qishimini magistraturada davom ettirmoqchi edim, shunga qanaqa maslahatlar bera olasiz?

  127. Salom men Toshkent Davlat Agrar Universiteti, O’rmon xo’jaligi va dorivor o’simliklar fakultetida tahsil olaman, Janubiy Koreya Respiblikasida magistraturada tahsil olish istagim bor, menga o’zimga yaqin sohada tahsil olish uchun universitetlari bormi va shular haqida batafsil ma’lumotlar bersangiz, oldindan rahmat

  128. Assalomu alaykum men biologiya bo’yicha o’qiyman 2chi bosqich talabasiman koreyada magistraturani o’qimoqchiman 1ch semester baxolarim yomon bo’ldi qolgan 3yil yaxshi baxo olsam qoplab ketadimi ?? 3 baxo olganman buni axamiyati bormi yoki 4 yil davomida umumiy balim 80 bo’lsa bo’ldimi? Javob uchun oldindan raxmat.

  129. Assalomu alaykum men biologiya bo’yicha o’qiyman 2chi bosqich talabasiman koreyada magistraturani o’qimoqchiman 1ch semester baxolarim yomon bo’ldi qolgan 3yil yaxshi baxo olsam qoplab ketadimi ?? 3 baxo olganman buni axamiyati bormi yoki 4 yil davomida umumiy balim 80 bo’lsa bo’ldimi? Javob uchun oldindan raxmat.

  130. Assalomu alaykum! Sizga bir savolim bor edi men pedagogika institutida biologiya yo’nalishida o’qiyman magistraturani koreyada o’qish niyatim bor o’zbekistonda darslar o’zbek tilida olib boriladi, biologiya bo’yicha olgan bilimlarimni koreys tilida qanday bilishim haqida ham so’raladimi? Yoki yuqorida keltirilgan darajalar biologiya haqidagi bilimimni ham sinaydimi? Axir magistratura o’z yo’nalishim bo’yicha bo’ladi koreys tilini yaxshi bilsam biologiya fanlarini koreys tilida bilishimga xojat bormi? Javob uchun oldindan katta raxmat.

  131. salom IELTS dan 6.5 olganman lekin sertifikatning faqat skanerlangan nusxasi bor asl nusxani yo’qotganman . nusxasi bn ham topshirsa bo’ladimi magistraturaga .

  132. Assalomu alaykum, men hozirda Toshkent Moliya institutida buxgallteriya hisobi va audit yo’nalishida 4-kurs talabasiman. Lekin sohamni IT ga o’zgartirmoqchiman. Hozirgi bakalavr diplomi bilan IT sohasiga magistraturaga topshirishim mumkinmi

  133. Salom mentor, menda IELTS yoki TOEFL sertifikatlari yo’q, lekn ingliz tilim ancha yaxshi, bu xujjatlarsiz, ariza topshirishimga shaxsan maslaxat berarmidiz?
    GPA degan narsani bilmiman usiz iloji bormi?
    Oxirgi savol boshqa yo’nalishning magistraturasiga xujjat topshirsam grant yutishim darajasiga ta’sir qiladimi? Ilmiy ishlar olib boriladimi yoki xamasi qog’ozda o’qitiladimi?

  134. Salom mentor, menda IELTS yoki TOEFL sertifikatlari yo’q, lekn ingliz tilim ancha yaxshi, bu xujjatlarsiz, ariza topshirishimga shaxsan maslaxat berarmidiz?
    GPA degan narsani bilmiman usiz iloji bormi?
    Oxirgi savol boshqa yo’nalishning magistraturasiga xujjat topshirsam grant yutishim darajasiga ta’sir qiladimi? Ilmiy ishlar olib boriladimi yoki xamasi qog’ozda o’qitiladimi?

  135. Admin, koreyaga magistratura buyicha bu dastur har yili fevral oyida boshlanadi. Nega sizlarda ancha oldin bu haqida ma’lumot chiqdi? Yana bir bor tekshirib ko’ring bu programmaga qabul hali boshlanmaydi menimcha

  136. Shartlar ichida «2015-yilning 31-avgustiga qadar bakalavr yoki magistrlik diplomiga ega bo’lishi» shunday band bor ekan. Men 2016-yil bakalavr bosqichini tugatdim va imtiyozli diplomga ega bo’ldim. Ushbu grantda qatnashsam bo’ladimi.

  137. salom mentor. bizga bergan juda qimmatli ma’lumotlaringiz uchun katta rahmat. Va manda yana bir savol bor edi. agar bilsayiz, koreyaga doktoranturaga qabul qilishi uchun ma’lum bir davrdagi ish staji kerakmi? va bo’lsa necci yil???

  138. Yuqorida korsatilgan tel nomer ga qildim.Lekin elchixona bu haqda ma’lumot bilmimiza faqat viza bilan wugullanamza diyiwdi.Nima qiliw kk?
    RAHMAT

  139. Assalomu alaykum. Bu grant har yili bo’ladimi? Negadir ariza va u haqdagi ma’lumotlarni olish uchun ulanib bo’lmayaptiku

  140. Xurmatli Mentor, Ariza to’ldirish bo’yicha yo’l-yo’riqlar qismi orqali o’tganimda Error chiqmoqda. Iltimos shuni to’g’irlashning iloji bormi?!

  141. Bu yerda Korea elchixonasiga murojaat qiling deyilgan.lekin telefon qilsam notogri malumot berishibdi deb aytishdi.

  142. Yuqorida keltirilgan hujjatlarning 3 bosqichda aynan qanday qabul qiliniwi haqida ma’lumot oliw un elchixonaga tel qildim.Lekin ula biz faqat viza bn wugullanamza ta’lim boyicha Korean center bn gaplawin diyiwdi.Center degila hali unaqa grant kemadi diyiwvotd.i Nima qili???
    RAHMAT oldindan

  143. Ariza to’ldirish bo’yicha yo’l-yo’riqlar SHU YERDA.

    Ssilka ishlamayapti

  144. Assalomu aleykum, man IT soxada bakalavrni bitrganman,baxolarm ortacha foyzi 68 ammo ielts dan 7.0 olgandim! shu bilan ham ariza topshirsa boladmi? JAVOB UCHUN OLDINDAR RAXMAT

  145. Assalom aleykum Men Kuzibaev Gayrat men Janubiy Koreyada Magistraturaga o’qishni hoxlayman men 2016 yil Samarqand qishloq xo’jalik institutini Veterinariya zootexniya va qorako’lchilik Fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirganman. men qiziqaman Kores tilini urganishga va madaniyatini. javobingizni kutaman rahmat

  146. ushbu grant dasturlari haqida bergan ma’lumotlaringiz uchun rahmat. shu o’rinda doktorantura dasturi bo’yicha yana bitta savol bor edi. doktoranturaga hujjat topshirish uchun ish stajiga ham ega bo’lish kerakmi?

  147. Assalomu alaykum ushbu sayt hodimlari. men bakalavr diplomiga egaman lekin GPA degan imtihonni aniq tushunmayappan u qaysi fanlardan va qatta olinadi. iltimos shu haqda to’liqroq ma’lumot bersangiz. javob uchu n oldindan raxmat.

  148. Мен элчихона билан богланганимда улар:бизда бунаканги маьлумот йук дейишди…Бу борада каерга мурожаат килсам булади.

  149. Salom men hozir 4 bosqich talabasiman 2017 yilning iyul oyida diplom olaman, savolim muddat o’tib ketmadimi hozirdan hujjatni topshirsam bo’ladimi?

  150. Salom! Agarda siz aytganingizdek GPA 80% ni tashkil etmasdan qolsa va grantga qatnashmasdan ham Koreyada magistraturada o’qisam b’ladimi. U holda men nima qilishim va kimga murojat qilsam bo’ladi.Kantrak tulovi qanchani tashkil qiladi.Iltimos shu haqda ma’lumot bersanggiz.Ma’lumot uchun oldindan raxmat!!!

  151. kontrakda o’qisa kontrak narhi qancha ? ish bn tamillaydi deb ewitgandim unversitetni…

  152. Salom men hozir bakalavr 4-kursda o’qiman men ham hujjat topshirsam bo’ladimi?

  153. Timur
    Assalomlekum! Man bu yil Arxitrktura va qurilish inistitituni bakalavrini bitirdim va shu programma orqali o’z yunalishim bilan ketoilmanmi va IELTS dan nechi bal bolishi kerek. Javob uchun rahmat.

  154. Hurmatli Mentor!
    Timur,
    Arxitektura va Qurilish intitutini bakalavr yo’nalishini tamomladim. Shu programma orqali o’qigan yo’nalishim bilan magistraturada o’qishni davom ettirsam bo’ladimi?yana bitta savol, ielts nechchi ball bo’lishi kerak?oldindan javob uchun raxmat

  155. Salom javob un oldindan raxmat menda 5 ball IELTS bor men ham bu tanlovda qatnawsam boladimi

  156. salom hurmatli mentor men hozirda O’zMU da Davlat boshqaruvi yo’nalishida 2-kurs magistraturada o’qiyman. Bu dasturda bizning yo’nalishimizga mos keladigan doktorantura yo’nalishlari bormi

  157. menda baholar reyting betida? Jami baholarimning hammasi 73 % deb korsatilgan. Men ham topshira olamanmi?

  158. Assalom alaykum bu dasturda davlat boshqaruvi sohasi bormi, men shu yo’nalishda O’zMU da magistraturada 2-kursda o’qiyman, doktranturaga topshirishda to’g’ri keladimi, doktorlikka topshirish uchun mehnat staji talab qilinadimi javob uchun oldindan raxmat!

  159. Salom. Savolim bor edi. Birinchi savolim: Tibbiyot sohasiga ham magistratura bormi.Ikkinchi:hujjatlarni to’plashda kimdan yordam olsak bo’ladi.javob uchun oldindan rahmat.

  160. Salom Mentor! Bu yerda 1yil kares tilini uqitadi deyilgan ekan. Man ingliz tili va kares tilini yaxwi bilmeman. O’rtacha balim esa 76.bu dasturda qatnasha olamanmi

  161. Salom. Zachotka perevodidan tashqari institut ham shu yil bakalavrni bitirib diplom olishimizni tasdiqlovchi qanaqadir hujjat berishi k.kmi?

  162. Jamshid, tibbiyot sohasida grant topish qiyin. Hujjatlarni tayyorlash bo’yicha biz hozir yordam ko’rsatmayapmiz.

  163. Salom Bialogiya Fakultetinin bitirganman . Dasturda Qatnashsam buladimi . Magistraturani davom ettirish uchun .Va Ariza qanday tuldirsa buladi.Raxmat

  164. Salom. Mentor. quyidagi grantni ariza shaklini qanday olsam buladi? javobingiz uchun raxmat

  165. Gulnoza, biologiy bo’yicha ham topshirish mumkin. Batafsil shartlari bilan yuqorida berilgan manba orqali tanishib chiqing.

  166. MEN 2018 DA BAKALAVRNI BITIRAMAN SHU YIL UCHUN HAM GRANTLAR BORMI? JAVOBINGIZ UCHUN OLDINDAN RAHMAT.

  167. Assalomu alaykum hurmatli AUTHOR avvalambor ma’lumotingiz uchun rahmat, mening savolim quyidagicha: menda ham IELTS bo’yicha sertifikat yo’q ishimga bog’liq sabablarga ko’ra martgacha topshirishga ham ulgurmasman lekin qolgan shartlarni to’liq qanoatlantiraman shunga qaramay ariza topshirsam unga jiddiy ta’sir qiladimi? yana u yerda o’qib kelgandan so’ng O’zbekistonda ishga joylashishda ahamiyati qay darajada? Javob uchun oldindan RAHMAT!

  168. Assalomu alaykum! Man ÒzDJTUda 4kursni bitirvoman. Koreys tili 4-darajali sertifikatga aprelda erishsam Koreya magistratura grantiga topshirishga ulguramanmi? Oldindan raxmat!

  169. Universitetda Grant asosida 6qivoman. Magistraturaga bu yil ulgurmasam keyingi yil ham topshirsam boladimi?

  170. 4 balli sistemada 2.66 ball bu -66%, 4.3 ballni 2.80 – 65%, 4.5 ni 2.91- 64 % bo’ladiyu. Nimaga 80% dan oshiq bo’lish kere diyilyapti?

  171. Men ingliz tili o`qituvchisiman. Ma`lumotim oliy. U yerda magistraturada qaysi yo`nalishda o`qishim mumkin? Ariza to’ldirish bo’yicha yo’l-yo’riqlar sahifasi hozir ishlamayapti. U qachondan ishga tushadi?

  172. Salom, men oilaliman. Agar grant yutsam turmush ortogim va farzandimni oz mablag’im bilan olib ketsam boladimi. Va u yerda turmush ortog’im ishlashiga ruxsat bormi. (Oz sohasi bank sistemasi boyicha yoki boshqa soha)

  173. Ziyoda, oilangizni o’z hisobingizdan olib ketishingiz mumkin. Ularning ishlashiga ruxsat beriladimi yo’qmi, buni elchixonadan so’rash kerak.

  174. Salom. Ariza to’ldirish bo’yicha yo’l-yo’riqlar sahifasi hozir ishlamayapti. U qachondan ishga tushadi? Keyingi savolim men IELTS ball olganim yo’q, 2017 aprel oyida IELTS topshirishni rejalashtiryapman. Iqtisod bo’yicha bakalavr diplomim bor 80% dan yuqori jami balim. Grant yutish imkoniyati bormi menda?

  175. Salom.Hurmatli Mentor.Men bakalavrni 2018 yil bitiraman.Arizalar 2017-yilgacha topshirilishi kerak ekan.2018-yil uchunham GRANTLAR bormi? Bu men uchun juda muhim. Javobingiz uchun oldindan katta raxmat.

  176. Rustemali, bu grant har yili bo’ladi. 2018-yilda ham bo’ladi, deb umid qilamiz.

  177. salom Mentor! unver dan olgan baholarim 4 asosan 80% bu turtga tug’ri keladimi yoki 5 gami? kares tilida topshirmoqchi bulsam sertifikat surashmedimi? 900 von dollirda qancha buladi yillik xarajatlarga yetadimi? javob uchun rahmat oldinda…

  178. kares tilida uqishni tanlasak biz oldindan bilishimiz kerakmi kores tilini yo bilmasdan borib bir yil urganib kiyin kores tilida uqishni davom ettirsak ham buladimi? bulsa agar suhbatlar dakumantlar qaysi tilda qilinadi?

  179. 4 balli sistemada 2.66 ball bu -66%, 4.3 ballni 2.80 – 65%, 4.5 ni 2.91- 64 % bo’ladiyu. Nimaga 80% dan oshiq bo’lish kere diyilyapti?

  180. Salom. Yöl yöriqar sahifasi nega ishlamayapti?
    Arizani qanaqip topshiramiz?

  181. Ariza topshirish uchun qanday hujjatlar bo’lishi haqida to’liq ma’lumot bering iltimos. Oldindan rahmat.

  182. Salom men elchixonaga murojat qildim ula Koreya ta’lim markaziga murojat qilishimi aytishdi. U yerdan so’rasam grant yutib olishni xohlayotganla juda ko’p shunchun koreys tilini yaxshi biladiganlani olyapmiz dedi. Yana boshqa yo’li internetda koreya universitetlari ro’yxati bo’ladi ulaga murojat qilishiz mumkin deyishdi. O’sha universitetladan biri sizi tanlab oladi deyishdi. Universitetla haqida ro’yxat qayerda ekan?

  183. Salom men O’MU da tuproqshunoslik mutaxassisligi 1- kurs magistri. savolim shuki, menning mutaxassisligimga mos o’quv yurtlari bormi. Arizani qachon topshirsak bo’ladi va kimga? 6 oylik o’qib kelsa bo’lami?
    javob uchun kata raxmat.

  184. Men hozir TATU Farg’ona Filialida Kompyuter Injiniringi yo’nalishida 3-bosqich talabasiman va 2018-yilda tamomlayman. Men Koreyaning qaysi Universitetlarida magistraturani o’qishim mumkin?

  185. Salom. Arizamni Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi elchixonasiga bormasdan topshirish imkoni bormi. Ya’ni online tarzda jo’natsam bo’ladimi.
    Javob uchun rahmat!

  186. Salom mentor savolim wundan iborat men koreya elchi honasiga boglansan u yerdan aniq malumot ololmayapman

  187. Assalom aleykum Mentor.
    Janubiy Koreya arxitektura yo’nalishi bo’yicha universitetlar haqida va shu yo’nalish hamda shu davlatga davlat grantlari haqida ma’lumot bering.
    Ko’proq bakalavrlik haqida iltimos.
    Keyin qanday hujjatlar talab etiladi?
    Oldindan yordam uchun rahmat!