×

«Matsumae International» fondining grantlar dasturi e’lon qilindi!


Grant

MUHLAT

31.08.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

124 marta

Ta`lim vazirligiga 16.12.2016-yilda O`zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan MIDn 08/36577 xati kelib tushdi. Unga ko`ra Yaponiya fondi “Matsumae International” Yaponiyaning Oliy o`quv yurtlarida tabiiy, texnik va tibbiyot sohasida 2018-yil aprelidan 2019-yil martigacha ilmiy izlanish faoliyati bilan shug`ullanish istagida bo`lganlar uchun grant olish imkoniyatini e`lon qildi.

“Matsumae International” fondining grantini olish uchun arizani  49 yoshdan katta bo`lmagan, kamida fon nomzodi ilmiy darajasiga ega bo`lgan, ingliz yoki yapon tillarini puxta egallagan Oliy O`quv yurtlarining va  oldin Yaponiyada bo`lmagan O`zbekistondagi ilmiy-izlanishlar markazlarining vakillari berishi mumkin.

Tanlov g`oliblarining faqatgina samalyot chiptasi va tibbiy sug`urta uchungina xarajatlari qoplanib qolmay, ularga har oy 220 ming yen (taxminan 2000 AQSH dollari)  miqdordagi stipendiya ham beriladi.

Tanlov haqidagi to`liq ma`lumotni “Matsumae International”ning rasmiy sayti www.mars.dti.ne.jp/mif/ saytidan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr yoki magistratura bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • 220 yen miqdoridagi stipendiya fond tomonidan quyidagi xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi: o‘qishstajirovka narxi, materiallar xarajatlari, yashash, ovqatlanish, yo‘l xarajatlari va hk;
  • Turistik va tibbiy sug‘urta;
  • Samolyot chiptasi;
  • Grant sohibiga ilk kelganida bir marotaba to‘lanadigan pul miqdori (transport xarajatlari va yashash joyi uchun) 120 ming yen.

Talablar:

  • Nomzodlar ilmiy darajaga yoki “Matsumae International” fondi tan olgan akademik malakaga ega bo‘lishi lozim;
  • Nomzodlarning yoshi 49 yoshgacha bo’lishi kerak;
  • Nomzod ingliz va yapon tillarini yaxshi bilishi kerak;
  • Fond avval Yaponiyaga biror marta tarif buyurmagan nomzodlarni qabul qiladi;
  • Nomzodlar o‘z yurtida mustahkam kasb va maqomga ega bo‘ishi va stajirovka so‘ngida o‘z vataniga qaytishi kerak;
  • Nomzod sog‘ligida muammolar bo‘lmasligi darkor;
  • Nomzod ariza bilan murojaat qilgunga qadar qabul qiluvchi tomoning roziligini olishi zarur. Fond tashkilotlarni topish va bu borada maslahat berish bilan shug‘ullanmaydi;

Dasturga qabul jarayoni:

Talab qilingan hujjatlar ro’yxati (barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi shart):

  1. Ko‘rsatilgan shakldagi ariza;
  2. Ilmiy loyiha;
  3. Nashr qilingan ishlarining ruyxati;
  4. Nashr qilingan maqolalarning muhimlaridan nusxa;
  5. Tarjimai hol;
  6. Tavsiya maktubi;
  7. Diplom va sertifikatlarning notarius tasdiqli nusxalari;
  8. Qabul qiluvchi tarafning taklifnomasi

To`ldirilgan arizalar 2017-yilning 31-avgustigacha “Matsumae International”ning manziliga yuborilishi kerak. (4-14-16 Kamiogi, Suginamiku, Tokio, 167-0043, Yaponiya, telefon: 03-3301-7600/ faks: 03-3301-7601. Email:contact2mif@mist.dti.ne.jp) Tanlov natijalari 2017-yilning oxirida e`lon qilinadi.

Shartlarni yaxshilab ko`rib chiqqan holda, tanlovda ishtirok etish niyatida bo`lganlarning  “Matsumae International” fondining barcha talablari bajarilgan arizalarni Yaponiyaga O`zbekiston Respublikasi ta`lim vazirligi orqali o`z vaqtida yuborilishi uchun 2017-yil 1-avgustiga qadar yuborishingiz mumkin

“Matsumae International” fondi har yili chet dalatlardagi yosh olimlarning Yaponiya davlat va xususiy universitetlarida, ilmiy markazlari va kompanilarida ilmiy tadqiqot ishlari uchun grant ajratadi. Stajirovka (amaliyot) muddati 3 oydan 6 oygacha.

Rasmiy bog'lanish ma'lumotlari:

The Matsumae International Foundation

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!