×

Motivatsion maktub(xat) yozish haqida


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

15079 marta

CHOP ETILGAN

14.05.2017

Bugungi kunda saytimizga yoshlar va talabalar orasidan turli mazmundagi savollar bilan murojaatlar soni ortib bormoqda. Bular orasida, Mativatsion xat yozish ko‘nikmalari haqida ham talaygina. Motivatsion xati – turli dasturlar, anjuman va forumlar, grant, stipendiya hamda shu kabilarga so‘raladigan eng muhim hujjatlardan biri. Biz mazkur maqolamizda Motivatsion xatining yozilish uslubini DAAD (Germaniya akademik almashinuv) dasturi misolida ko‘rib chiqishga harakat qilamiz.

Avvalo, shuni aytish o‘rinliki, motivatsion xat rezyumengizning aynan “takror” varianti bo‘lib qolmasin. Ishni so‘nggi kunga tashlab qo‘ymang. Motivatsion xat yozishni imkon qadar oldinroq va tezroq boshlaganingiz maqsadga muvofiq.

Birinchi navbatda, o‘zingizga muhim savol bering:

  • Qanday ishni bajarish imkoniyatim mavjud?
  • Diplom olgandan keyin qaysi sohada ishlashni xohlayman?
  • Mamlakatda jamiyat, siyosiy yoki texnologik soha rivojiga nima hissam tegadi?
  • Esda saqlangki, siz tanlagan o‘quv dastur professional maqsadlarga erishishingizga ta’sir qiladi. Shunday ekan, ushbu dasturga o‘zingizni nima uchun  munosib deb, hisoblaysiz?
  • Nega aynan uni Germaniyada o‘rganishni xohlaysiz?

Mativatsion xatingizda salohiyatingiz yuqori ekanligiga urg‘u bering. Ammo buni bo‘rtirib tashlamaganigiz ma’qul. Shuningdek, Germaniyadagi universitet fakulteti yoki maktab yo‘nalishilaridan birini tanlab, rejalangan ta’lim o‘rtasidagi munosabatlarni keltiring. Tanlangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ularning o‘quv dasturlari va sizning avvalgi tajribangiz o‘rtasidagi kutilayotgan aniq natija izohi. Tanlangan universitet yoki maktab ta’limini Germaniyada munosib oqlash istagini ayting. Germaniyada tahsil muvaffaqiyatga yordam berishini ayrim amaliy tajribalarda tasvirlab bering. O‘rganish bilan bog‘liq shaxsiy qarashlar, imkoniyatlar haqida gapirish, bitiruvdan so‘ng maqsadlarni belgilangan tarzda ko‘rsating.

Maktub to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qiling. Birinchi navbatda zarur qismiga e’tibor qarating. Agar imkon bo‘lsa boshqa odamlarga takroran tekshirtiring. Mativatsion xat ikki, ko‘pi bilan uch sahifadan iborat bo‘lishi lozim. Matnning grammatik qurilishi, imloviy o‘rinlarini ham nazardan chetda qoldirmang. Esingizda bo‘lsin, sizga suhbat davomida Mativatsion xatingiz bo‘yicha savollar berilishi mumkin.

Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!