×

Oksford universiteti: Doktorantura uchun grantlar!


Grant

MUHLAT

19.01.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1537 marta

Oksford universitetining «Social Policy and Intervention» kafedrasi doktorantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun grantlar e’lon qildi. Ushbu dastur iqtidorli tadqiqotchilarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Grant kimlar uchun?

DOKTORANTURADA O'QISHNI XOHLOVCHI XALQARO TALABALAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant turlari:

Kafedra uch xil turdagi grant taqdim etadi:

  1. The Barnett Scholarship. Ushbu stipendiyali dasturga muvofiq, har yili talaba ta’lim puli (tuition fee) ning 25 ming funt sterling miqdori to’lab beriladi.
  2. The Centenary Scholarship. Ushbu stipendiyali dasturga muvofiq, har yili talaba ta’lim puli (tuition fee) ning 25 ming funt sterling miqdori to’lab beriladi.
  3. The Barnett-House-Nuffield College Joint Scholarship. Ushbu dastur to’liq qoplanadigan grant bo’lib, ta’lim puli (tuition fee), ro’yxatdan o’tish haqi 100 foiz qoplab beriladi hamda talabaga Buyuk Britaniyada hayot kechirishi uchun 14 ming 296 funt sterling miqdoridagi yillik stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzodga tanlangan kurs uchun belgilangan talablarga mos bo’lishi lozim. Ushbu talablarni Oksford universiteti saytiga kirib, kerakli kursni tanlash orqali tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar: 

  • Topshirish maqsadiga izoh (Statement of Purpose) va tadqiqot rejasi (Research Proposal).
  • Magistrlik bosqichidagi bahoar.
  • Yozgan magistrlik/ilmiy ishi – qisqacha.
  • Portfolio.
  • Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS).
  • Tavsiyanomalar.

Aynan stipendiyali dastur uchun alohida topshiriladigan ariza mavjud emas. Doktorlik darajasi uchun arizani to’ldirishning o’zi kifoya va yuqorida sanalgan hujjatlar ilova qilinadi.

Ariza onlayn topshiriladi. Arizani SHU YERDA topshiring!

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!