×

«O’sib kelayogan iqtisodiyotlarda boshqaruv» nomli doktorantura loyihasi uchun grant


Grant

MUHLAT

07.09.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1221 marta

Germaniyadagi Amaliy fanlar xususiy universiteti «O’sib kelayogan iqtisodiyotlarda boshqaruv» nomli loyihada doktorantura darajasida tadqiqot olib borish uchun to’rt nafar talabani ilmiy ishga taklif qiladi.

Tadqiqotda sobiq sovet o’lkalari, ayniqsa, Gruziya va Qozog’iston o’rganiladi. Nomzodlar ingliz tiliga qo’shimcha ravishda gruzin yoki rus va qozoq tillaridan birini bilishlari kerak.

Tadqiqotchilar Germaniyada turib ishlaydi, ammo Gruziya va Qozog’istondagi hamkor institutlarda ham vaqt o’tkazishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

IQTISODIYOT, SIYOSATSHUNOSLIK KABI IJTIMOIY FANLARDAN MAGISTRATURA DARAJASIGA EGA BO'LGANLAR

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

1050 yevro oylik stipendiya beriladi va tadqiqot bilan bog’liq safar va jihozlar xarajatlari hamda tibbiy sug’urta qoplanadi.

Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, ularni governance@pfh.de elektron manziliga yo’llashingiz mumkin.

Talablar:

Nomzodlar iqtisodiyot, siyosatshunoslik, ma’muriy boshqaruv va shunga yaqin sohalardan birida magistratura darajasiga ega bo’lishi kerak. Ayollar va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning topshirishi alohida tavsiya etiladi.

Ingliz tilini yaxshi bilish talab qilingan, ammo IELTS yoki TOEFL natijalarini topshirish so’ralmagan.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish tartibi:

 Qatnashchilar 2015-yil 7-sentabrgacha governance@pfh.de elektron manziliga quyidagilarni yuborishi lozim:

  • Dasturda qatnashishdan maqsadlaringiz ifodalangan insho (Motivation letter);
  • CV (Unga tavsiyanoma beruvchi ikkita odamning aloqa ma’lumotlarini ham kiritishingiz kerak);
  • Diplom va diplom ilovalarining nusxalari;
  • Ilmiy qiziqishlaringiz ifodalangan bir betli insho;
  • Ilmiy ishlaringizdan namunalar (agar bo’lsa).

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!