×

Vengriyadan to’liq qoplanadigan grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

16.02.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

1937 marta

Dasturdan maqsad Vengriya va boshqa davlatlar o’rtasida madaniy, iqtisodiy va siyosiy aloqalarni rivojlantirishdir. Hozirda 41 mamlakat bilan dastur doirasida hamkorlik bor.

Nomzodlar Vengriyadagi oliy ta’lim muassasasi talab darajasiga qo’ygan tilni bilishlari kerak. Ingliz tilida bo’ladigan dasturlar uchun talabalar universitet talab qilgan darajada ingliz tilini bilishlari kerak. Venger tilida bo’ladigan dasturlar uchun esa talabalar institutda o’qishni boshlashdan oldin 1 yillik venger tili kursiga qatnaydilar.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida ta’lim olishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Kontrakt to’lovi to’liq to’lab beriladi
  • Oylik stipendiya beriladi: Hali darajaga ega bo’lmaganlar, bakalavrlar, magistrlar uchun oylik stipendiya HUF 40 460 (130 yevroga teng) o’qishni bitirguncha yiliga 12 oy beriladi; Doktoranturada o’qiyotganlar uchun dastlabki  1-bosqichda (4 semestrda) oyiga HUF 140 000 (450 yevroga teng), 2-bosqichda esa (4 semestr) HUF 180 000 (580 yevroga teng) o’qishni bitirgunicha har oy beriladi.
  • Turar joy: Talaba yotoqxonadan bepul turar joy bilan ta’minlanadi yoki oyiga HUF 40 000 dan ijaraga turishi uchun beriladi. Yodingizda bo’lsin, agar talaba yotoqxonada yashamasa, unga HUF 40 000 miqdorida pul ajratiladi, lekin katta shaharlarda, masalan poytaxt shaharda bu pul ijara haqini qoplashga yetmaydi.
  • Tibbiy sug’urta: Vengriya qonunchiligiga ko’ra sug’urtalangani haqida hujjat va qo’shimcha bir yilga HUF 65 000 miqdorda (205 yevroga teng) sug’urta puli ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar agar institute tomonidan ko’rsatilgan minimum til ko’nikmalariga ega bo’lsalar, hujjat topshirishlari mumkin. Ingliz tilidagi dasturlar uchun tanlangan institute tomonidan qo’yilgan talab darajadasida ingliz tilini bilish kerak. Venger tilidagi dasturlar uchun esa talabalar bir yillik venger tili kursida tahsil oladilar. Venger tiliga qo’shimcha, ular tanlagan sohalari bo’yicha darslarni venger tilida o’tadilar. Boshqa tildagi dasturlar uchun nomzodlar institute tomonidan o’sha tilni bilish darajasiga qo’ygan talabga javob berishlari kerak.

Hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Nomzodlar barcha kerakli ma’lumotlarni onlayn anketada ingliz tilida to’ldirishlari va saqlashlari kerak
  • Nomzodning yaqinda tushgan rasmi (rasmga tushganiga 2 yildan oshmagan bo’lishi kerak)
  • Talaba almashinuv dasturi bo’yicha hujjat topshirayotganlar o’qish muddatini aniq ko’rsatishlari kerak (1 yoki 2 semestr) va qachondan o’qish boshlamoqchiliklarini yozishlari kerakn (Sentabr yoki fevral)
  • Motivatsion xatTanlangan o’quv dasturining tilida yoki venger tilida
  • Minimum 1 bet, Times New Romanda 12 kegelda yozilishi kerak
  • Til bilish darajasini isbotlovchi hujjat va uning venger yoki tanlangan o’qish tilidagi nusxasi
  • Til bilish darajasini isbotlovchi hujjatning skanerlangan varinati va uning tarjimasi
  • Bakalavrga topshirmoqchi bo’lganlar maktabdan attestati/ kollej diplomi va tarjimasi. Ularning skanerlangan nusxasi va tarjimasi

Ta’lim sohasi: Ta’lim sohasi datlatlar va universitetlarga qarab farq qiladi. MANA SHU YERDA dasturda qatnashadigan Vengriya universitetlari ro’yxati mavjud. Shu ro’yxat orqali universitet rasmiy saytiga kirib, ta’lim sohalari bilan tanishish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!