×

Yaponiyada talaba bo’lib ishlashning asoslari


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2500 marta

CHOP ETILGAN

24.11.2017

Ko’pgina til maktablari dars jadvalini ertalabki va kunduzgiga ajratadilar. Bu sizga yashayotgan shahringizni aylanib o’rganib chiqishingiz uchun imkoniyat beradi. Biroq siz to’liqsiz ish kunilik ish topishni hohlashingiz mumkin.

Siz birinchi bo’lib Yaponiyadagi to’liqsiz ish kunilik yuzlab ishlarni ko’ra olish uchun, Ish Qidirish Ma’lumotlar Bazasida ro’yhatdan o’tishingiz kerak. Ba’zi ish topish xizmatlari sizga ish topib berishga va’da beradilar va pul undirishga harakat qiladilar. Ulardan ogoh bo’ling!!! Hech kim ish topishingizga kafolat bera olmaydi yoki topishgan taqdirda ham, ular siz uchun qanday ish topishlari noma’lum.

Ishlash uchun cheklov

Talaba sifatida siz bir haftada 28 soatgacha ishlashingiz mumkin. Misol uchun, agar siz ikkita ishda ishlasangiz, ularning har birida 28 soatdan ishlay olmaysiz. Maktabni tamomlaganingizdan keyin, sizning ishlash huquqigiz ham bekor bo’ladi.

Talaba vizasi Yaponiyada ishlashga imkon bermaydi. “Avval berilgan yashash huquqi statusida ruhsat etilgandan boshqa ish bilan shug’ullanishga ruhsat” yoki qisqa qilib aytganda ishlash uchun ruhsat olish uchun murojaat qilish kerak. Murojaatni amalga oshirish oson va buning ikkita yo’li bor.

  • Ushbu formani Yaponiyaga kelishdan avval to’ldiring va aeroportda uni immigrasion xizmat hodimiga bering. Formani SHU YERDAN olishingiz mumkin.
  • Agar sizda yashash huquqini beruvchi karta bo’lsa, lekin ishlash uchun ruhsat hali olmagan bo’lsangiz, siz davlatning o’zida mukammalroq bo’lgan formani to’ldirib, immigratsiya ofisiga borib murojaat etishingiz mumkin. Formani SHU YERDAN olishingiz mumkin.

Agar siz ishlashni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, biz sizga Yaponiyaga kelishdan avval formani to’ldirishni tavsiya qilamiz. Shunda siz tezdan ishlashni boshlay olasiz. Aks holda, bu ishni davlatning o’zida bajarsangiz, ishlashga ruhsat olguncha bir oycha kutishingizga to’g’ri kelishi mumkin.

Ruhsat tasdiqlanganidan so’ng, sizning zairyu kartangizning orqa tarafiga qora rangli shtamp bosiladi. Bundan tashqari, pasportingizning ichiga stiker yopishtiriladi.

Bo’ldi! Endi siz ishlashga tayyorsiz!

Ta’qiqlangan ishlar

Talaba sifatida siz e’lon qilingan ishlarning istalganiga murojaat qilishingiz mumkin. Faqatgina siz kattalar uchun o’yin-kulgu qilinadigan joylarda islashingiz mumkin emas.

Misol uchun:

  • Barlar (spirtli ichimliklar sotiladigan restoranlar bundan mustasno).
  • Kechki klub va barlar.
  • Pachinko parlors.
  • Love hotels.
  • Kattalar uchun narsalar yoki video magazinlari.
  • Massaj xonalari.
  • Prostitutsiya bilan bog’liq har qanday faoliyat.

Siz tasavvurga ega bo’ldingiz. Hatto siz biror bir nojo’ya ishga jal qilinmasangiz ham, bunday joyda ishlashning o’zi qonunga xilof.  Bu qo’riqchi, oshxona ishchisi yoki xizmatchi bo’lib ishlashga ham tegishli. Agar sizda o’zingizning ishingiz haqida biror savol tug’ilsa, maktabingiz bilan bog’laning va ular bu ruxsat etilgan yoki yo’qligini sizga bildiradilar.

Jinoyat ishida vositachi bo’lib qolmang!

Jinoiy ish Yaponiyada qattiq jazolanadi va jinoyat ekanligi haqida bilmaslik aybsiz qilmaydi. Uyushgan jinoiy guruhlar o’z ishlarini amalga oshirish uchun chet ellik talabalarni jalb qilishadi. Ular quyidagicha oddiy ishlarni qilishingiz uchun sizga pul to’lashadi:

  • Birovning plastik kartasidan foydalanib pul yechib olish
  • Birovga tegishli ma’lumot va to’lov ma’lumotlaridan foydalanib, online mahsulotlarga buyurtma berish
  • Birovning o’rniga narsani qabul qilib, kechroq ularga olib borib berish

Bunday narsalarga uchib qolmang! Agar biror narsa haqiqatga o’xshamaydigan darajada yaxshi bo’lib tuyulsa, maktabingiz bilan maslahatlashing!

O’zingizga tegishli shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat yoki narsalaringizni birovga sotmang va foydalanishga bermang!

Oxirgi paytlarda shunday firibgarlik holatlari ko’payib qoldi. Bunda ular sizning hujjatlaringizni berib turishingiz uchun sizga pul to’lashadi va uni yomon ishlar qilish uchun foydalanishadi. Misol uchun, ular sizning hujjatingiz yordamida uyali aloqadan foydalanish uchun kontrakt tuzishadi yoki boshqa noqonuniy ishlarni amalga oshirishadi. Politsiya qidiruvni boshlaganida, barcha dalillar hujjatini foydalanishga berib turgan insonga nishon qiladi! Hech qanday holatda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni birovga bermang!

Bular:

  • Yashash huquqini beruvchi karta.
  • Bank kitobchasi.
  • Plastik karta.
  • Pasport.
  • Haydovchilik guvohnomasi.

Yaponiyada halol yo’l bilan pul topish yo’llari ko’p. Faqatgina ishonchli kompaniyalarda ishlang.

Manba: Uzbek-ninja.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!