Qozog’istonda 11-22 iyun kunlari bo’lib o’tadigan beshinchi “Markaziy Osiyo suv va yer resurslarini baholash va monitoring qilish metodlari va vositalari” mavzusidagi yozgi maktabga ariza qabul qilish boshlandi. Yozgi maktab Olmotadagi Nemis-Qozoq universitetida (German-Kazakh University) o’tkaziladi. Yozgi maktabdagi barcha mashg’ulotlar ingliz tilida olib boriladi va qatnashchilardan ingliz tilini bilish talab etiladi.
Grant kimlar uchun?
Magistrlar, doktorantlar, tatqiqotchilar va yosh universitet o’qituvchilari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant doirasida qatnashchilarning transport va turar joy xarajatlari qoplab beriladi. OSCE dasturining (Organization for Security and Co-operation in Europe) Ostona shahridagi ofisi qatnashchilarga viza olishlari uchun ko’mak beradi (viza talab qilinadigan davlat ishtirokchilari uchun).
Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:
O'zbekiston, Qozog'iston, Qir'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg'oniston.Talablar:
- Nomzod quyidagi davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak: O’zbekiston, Qozog’iston, Qir’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg’oniston.
- Nomzod magistraturada, doktorantura o’qyotgan yoki tatqiqotchi yoxud yosh universitet o’qituvchi bo’lishi lozim.
- Ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi kerak.
Dasturning boshlanishi:
2018-06-11Dasturning tugashi:
2018-06-22Dasturga qabul jarayoni:
Ariza va kerakli hujjatlar elektron pochta orqali kitapbayev@dku.kz manziliga Almas Kitapbayevga jo’natilishi kerak.
Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:
- Ariza.
- Motivatsion insho. Inshoda quyidagi savollarga javob berilishi kerak: Sizning tajribangiz va ishingiz qanday? Ishingizning yozgi maktab mavzusiga qanday bog’liqligi bor? Ushbu yozgi maktabda nima uchun qatnashmoqchisiz?
- CV (rezyume). Qisqa tarjimai holga yozgi maktab mavzulariga oid bilim va tajribangiz, qiziqishlaringiz va tilni bilish darajangiz haqida ma’lumot ham kiritilishi kerak.